O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.07.2019

2030 YILDA YALPI ICHKI MAHSULOT

kishi boshiga 4500 AQSh dollarini tashkil etishi taxmin qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi yarim yillikda erishilgan natijalar xususida matbuot anjumani otkazdi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida yalpi ichki mahsulot otgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga osdi. Bunda sanoat — 6,9, xizmatlar 12,7, chakana savdo aylanmasi 6,4 va qishloq xojaligi 2,1 foizga osishi iqtisodiy yuksalishning asosiy omili bolib xizmat qildi, deydi Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xodjayev. Shuningdek, jami investitsiyalar 58,9 foiz va qurilish ishlari hajmi 20 foizga osdi. Yana shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz tashqi savdo bozorlarida ham oz ornini mustahkamlashda davom etmoqda. Natijada yanvar-iyun oylarida tashqi savdo hajmi 19,7 milliard dollarni (otgan yilning mos davriga nisbatan 129,8 foiz) tashkil etgan bolib, eksport hajmi 8,4 milliard dollarni (127 foiz), import 11,2 milliard dollarni (132,0 foiz) tashkil etdi.

Olti oylikda inflyatsiya darajasi 5,56 foizni tashkil qildi. Inflyatsiya darajasini jilovlash boyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, iste’mol tovarlari narxining osishiga yol qoymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan elektr energiya, tabiiy gaz va siqilgan gaz narxlarining oshirilishi bekor qilindi. Ushbu holat inflyatsiya darajasini 0,49 foizga jilovlash imkonini berdi.

Shuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda inflyatsiya darajasini belgilangan prognoz parametrlari doirasida saqlash boyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Shu bilan birga, aholi bandligini taminlash va ishsizlikni pasaytirish maqsadida otgan davr mobaynida respublika boyicha jami 137,5 mingdan ortiq yangi ish orni yaratilgan.

Yana shuni aytish mumkinki, respublika aholisining daromadi va turmush darajasini oshirish boyicha joriy yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga umumiy daromad otgan yilning mos davriga nisbatan nominal qiymatda 19,4 foizga oshib, inflyatsiyani hisobga olgan holda real qiymati esa 5,2 foizga osdi. Ortacha yillik ish haqi va pensiyalarning osishi mos ravishda 14 va 7 foizni tashkil etdi. Shuningdek, aholi jon boshiga real daromadlarni eng kop osishi Toshkent shahrida, yani 12,6 foiz va Qoraqalpogiston Respublikasida esa 9,4 foiz kuzatildi.

Daromadlar tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi songgi 2 yilda deyarli ozgarmay 60 foiz atrofida saqlanib kelmoqda.

Shuningdek, tadbirda Ozbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiyotini ortadan yuqori daromadli mamlakatlar guruhi (Jahon banki tavsiyasi boyicha)ga kirish imkonini berib, 2030 yilda yalpi ichki mahsulot kishi boshiga 4500 AQSh dollarini tashkil etishi taxmin qilinayotgani aytildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: