O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
02.04.2019

BUYUK KELAJAK SARI

yoki O‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlar togrisidagi mulohazalar

Davlatimiz rahbarining oliy darajadagi talabchanligi va shijoati, kundan-kunga kengayib borayotgan oshkoralik muhiti, statistik faoliyatni shaffoflik tamoyili asosida amalga oshirishdagi birinchi qadamlar hamda OAVning zamon bilan hamnafas faoliyat korsata boshlashi ta’sirida iqtisodiy rivojlanishdagi mavjud salohiyatning yangi-yangi qirralari royobga chiqmokda. Yalpi ichki mahsulotning osishi 8 foiz emas, 5 foiz, yaratilayotgan yangi ish orinlari 1 millionta emas, 370 mingta, yillik inflyatsiya darajasi «prognoz parametrlari doirasida», degan mavhum ibora orniga aniq foizlar bilan ifoda etilishi Ozbekistonning ochiq mamlakatga aylanayotganini korsatdi va investitsion jozibadorlikni oshira boshladi. Shundan kelib chiqib, bugun oldimizda turgan eng dolzarb vazifa — vujudga kelayotgan yangi imkoniyatlardan samarali foydalanib, aholining barcha qatlami turmush farovonligi tubdan yaxshilanishiga erishishdir.

Mamlakatimizda 2016 yilning oxirida boshlangan keng qamrovli islohotlar 2018 yilda ham izchillik bilan davom ettirildi. Davlat buyurtmasi asosida xarid qilinadigan qishloq xojaligi mahsulotlarining narxlari fermer xojaliklari samarali ishlashini taminlaydigan darajagacha oshirildi, moliyaviy oqimlar izchillik bilan energetika sohasini kerakli investitsion manbalar bilan taminlashga yonaltirildi, turistik faoliyatni xalqaro standartlar talabiga moslashtirishga qaratilgan keng kolamli ishlar boshlandi. Innovatsion goyalar, ilgor texnologiyalarni yirik ishlab chiqarishlar va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jadallik bilan jalb etilishi natijasida YaIMning yillik osishi 5,2 foizni tashkil etdi. Iqtisodiy tahlil osish suratlari bundan ham yaxshiroq bolishi mumkinligini korsatmokda. Shu nuqtai nazardan joriy yilning 20 mart kuni mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida bolib otgan yigilishda yangi yil boshidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar, jumladan, togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb etish holati chuqur tahlil etildi va qilinayotgan ishlar qoniqarsiz, deb topildi. Joriy yilda otgan yilga nisbatan mamlakatimiz iqtisodiyotiga togridan-togri xorijiy investitsiyalarni ikki baravar (marotaba) koproq jalb etish maqsad qilib qoyilgan. Bunday ulkan natijaga erishish yolidagi kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish maqsadida mutasaddi rahbarlar jiddiy ogohlantirildi va ular zimmasiga aniq vazifalar yuklandi. Ularning mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin... Qanday yol tutsak, Xalqaro Savdo Tashkiloti tamoyillariga rioya qilgan bolamiz, samarali investitsion faoliyat yordamida ichki bozorni mahalliy tovarlar bilan toyintirish, inflyatsiyani jilovlash va mehnat bozoridagi keskinlikni yumshatishga erishamiz? Albatta, ushbu savollar yechimi turli pogonadagi davlat boshqaruvi organlaridan oliy darajadagi safarbarlikni talab etadi.

Nima sababdan strategik hamkor mamlakatlar, xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan taklif etilayotgan investitsiyalarni ozlashtirish darajasi kongildagidek bolmayapti degan savol ustida bizlar ham fuqarolik pozitsiyada turib mulohaza yuritishga harakat qilib koraylik.

Dunyo iqtisodiyoti amaliyotidan malumki, xorijiy investitsiyalar oqimining uzluksiz kopayib borishi ikkita ota muhim omilga, birinchidan, mamlakat aholisining tolovchanlik qobiliyati (boshqacha qilib aytganda, ichki bozorning sigimi)ga va ikkinchidan, ishlab chiqarilishi moljallangan mahsulotlarning raqobatbardoshligiga bogliq. Makroiqtisodiy qarorlar shularni inobatga olib qabul qilinsa, investitsion faoliyat samaradorligini oshirish jarayoni oson kechadi. Mamlakatimiz aholisining tolovchanlik qobiliyatidagi tendensiyani quyidagi raqamlar bilan izohlash mumkin: kun.uz saytining malumotiga kora, mamlakatimizga xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan 2018 yilda 4,0 milliard dollarga yaqin mablag jonatilgan, bu aholi umumiy pul daromadlarining tortdan bir qismini tashkil etadi va 2,0 millionga yaqin oilaga tegishlidir. Ushbu korsatkich tort yil ilgari 5,6 milliard dollarga teng ekanligi, 8-10 yil ilgari esa uning umumiy hajmi 10 milliard dollardan kam bolmaganligini inobatga olsak, ichki bozor kengligini belgilaydigan ushbu investitsion manbaga yetarli etibor berilmasligi va ikkinchi darajali masala sifatida qaralishini tushunish qiyin.

Otgan yillar davomida xalqaro bozorlarga tayyor mahsulot bilan kirib borish yolida uchratgan qiyinchiliklarimiz tajribasi asosida raqobatbardoshlikni taminlash uchun mahsulotlarning bozor narxi boshqa mamlakatlarnikidan pastroq, sifati esa yaxshiroq bolishi shartligini, bunga esa birinchi navbatda erkin raqobat va yuqori malakali kadrlar yordamida erishish mumkinligini yaxshi tushunib oldik. Sir emaski, bunday muhitning yaratilishi muayyan vaqt talab etadi.

Markazlashgan, davlat mulki hukmronlik qiladigan iqtisodiy tizimni bozor iqtisodiyoti tizimiga transformatsiyalanishi davrida ham samarali ishlab chiqarishni taminlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish va, qaysidir manoda, aynan shu sharoitda, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Buning uchun turli pogonadagi menejerlardan chuqur iqtisodiy bilim, xalqimiz manfaatlariga nisbatan sodiqlik va kuchli iroda talab etiladi. Ilgor texnologiyalar va ilm-fanga tayangan holda mahsulot sifatini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish, bunga qoshimcha tarzda energiya, transport, boshqaruv xarajatlarini tejash yoli bilan mahsulot tan-narxini pasaytirish va yuqori rentabellikka erishish, kredit resurslarini ota ehtiyotkorlik bilan jalb etish va boshqa shunga oxshash omillardan ishlab chiqarish faoliyatining turli sohalarida foydalanish mumkin.

Masalaning dolzarbligi va Ozbekiston iqtisodiyotining oziga xos tomoni shundaki, sanoat va boshqa tarmoqlarning rivojlanishi, ularning moliyaviy holati agrar sohaga borib taqaladi. Modomiki shunday ekan, ushbu soha butun milliy iqtisodiyotimizning samaradorligini belgilab beradigan soha sifatida izohlanadi.

Tan olish kerak, otgan yili qishloq xojaligi sohasi xodimlari muayyan natijalarga erishish bilan bir qatorda yaratilgan katta imkoniyatlardan foydalana olishmadi, buning obektiv va subektiv sabablari bor, albatta. Eng katta sabablaridan biri fermer va dehqon xojaliklarini suv taminoti bilan bogliq qonunchilik talab darajasida takomillashtirilmaganligi bilan bogliq. Bundan tashqari, tegishli vazirliklar va mahalliy hukumat organlari ortasida boshqaruv funksiyalari alohida qilib belgilanmaganligi tufayli hisobot yilida yalpi qishloq xojalik mahsuloti taxminan 600 million dollarga (ekvivalent summada) kam yetishtirildi. Shubhasiz, bu yoqotishlar joriy yilda mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligiga, ayniqsa, toqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalarining moddiy taminoti va investitsion faoliyatiga salbiy tasir korsatmoqda.

Yengil va oziq-ovqat sanoati ichki bozorni istemol tovarlari bilan taminlashda, tashqi bozorlarni egallashda, aholi bandligini taminlashda real sektorning eng muhim oringa ega bolgan tarmoqlaridir. Shu borada investitsion faoliyatga salbiy tasir korsatishni boshlagan jiddiy bir masalaga etibor qaratmoqchiman. Statistik malumotlardan malum boldiki, 2018 yilda Ozbekistonning qoshni mamlakatlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdosida eksportdan kora, importning osish suratlari yuqoriroq darajada bolgan. Yangi yildan boshlab bizlar kichik korxonalarning aksariyatini umum belgilangan soliq tolash tizimiga otkazdik, jumladan, ularga nisbatan QQSning stavkasi 20 foiz darajasida belgilandi, qoshni mamlakatlarda esa 12 foizlik stavka saqlanib qolindi. Bundan tashqari, qoshnilar mehnat sigimi yuqori bolgan, yani aholi bandligini taminlashga xizmat qiladigan sohalarda tabaqalashgan moliyaviy dastaklardan foydalanishni afzal korishadi. Natijada ularda ishlab chiqariladigan xalq istemoli tovarlari biznikiga nisbatan arzon va sifat jihatidan qolishmaydi, bu esa Ozbekiston mahalliy ishlab chiqaruvchilari uchun bundan keyin ham turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Xulosa shuki, toki bizlar ham egiluvchan iqtisodiy dastaklardan foydalanish yoliga otmas ekanmiz, investitsion faoliyat ham, ichki bozorni istemol tovarlari bilan toyintirish va tashqi savdo faoliyatidagi muammolar ham saqlanib qolaveradi. Birinchi chorak, kechi bilan yarim yillikning yakunlariga qarab QQS, mulk va yer soliqlarining iqtisodiy faoliyat, jumladan, ichki investitsion faoliyatga tasiri har tomonlama chuqur tahlil etilsa va tegishli qarorlar qabul qilinsa, maqsadga muvofiq bolar edi.

Shulardan kelib chiqadigan va investitsion faoliyat bilan chambarchas bogliq bolgan ayrim masalalarga etibor qaratmoqchiman.

1. Joriy yilda ham davlat buyurtmasi asosida yaratilishi kozda tutilgan yangi ish orinlari soni bilan mehnat bozoriga kirib kelayotgan aholi soni ortasida katta farq mavjud. Vujudga kelayotgan vaziyatga tomoshabin sifatida qarash insofdan emas, nega deganda, joriy yildan boshlab otmishda ijtimoiy sohalarda paydo bolgan nomutanosibliklar imkon qadar bartaraf etilishi lozim. Buning uchun chuqur marketing tadqiqotlari yordamida eksport qilinayotgan xomashyo (mis, oltin, plastmassalar, teri, jun, pilla va boshqalar)ni tayyor mahsulotga aylantirishga xizmat qiladigan va har tomonlama asoslangan jozibali loyihalarni ishlab chiqish va xorijiy investorlarga taqdim etish lozim. Qoshni mamlakatlar bilan hamkorlikni jadallashtirish, ular hududida qoshma, ayniqsa, energiya sigimi yuqori bolgan ishlab chiqarish korxonalarini ochish boyicha takliflarni ilgari surish maqsadga muvofiqdir.

2. Gosht, sut va junni yetishtirish va qayta ishlash ananaviy tarzda qishloq aholisi hayot farovonligi, shu bilan birga, ichki bozor kengligini belgilab beradigan asosiy yonalishlardan biri ekanini kopchilik yaxshi tushunadi. Ushbu mahsulotlarga ichki bozorda talab qancha kuchli bolsa, eksport salohiyati ham bundan kam emas. Malumki, sut va goshtning kopi bilan 5 foizi sanoat yoli bilan qayta ishlanadi va shundan korinib turibdiki, bu sohaga investitsiyalarni jalb etish va aholi bandligini taminlashda katta imkoniyatlar mavjud. Faqat nozik tomoni shundaki, yirik shoxli qoramolning atigi 6 foizi tashkiliy sektor, qolgan qismi esa dehqon (shaxsiy yordamchi) xojaliklarining tasarrufida. Shunday ekan, tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarorlari ushbu xususiyatni inobatga olgan holda qabul qilinishi kerak. Yangi iqtisodiy mexanizmni ishlab chiqish, uni chorvachilik sohasini yiriklashtirish (konsentratsiyalash) va ixtisoslashishga yonaltirilishi, butun soha uchun tegishli ozuqa bazasini yaratish bugungi kunda jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sifatida hukumatimiz qarorlarida oz aksini topa boshladi, endi gap ijro intizomiga.

Statistik malumotlarga kora, respublikaning jami ekin maydoni 3,7 million gektardan iborat, shuning 2,5 million gektariga paxta va galla, 350 ming gektariga ozuqa ekinlari joylashtiriladi. Nahotki, shuncha maydondan, bundan tashqari, paxta va gallani qayta ishlash, takroriy ekin sifatida olinadigan mahsulot mavjud qoramollarni ratsional tarzda oziqlantirish uchun yetarli bolmasa? Yoki bu boradagi agrotexnika amaliyotida xalqaro tajribalardan umuman foydalanilmaydi va ilmiy yondashuvdan darak yoq yoki tashkiliy va taminot ishlari tizimli yolga qoyilmagan yoki statistika janobi oliylarining eski kasalligiga chek qoyilgan...

Bu borada soha mutaxassislari va boshqa manfaatdor shaxslar etiborini quyidagi takliflarga jalb etmoqchiman: Gap fermer xojaliklari va tomorqa egalari tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlar iloji boricha bir-birini takrorlamasligi, shu yol bilan narxlardagi motadillik saqlanishi, qilingan xarajatlar qoplanishi va muayyan rentabellik taminlanishi, buning uchun ozuqabop ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan xojaliklarni tashkil etish masalasini alohida korib chiqish togrisida bormoqda. Otgan yili yol qoyilgan xatolar takrorlanmasligi uchun moddiy, jumladan, suv taminoti, xarid qilish va moliyaviy masalalar tomonlar javobgarligini ifodalaydigan (oz ichiga olgan) namunaviy shartnomalar asosida yolga qoyilishi lozim.

3. Paxta va gallaning xarid narxlari oxirgi ikki mavsum davomida davlat tomonidan mos tarzda 2,6 va 2,0 baravarga oshirildi, lekin bu ishlar agrar sohadagi investitsion faoliyatga kuchli ijobiy tasir korsatdi, deb ayta olamizmi? Har yili minglab paxta terim mashinalari va traktorlar ishlab chiqarilishi hamda fermerlarga yetkazib berilishi kerak edi. Mazkur vazifa qay darajada bajarildi? Bu muammoni chuqur tahlil qilib, tagiga yetib bormasak va agar xarid narxlarini oshirish ishlari shunday davom ettirilsa, un ichki bozordagi, tekstil sanoatimiz esa jahon bozoridagi raqobatga dosh berolmasdan, iqtisodiyotimizda jiddiy muammolar vujudga kelishi mumkin. Tan olish kerak, agrar sohadagi investitsion faoliyatning samaradorligi birlamchi ishlab chiqarish pogonasida real malumotlar asosida amalga oshiriladigan iqtisodiy tahlilga bogliq. Hozircha esa ushbu faoliyatda javoblardan kora savollar koproq. Yuqoridagilarni inobatga olib oddiy va aniq taklif kiritmoqchiman. Paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xojaliklarida monitoring otkazib, ekin maydonlariga mutanosib tarzda majburan agronom, buxgalter va muhandis lavozimini joriy etish lozim. Shu yol bilan investitsion faoliyatda aniqlik paydo boladi va parallel tarzda yaqin 5 yil ichida kamida 120 ming kishi atrofidagi qishloq yigit-qizlarini oliy malumotli qilib, ularni doimiy ish joyi va munosib ish haqi bilan taminlashga erishish imkoniyati vujudga keladi. Hozirgi xojalik mexanizmi saqlanib qolaversa, bu ishlarni amalga oshirish hattoki kop tarmoqli fermer xojaliklari rahbarlarining ham parvoyiga kelmaydi.

4. Rivojlangan mamlakatlar OAV dunyoga mashhur kompaniyalarning moliyaviy holati, foyda olishdagi tendensiyalarni uzluksiz yoritib turadi, nega deganda bular tadbirkorlik faoliyatining oliy maqsadidir. Ozbekistonda esa bu ishlar boshqaruv organlari etibori doirasidan chetda qolib ketmoqda, desak xato bolmaydi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Shortangazkimyo kompleksi, Asaka va Samarqand avtomobil zavodlari va boshqa yirik sanoat korxonalarida foyda olish korsatkichlari qanday izohlanadi, aksiyadorlik shaklida faoliyat yurituvchi Navoiy va Bekobod sement zavodlari, Xalq va Sanoatqurilish banklari va boshqalar oz tasischilari manfaatlarini kongildagidek dividendlar tolab qondira olyaptimi yoki yoqmi? Xorijiy investorni birinchi navbatda ana shu narsalar qiziqtiradi va agar chetdan investitsiyalar oqimini kengaytirmoqchi bolsak, rivojlangan mamlakatlarda amal qiladigan tartib-qoidalarga rioya qilish yoliga otishdan boshqa iloj yoq.

Nima sababdan uzoq yillar davomida toplangan nomutanosibliklar oxirigacha bartaraf etilmasdan turib, yangilari vujudga kelyapti, degan savol tugilishi tabiiy. Nega deganda, boshqaruv organlari tomonidan tayyorlanadigan ayrim qarorlarda aniq hisob-kitob yetishmaydi, javobgar shaxslarni topish ham amri mahol. Misol uchun, bugungi kunda mahalliy va import qilingan bugdoydan ishlab chiqarilgan 1-navli unning narxidagi farq 10-15 foizni tashkil etadi. Yangi mavsumdan boshlab fermerlardan bugdoy 1,6 baravar qimmatroq narxda xarid qilinishi kozda tutilgan, natijada mahalliy unning ulgurji narxi kamida 30 foizga kotariladi. Ushbu qaror loyihasini tayyorlash jarayonida mahsulot raqobatbardoshligi va tashqi savdo korsatkichlari qaysi tomonga ozgarishi inobatga olinganmi? Bu savolga qaysi mutasaddi shaxs javob bera oladi?!

Real sektorning ayrim sohalarida toplanib qolgan muammolar kam emas, ular boshqa sohalardagiga oxshab oz yechimini kutmoqda. Faqat iqtisodiy nazariyada shunday tamoyil hukmronlik qiladi: ehtiyojlar cheksiz, ularni qondirish uchun xizmat qiladigan resurslar esa cheklangan. Shundan kelib chiqib iqtisodiyotimiz belini sindirmaslik uchun investitsion faoliyatga ham, tashqi savdo faoliyatiga ham ota katta etibor va ehtiyotkorlik bilan yondashishimiz, toplangan muammolarni esa chuqur oylab, ketma-ketlikda bartaraf etishimiz lozim boladi.

Albatta, agrar sohani rivojlantirish qanchalik muhim masala bolmasin, dunyoning 50 ta raqobatbardosh mamlakatlari qatoridan joy olish uchun yuqorida aytilganlar kifoya qilmaydi, parallel tarzda industrial sektor va turizm sohasini aniq hisob-kitoblar asosida, muayyan uygunlik va ketma-ketlikda rivojlantirish kerak boladi. Buning uchun qaysi mahsulotni, qaysi texnologiyalar va kadrlar yordamida, qaysi bozorlar uchun ishlab chiqarishga qaratilgan dasturlar, londa qilib aytganda, mamlakatning uzoq muddatga moljallangan va makroiqtisodiy samaradorlikni taminlaydigan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish lozim.

Bu tahlillar mening uzoq yillar davomida olib borgan kuzatishlarimdan olgan xulosalarimdir. Ayrim fikrlarim bahsli yoki etirozli bolishi mumkin. Marhamat, bahslashishga tayyorman, fikrlar xilma-xilligi, oshkoralik bugungi kun talabi. Qolaversa, haqiqat bahslarda tugiladi, degan qadim hikmat bor.

Ilhom VAFOYEV,

iqtisodchi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: