O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
01.09.2019

DUNYoNING 300 GA YaQIN OLIMI OZBEKISTON PREZIDENTIGA MUROJAATNOMA YOLLADI

Avval xabar qilinganidek, 22-27 avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida «O‘zbekiston — buyuk yollar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar va madaniyatlar» mavzusida madaniy meros haftaligi otkazildi. Ozbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Madaniyat vazirligi, Turizimni rivojlantirish davlat qomitasi va boshqa qator vazirlik hamda idoralar xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda, shuningdek, neft sohasida xizmat korsatuvchi Eriell Group kompaniyasi komagida tashkil etilgan anjuman doirasida turli konferensiyalar, korgazmalar, taqdimotlar, davra suhbatlari, ilmiy-amaliy muloqotlar, tarixiy obidalarga sayohatlar, madaniy-ma’rifiy kechalar uyushtirildi.

Jumladan, Ozbekiston madaniy merosini organish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyatining III kongressida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan 300 nafarga yaqin olim, mutaxassis, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy muassasalar rahbarlari, yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Mazkur kongressda Ozbekiston madaniy merosini organish va saqlash bilan bogliq yuzlab maruzalar tinglandi, yangi kashfiyotlar elon qilindi.

Takidlash joizki, kongress arafasida Ozbekiston madaniy merosini organish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati Parijda yuridik royxatdan otkazilib, rasmiy maqomga ega boldi.

Kongress yakunida Butunjahon jamiyati azolari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevga murojaatnoma qabul qildi.

Unda jumladan, shunday deyiladi:

...Yangi Ozbekistonni rivojlantirish va taraqqiy ettirish yolida zaruriy shart-sharoitlarni yaratishga yonaltirilgan yuksak faoliyatingiz uchun Sizga samimiy ehtiromimizni izhor etishga ijozat etgaysiz. Ozbekiston madaniy merosini organish, saqlash va ommalashtirishga yonaltirilgan hamda Moddiy va nomoddiy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi mavzusidagi xalqaro konferensiya qatnashchilariga yollagan tabrigingizda tilga olingan tashabbuslaringizni biz ota muhim ahamiyatga ega deb bilamiz.

Ushbu tashabbuslarni tolaqonli baholashimizga imkon bergan Ozbekiston madaniy merosi haftaligi davomida yaratilgan ajoyib imkoniyatlar uchun Sizdan minnatdormiz.

Takidlash joizki, Sizning yuksak qollab-quvvatlashingiz tufayli amalga oshirilayotgan ushbu loyiha ozlarining kasbiy qiziqishlarini, ayni paytda ilmiy hayotini ham Ozbekistonni organish bilan boglagan xorijiy va mahalliy olimlarni birlashtirish uchun beqiyos sharoitlar yaratdi. Dunyo ilmiy kuchlarining birlashuvi, olimlarning oziga xos xalqaro ilmiy laboratoriyasi yuzaga kelgani jamiyatimizning kuchli tomonlaridan biri deyish mumkin. Shunga bogliq ravishda biz Ozbekistonga madaniyat va sanat tarixiga oid tadqiqotlar, marifat va talim sohalarida har tomonlama komak berishga tayyor ekanligimizni bildiramiz .

Murojaatda takidlanganidek, uchinchi xalqaro anjuman kunlarida Butunjahon jamiyati xalqaro diplomatiyaning samarali shakli bolib, xalqlar va mamlakatlar ortasidagi ozaro tushunishni mustahkamlashga, eng muhimi, jahon sahnasida Ozbekistonning madaniy nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Qayd etish lozimki, Ozbekiston madaniy merosi haftaligi tashkilotchilari uzoq yillardan buyon keng jamoatchilikka namoyish etilmagan Dalvarzin xazinasining dunyoga mashhur oltin buyumlari taqdim etilgan Kushon saltanati va uning jahon sivilizatsiyasining rivojlanishiga qoshgan hissasi korgazmasida ham ishtirok etishdi. Ilk ellinizmning betakror yodgorligi, arxeologlarga Kampirtepa nomi bilan malum bolgan Amudaryo sohilidagi Oks Aleksandriyasi – yunon istehkomining tantanali ochilishi ham hech kimni befarq qoldirmadi.

Takidlash joizki, mazkur jamiyat azolari tomonidan shu paytga qadar Ozbekiston madaniy merosi dunyo toplamlarida loyihasi doirasida 20 ta kitob-albom chop etildi va yana 13 tasi nashrga tayyorlanmoqda, 30 dan ortiq hujjatli filmlar suratga olindi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: