O'zb  
 
12.03.2019

SHUM BOLANING BIZNES REJASI

Yoki boy otaga aytgan yolg‘ondan xoli takliflari

— Assalomu alayku-u-u-um, boy ota. Ahvollaringgiz yaxshimi? Uloqchi otingiz omonmi? Haligi, qandil olma-chi, gullay deyaptimi?..

Xo-osh, gapirchi, faqat shularni soragani kelmagandirsan? Yana qanday shumlikni oylading?

Shu-u, ta’mi otkir qamchiningizni nariroq qoysangiz aytaman.

Xosh, mayli... endi tezroq gapir...

Shu-u-u, bogingizning bir chetidan menga ozgina joy bersangiz degandim.

Xo-osh, innankeyinchi?

E-e, shu innankeyiningiz omon bolsin, boy ota. Tovuq boqmoqchi edim. Tovuq ,jonivor, 7 xazinaga kirar ekan. Bilasiz, tuxum degani zap xorak narsa... Foydasidan menga insof qilib bersangiz boldi, boy ota.

Ha humpar-e, da-arrov foydangdan gapirasan-a? Xosh, mayli, ammo olma terishga yaramaysan-ku, qovoq boshing bilan tovuq boqishni bilasanmi?

Buning yoli oson, boy ota. Hozir internet deganidan hamma narsani bilib olsa boladi. Men sizga biznes rejamni aytaymi?

Iya, “bizmiz” deganing nimasi boldi tagin?

E-e-ey, bizmizmas, biznes. Bu degani, boy otajonim, momay daromad degani. Mullajiring degani. Buning uchun-chi, kalla kerak.

Xosh zumrasha, qani, bir boshidan gapir-chi.

Bolmasam eshiting! Bitta xonaki tovuq kuniga 80 gramm don, 20 gramm ot yer ekan. Agar sutkasiga 80 grammdan don yeydigan bolsa, uni 365 kunga kopaytiramiz... Demak, bitta xonaki tovuq bir yilda 29 kilodan oshiqroq ozuqa yeydi,togrimi boy ota? 1 kilo don 1500 som bolsa, Bir yilda 45 000 somga yaqin mablag sarf boladi. Xonaki tovuqlar oddiy don bilan boqilsa, har biri ortacha 220 – 230 dona, agar vitaminlarga boy omuxta bilan boqilsa 270 280dona tuxum berishi fanda isbotlangan ekan. Bozor rastalarida bir dona tuxum taxminan 500 -600 som atrofida. Agar ortacha 225 ta tuxum deb hisoblasak, boy ota, 123 750 som mollajiring boladi. Biz undan bir yillik don pulini ajratib tashlaymiz. Xo-osh, sof 78 750 som foyda chontagimizga kiradi. Bir dona tovuqning bir yilda beradigan foydasi bu.

100 dona tovuqning foydasi 7 875 000 somni tashkil qiladi. Har bir oyga taqsimlaydigan bolsak, 656 250 somni korsatadi. Boy otajan, mana buni ish desa boladi. Bugdoy orimi chogida don narxining tushishi sarmoyangizga yana sarmoya qoshadi. Bundan tashqari tovuq gongi ham bizga mablag olib keladi. U azot mineral ogiti bilan teng bolib, ekinlar uchun juda foydali.

Xo-osh, innankeyinchi?

Joy masalasiga kelsak, 100 ta tovuq boqish uchun uzunligi 15 metr, eni 2.5 metr va balandligi 1.5 metrlik bino kerak boladi. Ozuqa vaqtida berilishi, suv doimiy yonida bolishi kerak,boy ota. Bu ishga jiddiy belboglagan tadbirkor albatta oz maqsadiga yetadi. Qani osha tadbirkor deysizmi? Mana menda, boy ota! Joyini tayin qilsangiz boldi, buyogini ozim boplayman, boy ota!

Ha qurumagur, ja-a-a aqilli chiqib qolding-ku, sen-a?

Endi bularni, boy ota, internetdan oldim. Bilasizmi, shu sohaning olimlari Lomann, Dekalp, Xay-layn va Radonit-3 zotli tovuqlarni tavsiya qilibdi. Hozirgi kunda bozorlarimizda sotilayotgan tuxumlarning kopchiligi Lomann zotli tovuqlarga tegishli ekan. Ammo bu zotli tovuqlarni boqish anchagina etibor talab qiladi-da. Jojaligidan vaksinalar bilan taminlanishi va ozuqasi vitaminlarga boy bolishi kerak. Bilib oldim, 1 kg omuxta 2500 3000 som ekan. Bundan tashqari, firma tovuqlariga bir xil harorat, bir xil namlik bolishi lozim. Agar talab etilgan narsalarni vaqtida bajarmasangiz, kutilgan natijani bermasligi mumkin. Lekin bizga xonaki tovuqlar ham foyda olib keladi. Kichik biznes uchun zotli bolishi shartmas, boy ota.

Tadbirkorlik oilangizga, shu bilan birga yurtimizga ham foyda olib keladi. Harakatingiz bilan Vatanimiz rivojiga oz hissangizni qoshgan bolasiz.

Rostdan ham bilimdon bolib ketganga oxshaysan, lekin gaplaringning kopiga tushunmadim. Ha mayli, davom et. Innankeyinchi?..

E-eyy! Shu innankeyininggiz odamni xit qiladi-da, boy ota. Eski bogingizga qarab otirgandan nima foyda? Zamonaga boqib ish qilsanggiz momaygina mablag karmoninggizga oqib kiradi! Meni aytdi dersiz. Biznes sari birinchi qadamingizni bugundan tashlang. Chunki, Biznes bu farovon kelajak demakdir...

Hoy hoy, toxta-chi! Bu osha, haligi yolgonlaringdan bittasi bolmasin tagin. Naq teringga somon tiqaman-a!

Boy otamdan aylanay, bu zamonda birovni aldab boladimi? Qasam ich desangiz ichaman, gapim rost, endi tadbir ozingizdan.

Hmm..m... unda Badal aravakashni chaqir-chi...

Xop boladi, boy ota!

Olamgir ABDIYEV,

Oz JOKU talabasi.



DB query error.
Please try later.