O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.06.2019

ZIYORAT, DAM OLISH VA SAYOHAT MAQSADLARIDA TASHRIF BUYURAYOTGANLARGA

arzon va qulay bo‘lishi uchun turistik ob’ektlar atrofida oilaviy uy-mehmonxonalari tashkil etilmoqda

Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi tomonidan «Dam olish turizmining rivojlanishi, dam olish zonalarida yaratilgan sharoitlar» mavzusida matbuot anjumani otkazildi.

Tadbirda respublikamiz hududlarida aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun dam olish turizmini rivojlantirish, dam olish zonalarida zaruriy sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar togrisida malumotlar berildi.

— Otgan vaqt mobaynida qomitaning Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi tomonidan dam olish turizmini rivojlantirish, bu boradagi ishlarni tartibga solish, tashrif buyuruvchilar va turistlar xavfsizligini taminlashga qaratilgan davlat standartlari, jumladan, turizm xizmatlari, plyaj faoliyatiga doir talablar va tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga kiritildi, deydi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisi orinbosari v.b Saidakbarxon Akbarov. Mazkur standart turistlari va tashrif buyuruvchilarga plyaj xizmatlarini taklif qiluvchi tadbirkorlar uchun umumiy talab va tavsiyalarni belgilaydi. Shuningdek, bugungi kunda Toshkent, Navoiy, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpogiston Respublikasining solim goshalari, tog yonbagirlarida, suv havzalari yaqinida joylashgan 4 dam olish zonasi, 4 kemping, 2 turistik oromgoh va 2 otovli lagerda davlat standartlari joriy etilib, qomita tomonidan tegishli sertifikat berilgan. Ushbu standartlar asosida dam olish zonalarida xavfsizlikni taminlash, zarur sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Yana shuni aytish mumkinki, hududlarga ziyorat, dam olish va sayohat maqsadlarida kelayotgan kishilarga yanada koproq qulayliklar yaratish maqsadida ularga arzon va qulay bolishi uchun turistik obektlar atrofida oilaviy uy-mehmonxonalar tashkil etilmoqda. Hozirda respublikada faoliyat yuritayotgan yagona reyestrga kiritilgan oilaviy mehmonxona-uylarning umumiy soni 346 tani tashkil etib, ulardan 245 tasi joriy yilning yanvar va may oylarida tashkil etilgan. Yanada aniqroq aytadigan bolsak, ayni kunga qadar faoliyati yolga qoyilgan 79 mehmonxona-uylari aynan dam olish zonalari, pansionat va sanatoriylar atrofida joylashgan.

Bu ham oz navbatida dam olishga kelayotganlarga xizmat korsatuvchi mahalliy aholi vakillari uchun qoshimcha ish orinlari yaratadi, ular turmush darajasi oshishiga xizmat qiladi.

Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 2 may kuni otkazilgan Har bir oila tadbirkor dasturini respublikamiz hududida amalga oshirish natijadorligi togrisidagi videoselektor majlisida belgilangan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida joriy yilning 13-16 may kunlari qomitaning masul xodimlari va hududiy bolinmalari vakillari tomonidan hududlarda mehmonlar uchun uylar tashkil qilish boyicha tuman, mahalla, qishloqlar kesimida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularga mehmon uylarini tashkil etish tartiblari, turizm sohasida oz tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun belgilangan imtiyozli bank kreditlari togrisida targibot-tashviqot tadbirlari okazildi, deydi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasining boshqarma boshligi orinbosari Tolqin Aliqulov. Xususan, Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 viloyatda amalga oshirilgan targibot ishlari natijasida respublikamiz boyicha joriy yilning 13-18 may kunlari 49 oilaviy mehmon uyi faoliyati yolga qoyilib, yagona reyestrga kiritildi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda respublika miqyosida 500 dan ortiq fuqaro oilaviy mehmon uyi tashkil etish istagini bildirgan va ularga qomita tomonidan zaruriy metodik korsatmalar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Dam olish zonalari va sanatoriylarda turistik xaritalarni ornatish, hududlarning turizm salohiyatini korsatuvchi tarqatma materiallarni joylashtirish boyicha ham ishlar boshlab yuborildi. Masalan, Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan Omonxona sanatoriysining kirish joyida Boysun tumanining turistik salohiyati xaritasi ornatildi. Boshqa hududlar kesimida ham shunday xaritalar tayyorlanmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyatidagi Chorvoq erkin turizm zonasi, Namangan viloyatidagi Nanay kichik turizm zonasi, Surxondaryo viloyatidagi Zovboshi turizm zonalarining ishga tushirilishi bilan aholining dam olishi uchun yangi yonalish va qulayliklar yaratiladi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan kelgusida respublikamizda dam olish turizmini yanada rivojlantirish uchun targibot-tashviqot ishlarining qamrovi kengaytirilayotgani, turizm axborot markazlari tashkil etilayotgani, yol korsatkichlari va turistik xaritalarni ornatish boyicha ishlar davom ettirilayotganligi togrisida ham malumotlar berildi.

Sarvinoz JUMAYEVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: