O'zb  
 
02.04.2019

BUXORONING ULKAN IMKONIYATLARI VA REJALARI

· 2019-2020 yillarda Buxoro viloyatda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xojaligi sohalarida umumiy qiymati qariyb 25 trillion 353 milliard som bolgan 625 ta investitsiya loyihasi dasturi ishlab chiqilgani ta’kidlandi. Bu salkam 30 ming doimiy ish orni yaratishni taminlaydi.

Buxoro viloyati turizm sohasida katta salohiyatga ega. 2021 yilgacha xorijiy sayyohlar sonini 2 barobar kopaytirish, turizm xizmatlari tushumini 350 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Joriy yilda Buxoro shahridagi «Buxoro-palas», Varaxsha va Zarafshon mehmonxonalari rekonstruksiya qilinib, 32 ta yangi mehmonxona, 9 ta motel va 50 ta mehmon uylari foydalanishga topshiriladi. Natijada mehmon orni 7 mingtaga yetib, turistlarni qabul qilish imkoniyati qariyb 2 barobar kopayadi.

Gijduvon — Kogon yonalishidagi 122 kilometr yolni tamirlash, Etti pir ziyoratgohlari ortasida qulay va zamonaviy transport qatnovini yolga qoyish, xalqaro halol standartini keng joriy etish boyicha ham ishlar olib borilmoqda.

Mamlakatimiz infratuzilmasini yaxshilash uchun Osiyo investitsiya va infratuzilmalar banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlaridan jami 3,1 milliard dollardan ziyod mablag jalb etish choralari korilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 10 iyuldagi qaroriga muvofiq viloyatning beshta tumanida Buxoro-agro erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan. Erkin iqtisodiy zona uchun 3 ming gektar yer ajratilgan. Joriy yilda 598 gektar yerda 98 ta loyiha amalga oshiriladi. Ular doirasida energiya tejamkor issiqxonalar tashkil etilib, mahsulotlarni saqlash va qadoqlash uchun ekologik toza qutilar ishlab chiqarish yolga qoyiladi, 4 ming 300 dan ortiq ish orni yaratiladi. Qoshni davlatlarga 64 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi.

Gijduvon tumanidagi Parvoz Humo Ravnaq Trans masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 9 gektardan ziyod maydonda qisqa muddatda yirik loyiha ip-yigiruv korxonasi tashkil etildi.

Umumiy qiymati 27 million AQSh dollari bolgan fabrika uchun Ipoteka bank filialidan ajratilgan kredit evaziga Germaniya, Turkiya, Shveytsariya, Yaponiya va Hindistondan zamonaviy uskunalar xarid qilindi. Masuliyati cheklangan jamiyat oz mablagi hisobidan bino va inshootlarni qayta qurib, rekonstruksiya qildi.

Joriy yil yanvarda ishga tushirilgan korxona yiliga 9400 tonna mahsulot ishlab chiqarish, 5 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega. Xalqaro andozalarga mos sifatli mahsulot ichki bozorga va xorijiy buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda. Qariyb 33 milliard somlik ip-kalava sotilib, 1,1 million dollarlik mahsulot Rossiya, Turkiya, Polsha va Moldovaga eksport qilindi. Ayni paytda korxona Turkiyada savdo uyi tashkil etib, mahsulot eksporti boyicha xorijiy sheriklar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bu loyihaning birinchi bosqichi bolib, ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish quvvati yanada kengaytirilishi, eksport yiliga 51 million dollarga, ish orinlari 1 ming 250 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.



DB query error.
Please try later.