O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
25.06.2019

MIRISHKOR YANA PESHQADAM

Mirishkor tumani g‘allakorlari bu yil ham rejani mamlakatda birinchilardan bolib bajarishdi. Buni eshitgach, darhol tuman rahbari bilan boglandim.

— Dalada bolaman, barvaqt kelavering, dedi tuman hokimi Ravshan Komilov xorgin ovozda.

Tong otar pallasi manzilga yetib keldim. Paysalga solmay, mashinamni Oqmasjid qishlogi yoliga burdim. Bir kun oldin telefon orqali kelishgandik sal otmay qishloq yolidan OzXDP tuman kengashi raisi Otkirjon Usmonov chiqib keldi. Mashinaga otirib, keng dala tomon boshladi, ancha yurib toxtadik. Bir vaqt «Nuroniy» jamgarmasi tuman bolimi boshligi Arabboy Xosiyatov ham kelib qoldi. Dala chetida turgan kombaynga qarayotganimni korib:

E, bular tongga qadar galla organ, hozir dam olishmoqda, dedi Arabboy aka sorashgancha. Qarang, boshoqlar ustida shudring yiltillayapti. Endi soat 7-8 bolmay orim boshlanmaydi. Hokimimiz ham tumanning uzoq chetida, telefon ulanmaydigan joyda bolsa kerak. Chunki kombaynlarni kecha osha dalalarga kochirishgan edi...

Ular Otkirjon va Arabboy aka oz ishlari bilan yolga tushishdi. Men mashinamni tuman markaziga haydadim. Birozdan keyin kun yorishib ketdi. Hamma oziga topshirilgan yumush bilan band ekan, hech kimni topolmadim, ma’lumotlarni kimdan olaman, qaysi dalaga boraman, deb bezovta bolar edim. Ancha surishtirib, tuman qishloq xojaligi bolimi bosh mutaxassisi Otkir Avazov bilan uchrashdim. Dalalarga olib chiqdi, yoqlagan kishilarim bilan telefon orqali boglab qoydi, juda xursand boldim undan.

Otgan yili rejadagidan ancha kop 55 ming 822 ming tonna don yetkazib berildi. Shartnoma mamlakatda birinchilardan bolib uddalandi. Oldingi yillarning 40-45 ming tonnasiga qaraganda, bu qadar yuksalish kishini hayratga soladi. Otgan yili 1225 nafar fermer bolsa, bu yil yerlarni yiriklashtirib, 566 fermer bilan shartnoma tuzildi. Ular 22 ming 350 gektar maydonda don yetishtirishdi. Natija oldingi yildagidan yuqori boldi. Orimga barcha kuch-imkoniyat yonaltirildi. Boshqa tumanlarning kombaynlari ham komakka keldi. Qisqa fursatda shartnoma rejasidagi 51 ming 900 tonna orniga 60 ming tonnadan oshiq sifatli don davlatga yetkazib berildi.

Orim davom etmoqda moljal 70 ming tonna degan, davatlar yangramoqda. Xosh, bunga imkoniyat bormi? Qanday qilib ikki yildan buyon mamlakatimizda eng yuqori korsatkichlardan biri egallanmoqda? Dehqon mehnatidan rozimi? Qoshni Kasbi tumanida paxta yerlarini klaster asosida ijaraga olgan sarmoyadorlar bu yil ancha yerni qora shudgor qilib, dam oldirishga qoyishdi. Bu tarixiy voqea. Yerdan nuqul hosil sorayversak, tuproq unumdorligi keskin pasayib ketmaydimi? Qarang, qancha savollar.

Quvonch Choliyev, tuman irrigatsiya bolimi boshligi:

Yerga befarq bolish mumkin emas, xususan, chol yerlari sal narsaga shorlanib ketadi. Davlatimiz ajratgan katta mablaglar yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga sarflanmoqda, bu tumanda ham yaxshi ishlar bajarildi. Jami 97 kilometr kollektor, 30 kilometrdan ziyod yopiq drenaj tizimi tola tozalandi. Mirishkor kanalidan suv oladigan ichki 114 kilometr kanal mexanizmlar, 468 kilometr kanal qol kuchi bilan tozalab chiqildi. Mahzuna sevinchi fermer xojaligida 32 gektar yerda tomchilatib sugorish joriy qilindi. Yana 468 gektar galla maydoni egiluvchan quvurlar yordamida sugorildi. Yomgirning molligi tufayli 40 foiz suv tejaldi. Bularning hammasi ertachi va mol don yetishtirish imkonini berdi, albatta.

Mahmudjon Qilichev, Agrokimyoxizmat tuman korxonasi boshligi orinbosari:

Tarozining ikki pallasi bor. Bu yil chol tumanlarida yomgirning molligi suvni tejab, nihollar rivojiga ijobiy tasir qilgan bolsa, ikkinchi tomondan zang kasali rivojlanishi, begona otlar bosib ketishiga olib keldi. Tinmay kurashdik 51 ta OVX agregati begona otlarga tasirli kimyoviy dorilarni qayta-qayta purkab turdi. Yerni boyitmasdan yuqori hosil olish mumkin emas. Bizda aniq reja tuzilgach, kam hosil maydonlar aniqlab chiqilgan edi. Shudgor oldidan har gektar yerga 200 kilodan ammofos solindi. Galla nihollarini parvarishlash davomida 50 kilodan kaliyli va 760 kilodan azotli ogitlar bilan oziqlantirildi. Faqat shunga qarab qolmadik. Har 5 gektar yerda sharbat orasi tayyorlab berdik. Gong toplab, 9 ming tonna kompost tayyorladik. Vaqti keladiki, har qarich yerning nima sorayotgani, imkoniyati laboratoriyalarda aniqlanib, keyin ekinlar oziqlantiriladi. Yerni nobud qilishga hech kimning haqqi yoq.

Dalalarni kezar ekanman, biri-biridan farq qiluvchi bugdoy toplarini kordim. Ammo navini farqlay olmadim.

Otamurod Abdullayev, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali agronomi:

Togri payqabsiz, navlar bir-biriga oxshamaydi. Seleksiyachilarimiz yaratgan navlar Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatidagi 400 ming gektardan ortiq maydonda ostirilmoqda. Mirishkor tumanida ekilgan navlarning 70 foizi bizlarniki. Men shu tumanda 65-70 sentnerdan hosil berayotgan Turkiston bugdoy navi yaratuvchilaridan biri ekanligim bilan faxrlanaman. Tumanda bu yil Yaksart, Bunyodkor Gozgon va boshqa bugdoy navlari kasallikka chidamli, ertapishar va serhosil ekanligini korsatdi. Tumanda 22 urugchilik xojaligi bor, ulardan sorang.

Akmal Salimov, urugchilik xojaligi boshligi:

2006 yilda fermer xojaligi tuzib, bir yildan keyin urugchilik yonalishida ishlay boshladik. Togri, uruglik don yetishtirish sermehnat, zaxmatli ish, ammo eplab kelayapmiz. Bu yil Yaksart navining oddiy urugini 48 gektar yerga ekib, parvarish qildik, natijada rejadagi 121 tonna orniga 145 tonna tovar don sotdik. Yana 20 gektar maydonda shu navning super elita urugini ekkanmiz, hosil kamida 80 sentnerdan tushadi. Hammasi mehnatdan.

Abduvohid Begaliyev, Turdiali bobo xojaligi boshligi:

Yoshim 57 da. Uzoq yillar xojalikda ishlaganman. Hozir fermer xojaligimizning 150 gektar yeri bor. Shundan 100 gektariga bugdoyning Gozgon navini ekdik. Hosildorlik 70 sentnerdan oshdi. 312 tonna orniga 426 tonna yetkazib berdik. Ozimizda ham qoldi. Togri aytishdi, yerni farzandlarimiz uchun ham asrashimiz lozim, chunki u abadiy boyligimiz.

Yana aylanib, Oqmasjid qishlogi yaqinidagi dalaga keldim. Endi orim boshlanib ketgan ekan. Muqobil mashina-traktor parki boshligi Bahodir Shoqulov 2,5 ming gektar yerga galla ekishgani, 45 fermerning hammasi yaxshi hosil olganini gapirib beradi. Kombaynchi Maruf Orziyev oz kasbidan rozi ekan. Bu yil 450 gektar maydondagi gallani orib beribdi. Huzur qilib orayapmiz, deydi u.

Telefonim ishladi. Tuman hokimi boglangan ekan. ?0 ming tonna don topshiramiz deyapsizlar, dehqonning ozida ham qoladimi?, sorayman undan dangaliga.

50 ming tonnadan kop don qoladi, degan dadil javob eshitiladi.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: