O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
30.04.2019

TURIZM BIZNES LOYIHALARI MUALLIFLARI ANIQLANDI VA TAQDIRLANDI

Milliy matbuot markazida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining joriy yil birinchi choragi natijalari hamda yoshlarning turizm sohasidagi biznes tashabbuslarini (Start-ap) qollab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan yoshlar ortasida turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovi goliblarini taqdirlash marosimi bolib otdi.

Tadbirda avvalo mamlakatimizga kelgan xorijiy va mahalliy sayyohlar soni, turizmni rivojlantirish borasidagi huquqiy asoslar, xavfsiz turizm konsepsiyasini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar togrisida malumotlar berildi.

— Joriy yil birinchi choragida mamlakatimizda 2 mingdan ziyod xonaga ega 40 ta mehmonxona qurib bitkazildi, deydi Qomita raisining birinchi orinbosari v.b. Ulugbek Qasimxojayev. Bugungi kunda Ozbekistonda jami 21 ming 300 xonadan iborat 966 mehmonxona faoliyat yuritadi. Yil oxirigacha taxminan 7 ming xonaga ega 140 ta yangi mehmonxona qurilishi kozda tutilmoqda. Agar 2017 va 2018 yillarda xonalar soni 4 va 5 foizga oshgan bolsa, 2019 yilda esa 37 foizgacha ortishi kutilmoqda, bu esa mehmonxonalarda joylar yetishmasligi muammosini deyarli hal qiladi.

Prezidentimizning 2018 yil 7 fevraldagi ichki turizmni jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi qarorida yoshlarni turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish korsatib otilgan edi, deydi Qomitaning innovatsiyalar joriy etish va smart-turizm bolimi boshligi Ibrohim Barnoyev. Shu boisdan yoshlarning turizm sohasidagi biznes tashabbuslarini (Start-ap) qollab-quvvatlash maqsadida turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovi elon qilindi.

Tanlovning birinchi bosqichda tanlov ishtirokchilari taqdim qilingan biznes loyihalar maxsus komissiya tomonidan korib chiqildi va biznes loyihaning quyidagi jihatlariga etibor qaratildi: Tanlov ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan loyihaning turizm sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yonalishlari nuqtai nazaridan dolzarbligi, ishtirokchining bozor konyukturasi, turizm bozorining oziga xosligi va respublikaning turizm mavsumini inobatga olgan holda xorijiy turistlarni Ozbekistonga jalb qilish boyicha takliflarining asoslantirilganligi va amalga oshirish mumkinligi, loyihaga qoyilgan maqsadlarga erishishning mexanizm va vositalari, loyiha xarajatlari smetasining puxta ishlab chiqilganligi asoslantirildi.

Ikkinchi bosqichda birinchi bosqich yakuni boyicha saralab olingan ishtirokchilar oz biznes loyihalarini maxsus komissiya oldida taqdimot qildi va loyihaga oid savollarga javob berdi. Natijada, komissiya tomonidan tanlov mezonlari asosida 3 nafar ishtirokchining biznes loyihasi qollab-quvvatlash maqsadida tanlab olindi.

Tadbir doirasida goliblarga oz loyihalarini amalga oshirish uchun qomita tomonidan tegishli shartlar asosida eng kam ish haqining 250 (ikki yuz ellik) barobarigacha bolgan miqdorda pul mukofotlari topshirildi.

Toshtemir MUROD


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: