O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
12.03.2019

ISHLAMASDAN HAM MAOSH OLSA BOLADI

yoki Samarqanddagi «129-avtokorxona» MChJ ta’sischisi nimadan norozi?

Samarqand shahridagi 129-avtokorxona MChJ tasischisi Rustam Yahiyayevdan tahririyatimizga kelgan shikoyat xatida shunday deyilgan:

Keyingi yillarda korxonamiz atrofida g‘alati voqealar roy berayapti. Galati deyishimning sababi, bir paytlar korxonamizda ishlab ketgan, ayrim kishilar ishlamasdan turib maosh olgisi kelib qoldi. Ajablanarlisi, fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudi sudyalari ham bu ish holati bilan chuqur tanishmasdan tekin luqmani xohlab qolganlar foydasiga qaror chiqarishgan. Yana bir qiziq tomoni, bu voqealar qayta-qayta takrorlanayapti....

Shikoyat xatidagi etirozlarni organish maqsadida mazkur avtokorxonada boldik. Ayon bolishicha, iqtisodiy qiyinchilik tufayli avtokorxona faoliyati toxtatilgan ekan. Ammo ayrim rahbarlar uning oyoqqa turishiga haliga qadar umid boglab yurishibdi. Ulardan biri korxona tasischisi Rustam Yahiyayev bizni bu yerdagi bugungi holat bilan tanishtirdi.

Uning aytishicha, bugun adolat talab qilayotgan haydovchilar yillar davomida oz vazifalariga masuliyatsizlarcha yondoshib kelishgan. Ular jamiyat mulki bolgan avtomashinalarni garajda emas, kopincha oz uylarida saqlashgan. Avtomashinalar mutaxassislar tomonidan tekshirilganda, ular yaxshigina operatsiya qilingani malum bolgan, yani qay birining ehtiyot qismlar eskisiga almashtirilgan, qay bir ehtiyot qism yechib olingan.

— 2013 yilda ishdan boshatilgan ana shu haydovchilar bugunga kelib oppogu, ulardan mehnat intizomiga boysinishni talab qilgan biz jamiyatimiz qop-qora bolib qoldi. Ular bizdan haqini talab qilishdan uyalishmayapti. Qonun himoyachilari esa ishni davogarlar foydasiga hal qilishyapti, deydi tasischi.

Shu orinda fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining bu ishni qayta-qayta korib chiqqaniga etibor qarataylik: 2013 yilning 11 sentabrida Otkir Aslamov, 2015 yilning 25 martida Sharafiddin Boliyev, 2016 yilning 25 iyulida Sherzod Toshpolatov, 2016 yilning 24 oktabrida Navroz Baratov, 2019 yilning 29 yanvarida Yulduz Muhammadiyeva singari sudyalar ushbu ish boyicha hal qiluv qarorlari chiqarishgan. Davogarlar, yani sobiq haydovchilar esa shu yillar mobaynida turli yuqori mamuriy idoralarga guruh bolib shikoyatlar yollashgan, davo arizalar bilan murojaatlar qilishgan.

Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 2019 yil 29 yanvardagi hal qiluv qarori bilan davogarlar Davron Nuriloyev, Izatillo Mahmudov, Sodiq Qobilov, Aslam Soliyev, Gayrat Isoqov, Kamol Akbarov, Ortiq Ismoilov foydasiga 2016 yil avgust oyidan 2017 yil iyul oyigacha, Lutfillo Junaydov foydasiga esa 2014 yilning yanvar oyidan 2018 yilning dekabr oyigacha tolanadigan ish haqi undirilishi korsatilgan. Davoning moddiy va manaviy zararni undirish togrisidagi qismi rad etilgan.

Avtokorxona tomonidan davogarlar Davron Nuriloyev, Izatillo Mahmudov, Sodiq Qobilov va boshqalar 2012 yildan beri sababsiz ishga chiqmay yurganligi, ozlariga biriktirilgan avtomashinalarni shaxsiy manfaatlari yolida ishlatib, uylarida bir yildan ortiq vaqt mobaynida saqlab kelganliklari haqida ogohlantiriladi. Ammo buning foydasi bolmaydi. Faqat ishga ichki ishlar xodimlari aralashgach, ular avtomashinalarni garajga keltirishgan.

Yana bir masalaga etiborni qarataylik: Avtokorxona faoliyati 2013 yildan toxtatilgan. Korxona hisob raqami yopilgan. Bunday holatda tabiiyki, davogarlar davosiga etiroz bildiruvchi rahbar bolmagan. Sud tomonidan esa davolarni qanoatlantiruvchi qarorlar qabul qilingan. Oqibatda sudning hal qiluv qarori asosida ijrochilar tomonidan korxonaga tegishli bir qator texnik jihatdan soz bolgan yuk mashinalari savdo birjalarida sotilib, davogarlarga ish haqlari undirilib berilgan.

Sud ijrochilari tomonidan korxonaga tegishli avtomashinalar, korxona tasarrufidagi yer maydoni qanchaga sotilgani va uning qancha qismi davogarlarga ish haqi uchun berilgani nomalum. Rustam Yahiyoyev bu masalada majburiy ijro bolimiga qayta-qayta murojaat qilsa-da, savoliga javob ololmay sarson bolmoqda.

Aslida korxona soliqdan 2011 yildan 2018 yilgacha bolgan davr uchun 205 million, ish haqidan 2013 yilgacha 55 million som qarzdor. Tasischining fikricha, davogarlarga esa sud tomonidan kunbay shaklida ish haqi undirib berilayotgan ekan. Aslida esa Nizomga kora, bu korxonada ish haqi ishbay shaklida tolanishi yolga qoyilgan.

Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan korxonaga tegishli avtomashinalar, bino-inshootlar qiymati qaysi masul idoralar tomonidan baholangani ham nomalum. Bu borada korxona tasischisi yoki masul vakil ishtiroki taminlanmagan.

Majburiy ijro byurosi tomonidan korxonaga tegishli bolgan bino-inshootlar 1 milliard 200 million somga auksionda sotilgan. Bu pullarning davogarlarga berilganidan qolgan qismi qayerga sarflanayotgani ham tasischini qiziqtiradi. Ammo bunga joyali javob yoq.

Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 2016 yil 25 iyuldagi hal qiluv qarori bilan davogarlar ishga tiklanib, ish haqlari undirilishi korsatilgan. Aslida Mehnat kodeksining 270-moddasida ishga tiklash uchun bir oy muddat ichida murojaat qilish lozimligi belgilab qoyilgan. 129-avtokorxonaning 2013 yilda ishdan boshatilgan haydovchilari esa 4 yildan keyin sudga murojaat qilishayapti. Ammo fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudi ( sudya Sh.Toshpolatov) ularni ishga tiklash haqida qaror chiqarayapti. Yana ajablanarlisi, 129-avtokorxona MChJ tomonidan 2013 yildan buyon sudga murojaat qilayotganlarning asosli ravishda ishdan boshatilgani togrisidagi buyruq nusxalarini va boshqa hujjatlar taqdim etilgan bolsa-da, ularga ahamiyat berilmagan. Birinchi bosqich sudi davogarlarni oradan 4 yil otgach, ishga tiklamoqda. Bu Mehnat kodeksi talablarining qopol ravishda buzilishi emasmi? Mazkur kodeksning 154-moddasida Ish beruvchi ozining moliyaviy holatidan qati nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq tolashi shart deb korsatilgan.

Aslida davogarlar 2012 yildan buyon sababsiz ravishda ishga chiqishmagani uchun 2013 yilda ishdan boshatilgan. Korxona osha yildan boshlab iqtisodiy jihatdan nochor holga tushib, faoliyatini toxtatgan. Ana shunday sharoitda davogarlarni yoqlab takror-takror hal qiluv qarorlari chiqarilishini qanday tushunish mumkin?

Mehnat kodeksining 275-moddasi 3-qismida mehnat shartnomasi gayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi, boshqa ishga gayriqonuniy ravishda otkazilganligi yoki ishdan gayriqonuniy ravishda chetlatilganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun xodimga haq tolash togrisidagi mehnat nizolarini korib chiqish chogida mehnat nizolarini koruvchi organ tomonidan xodimning pul undirishga doir talablari bir yildan ortiq bolmagan muddat uchun qondiriladi, deb korsatilgan. Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudi ushbu muhim hujjat talablarini nega chetlab otayapti?

Eng qizigi, sudlar tomonidan 129-avtokorxonadan progul qilganliklari uchun korxona sobiq haydovchilari D.Nuriloyev, K.Akbarov, G.Isoqov, O.Ismoilov, S.Qobilov, I.Mahmudov va A.Soliyev 2013 yil 11 iyun kunidagi 1-sonli buyrugi bilan Mehnat kodeksining 100-moddasi talablariga (Ichki mehnat qoidalari tartibini buzganligi, yani, ishga sababsiz chiqmaganliklari uchun) asosan ishdan boshatilgan bolsa-da, bu haqdagi buyruqning qonuniyligi muhokama qilinmasdan, ularga ish haqlarini undirish haqida qarorlar qabul qilgan.

Korxonada otkazilgan 2015 yil 15 maydagi audit xulosasida korsatilishicha, davogarlardan K.Akbarov 2011 yilda bor-yogi 73 kun, 2012 yilda 43 kun ishda bolgan. Davogarlardan yana biri A.Soliyevning 2011 yilda ish kunlari 65 kunni, 2012 yilda esa 33 kunni tashkil qilar ekan. Davogar D.Nuriloyev esa 2011 yilda 74 kun, 2012 yilda 44 kun ishlagan. Ularning barchasi korxonadan ancha miqdorda qarzdor.

Qolgan yillar davomida ularning birortasi bir kun ham ishga chiqmagan. Davogarlar –G.Isoqov, I.Mahmudov, S.Qobilov, O.Ismoilov, L.Junaydovlar haqida ham shunday fikr bildirish mumkin. Bugun ishlamagan kunlari uchun haq undirilishiga davogarlik qilayotganlardan biri L.Junaydov 2012 yilning 2 iyulidan mehnat tatiliga chiqqandan song korxonaga qaytib kelmagan.

Avtokorxona direktori E.Galustyan 2015 yil 25 avgustda oz xoxishi bilan ishdan boshagan. Ammo sud qarorining ijrosini taminlash maqsadida sud ijrochilari talabi boyicha u 2017 yilning 5 iyulida davogarlarni ishga tiklab, keyin esa ularni oz arizalariga kora, ishdan boshashi togrisidagi buyruqqa imzo chekib, muhr bosib berishga majbur qilingan. Hujjatlar sanalarini tekshirib bunga iqror bolish mumkin.

Endi oylab koraylik. Ikki yil avval ishdan boshab ketgan korxona rahbarining buyrugini qonuniy deb boladimi? Bunday qonun buzilishlariga yol qoyish kimga kerak bolib qoldi? Aslida bu kabi nomaqbul ishlardan kimlar manfaatdor?

Ozbekiston Respublikasi FPKning 375-moddasida Ish uchun ahamiyatga ega bolgan holatlar toliq aniqlanmaganligi, sud aniqlanmagan deb, sud aniqlangan deb hisoblangan, ish uchun ahamiyatga ega bolgan holatlarning ish holatiga muvofiq kelmasligi, moddiy huquq normalarining yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notogri qollanilganligi sud hujjatini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida bekor qilishga yoki ozgartirishga asos boladi deb korsatilgan.

MChJ tasischisi Rustam Yahiyayev vakolatli idoralar tomonidan FPKning ushbu moddasiga asosan fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 2019 yil 29 yanvardagi hal qiluv qarorini butunlay bekor qilish lozim deb hisoblaydi.

Katta umidlar bilan advokat yollagandim. Lekin sudda uning asosli fikrlariga, etirozlariga quloq solinmadi, deydi Rustam Yahiyayev. Hattoki, sud majlisi protsessida sud majlisini olib boruvchi sudya, sudya yordamchisi va tomonlar tanishtirilmadi. Ishda ishtirok etuvchilardan savollar bor-yoqligi soralmadi. Sud majlisida faqatgina Davron Nuriloyev davo mazmuni boyicha qisqagina soroq qilindi, xolos. Raislik qiluvchi tomonlardan isbotlovchi hujjatlar bor-yoqligini soramadi. Yana bir ajablanarli holat: raislik etuvchi sudya keyingi sud majlisida prokuror qatnashadi, deb tanaffus elon qildi. Ammo prokuror kelmadi. Sud tomonidan davogarlarning manfaatini kozlab hal qiluv qarori oqildi. Bizning etirozimizga etibor ham berilmadi.

Samarqand shahar sudining 2016 yil 25 iyuldagi hal qiluv qarorini bekor qilib, davogarning davo arizasini rad etish togrisida Samarqand shahar prokurori protesti ham inobatga olinmadi. Samarqandda shunday gaplar. Yaqin yillarda ahil bolgan, ishchi-xizmatchilari elu yurtga naf keltirgan, qanchadan-qancha odamlarni ish bilan taminlagan mehnat jamoasi bugun tanazzul sari yuz tutdi. Lekin uni qayta tiklashga urinayotganlar bor. Afsuski, yoq joydan nimadir undirish payida bolganlar, ularni qollab-quvvatlovchilar korxona qaddini tiklab olishiga yol qoymayapti. Rustam Yahiyayev shundan norozi. Ehtimol, uning dardini tinglab, muammoni adolatli hal etadigan idora topilar, ehtimol yopiglik qozon qopqogini kotarib korishni istamayotganlar bolar. Yoki hammasi togri hal etilgan, etirozga orin yoq, deb javob yozadiganlar chiqar. Bu orinda faqat vijdon, insof va albatta qonun hakamlik qila oladi.

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: