O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
12.03.2019

ISH STAJINI SOTIB OLISH MUMKINMI?

Pensiya miqdorini hisoblash masalasidagi e’tirozlar o‘rinlimi?..

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi Toshkent shahar boshqarmasining navbatdagi sayyor uchrashuvi Mirzo Ulugbek tumanida otkazildi. Tadbir tuman aholisining pensiya boyicha savollariga javob berish va ularning muammolarini joyida hal etish maqsadida tashkil etildi.

— Bugungi uchrashuv Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan beshinchi tumanda otkazilishi, bu yil davomida boshqa hududlarda ham tashkil etiladi, deydi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligi orinbosari Abdurashid Ismoilov. Sayyor uchrashuvlarda Prezidentimizning «Fuqarolarning pensiya taminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qollab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi Farmoni mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirib bormoqdamiz.

Malumki, pensiya hisoblashdagi ish haqining chegarasi 2018 yil 31 dekabrgacha eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan (1621000 som) chegaralanar edi. Vaholanki, respublikamizda 3-4 million somlik maosh bilan ishlaganlar kopchilikni tashkil qiladi. Bugungi kunda Toshkent shahrida pensiya va nafaqa oluvchilar soni 334500 ga yaqin bolsa, shundan mazkur farmon boyicha pensiya hisoblashdagi tartib ozgarganligi sababli 126000 nafar pensionerning nafaqalari qayta hisob-kitob qilindi. Natijada shu malum boldiki, Toshkent shahrida eng kam oylik ish haqi 8 barobaridan chegaralangan fuqarolar soni 126800 nafarni tashkil qilar ekan. Endi ularni oylik ish haqlari eng kam oylik ish haqining 10 barobari 2027000 somdan chegaralangan holda hisob-kitob qilinadigan boldi.

Prezidentimiz kelajakda iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirib olganimizdan song, ish haqidagi chegaralarni umuman olib tashlaymiz, degan taklifni bildirgan edi.

Farmon boyicha yana bir ozgarish nogironligi bor bolalarning onalariga ijtimoiy nafaqalarni tayinlashdir. Nogironligi bor bolalarning onalari bugungi kunda qonunda belgilangan tartibda 50 yoshdan boshlab, imtiyozli pensiya olish huquqiga ega. Faqat uning sugurtalangan 7 yillik ish stajiga ega bolishi va undan tashqari umumiy ish staji 20 yilni tashkil qilishi belgilab qoyilgan edi. Vaholanki, ayrim onalar 2-3 nafar nogironligi bor bolani tarbiyalagan holatlari ham mavjud. Yoki bitta nogironligi bor bolasiga ozining umrini, hayotini, mehnatini bagishlab, 2-3 yildan tashqari ishlashga imkoniyati bolmagan onalar bor. Xuddi shunday 7 yillik ish staji jamgarilmagan onalarga 55 yoshga tolganlarida nogironligi bor bolaning onasi sifatida nafaqa tartibi tayinlash loyihasi ishlab chiqilmoqda. Demak, sugurtalangan 7 yillik ish staji yoki va umumiy ish staji 20 yilni tashkil qilmagan 55 yoshli onalar bu yildan boshlab nafaqaga ega boladi.

Bugungi kunda chet elda 3 nafar fuqaro rasmiy hujjat bilan ishlayotgan bolsa, 10 nafar fuqaro norasmiy ishlab yuribdi. Xorijda rasman ishlayotgan yurtdoshlarimizning ish staji kafolatlangan, albatta. Lekin norasmiy ishlayotgan akamiz, opamizning kelgusidagi ijtimoiy muhofazasi nima boladi? Ularni ish stajga olish tartibi qanday boladi? Buning uchun ular yiliga eng kam oylik ish haqining tort yarim barobari miqdorida tolovni amalga oshirishi lozim. Buni qayerga tolash kerak? Ushbularga javobimiz quyidagicha boladi. Demak, birinchi navbatda fuqaro doimiy yashash manzili bolgan davlat xizmati organlariga borib, identifikatsiya raqamini oladi. Ushbu hujjat uning ishonchli vakili aka-ukasi, opa-singlisi va boshqalar tomonidan ham olinishi mumkin. Bu birinchi qadam boladi. Ikkinchi qadam davlat soliq xizmati organlari pensiya jamgarmasining yagona gazna hisob raqamiga tolovni amalga oshiradi va bir yillik ish stajiga ega boladi. Bu miqdor bugungi kunda 932000 somni tashkil qiladi. Ushbu jarayonni ish stajini sotib olishga ham qiyoslash mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy tadbirkorlik subekti. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga kochada pista sotuvchi ayol yoki bozorlarda arava tortuvchi aka-ukalarimiz ham kiradi. Dokonni yurityaptimi, bozorda savdo qilyaptimi, farqi yoq, ular ham eng kam oylik ish haqining bir barobarini yil davomida har oy tolab borsa, bir yillik ish stajiga ega boladi. Oilaviy tadbirkorlik subektida tadbirkorlik rahbariga yordam berayotgan xotini, ogli, qizi yoki yollangan begona shaxs har oy yil davomida eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida tolovni amalga oshirsa, ular ham bir yillik ish stajini otagan hisoblanadi.

Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xojaligi azolari, 4 sotixdan kam bolmagan dehqon xojaligida qoramol yoxud 50 boshdan kam bolmagan parranda parvarishlayotgan yurtdoshlarimiz ham yiliga 202000 som tolovni amalga oshirsa, ularga ham bir yillik mehnat staji yozib boriladi. Bu qulayliklarning umumiy manosi shundaki, ozi, oilasi uchun ishlagan odamga mehnat staji rasmiylashtirib beriladi.

Sayyor uchrashuvlarda koplab fuqarolar pensiyaga chiqishda duch kelayotgan muammolardan shikoyat qilishmoqda. Bunday holatlarda tegishli hududdagi pensiya jamgarmasi mutaxassislarining amaliy yordamini tashkil etish choralari ham korilmoqda.

Malumki, amaldagi tartibga kora, pensiya miqdori mehnat faoliyatining oxirgi on yilligidan hisoblanadi. Lekin sayyor uchrashuvlarda fuqarolarimiz yoshlik paytida yoki umuman ular kuch-quvvatga tolgan paytda kop oylik ish haqi bilan mehnat qilganliklari togrisidagi etirozlarni bildirishmoqda. Biz fuqarolarning pensiya miqdorini butun faoliyati davomidagi oylik maoshlari hisobidan ishlab chiqish yoki fuqaro uchun afzal bolgan istalgan ketma-ket besh yilliklardan hisoblash kabi takliflarimizni Respublika pensiya jamgarmasiga, shahar prokuraturasi va shahar Xalq qabulxonalari, adliya boshqarmalariga berib boryapmiz.

Marjona TOSHEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: