O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
05.03.2019

IQTISODIYOTIMIZ CHUQUR TAHLIL VA MARKETINGGA MUHTOJ

Tan olish kerak, uzoq yillar davomida O‘zbekistonda investitsion faoliyatning tahliliga va shundan kelib chiqib, uning samaradorligiga deyarli e’tibor berilmagan. Misol uchun, 2010-2016 yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida ozlashtirilgan investitsiyalar kolami juda ham keng bolsa-da, ammo ular iqtisodiy osishda oz aksini deyarli topmagan, tabiiy gaz, yengil avtomobillar va avtobuslar, traktorlar, neft va boshqa strategik ahamiyatga ega mahsulotlarning yillik ishlab chiqarish hajmi 1,5-2,5 baravargacha kamaygan.

Sir emas, uzoq yillar davomida biz dehqonchasiga yol tutib keldik – jalb etilayotgan investitsiyalar qancha kop bolsa, shuncha yaxshi, qabilida. Ammo chetdan jalb etiladigan investitsiyalarning yoqimsiz bir talabi bor muayyan vaqt otganidan keyin ularning hisob-kitobi boladi.

Iqtisodchilarimiz bu jarayon bilan bogliq eski dunyoqarashdan voz kechishni xohlamayotgan bir sharoitda xolis iqtisodchilar boshqacha takliflar bilan chiqishlari tabiiy. Bunday yondashuv vujudga kelishi mumkin bolgan yangi va yana ham murakkab nomutanosibliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Agar iqtisodiy faoliyat aniq hisob-kitoblarga asoslangan bolsa, uning samaradorligi shunchalik yuqori darajada boladi va buni hech kim inkor etolmaydi.

Misol uchun, mamlakatimiz YaIMni qoshimcha yana bir foizga kopaytirmoqchi bolsak, solishtirma narxlarda bu 2,2 milliard dollarni tashkil etadi. Ishlab chiqarish resurslarining erkin harakatlanishiga xizmat qiladigan bozor munosabatlarini shakllantirish uchun uzoq yillar kerak boladi, shuning uchun hozircha strategik yonalishlarni tanlash va ularga investitsiyalarni markazlashgan holda jalb qilishga majburmiz. Misol uchun, toqimachilik mahsulotlari hisobiga YaIMni 300 million dollarga ostirmoqchi bolsak, 80-90 ming tonna paxta tolasini qoshimcha tarzda qayta ishlab, undan ip, polotno va tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishimiz kerak boladi.

Buning uchun qancha qoshimcha ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish kerakligi malum va bunga qancha mablag kerakligini hisoblab chiqish ham qiyin ish emas.

Jahon iqtisodiyoti amaliyotidan malumki, investitsion faoliyatni samarali amalga oshirayotgan va oxirgi on yil davomida eng yuqori osish suratlariga erishgan mamlakatlar 4 hissalik sarmoya hisobiga YaIMni 1 hissaga ostirmoqda. Demak, agar bizlar ham investitsion faoliyatning samaradorligiga erishsak, YaIM 2,2 milliard dollarga kopayishiga 10 milliard dollardan (kapital tamirlash xarajatlarini qoshgan holda) kamroq sarmoya kerak boladi.

2018 yilda mamlakatimizda barcha yonalishlarda ozlashtirilgan investitsiyalar hajmi 119 trillion som (14 milliard dollar) ni tashkil etgani togrisida rasman elon qilindi. Buning evaziga mamlakat YaIM 2017 yilga nisbatan 5,2 foizga osgani ham malum boldi. Tan olish kerak, hozircha bundan koproq natijalarga erishishning iloji ham yoq. Nega deganda, ichki bozorimiz qishloq xojaligi mahsulotlarining notogri joylashtirilishi natijasida keskin darajada torayib qolgan va, eng asosiysi, markazlashgan iqtisodiy tizim mamlakatimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini juda past darajaga keltirgan. Misol uchun, sugoriladigan yerlarga galla ekib, har gektardan 500 dollarlik mahsulot olamiz. Italiya va Fransiya fermerlari shuncha maydonda yetishtirilgan uzumni tayyor mahsulotga aylantirish hisobiga 50 ming yevroga teng daromad oladi. Albatta, bizlar ham xuddi shunday yol tutsak, iqtisodiyotimizdagi natijalar tubdan farq qiladigan boladi, davlat byudjetining ham, ishchi-xodimlarning ham daromadlarida katta ozgarishlar yuz berishi aniq. Buning uchun insonning ehtiyojlari faqat toyib non yeyishdan iborat emasligini, bu borada yana ham ulugvor mezonlar borligini vazirlardan boshlab jamiyatimizning barcha azolari tushunishi kerak.

Samaradorligi shubha ostida bolgan katta va kichik investitsion loyihalar kam emas va ular qatorini toqimachilik tarmogi hisobiga kengaytirish mumkin. 2016 yilning dekabr oyida bu sohani rivojlantirishga qaratilgan davlatimiz rahbarining farmoni qabul qilingan edi. Uni qabul qilishdan asl maqsad paxta tolasidan tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kopaytirish va eksportga yonaltirish edi. Aslida ikki yil muayyan natijalarga erishish uchun yetarli muddat, lekin nima uchun ozgarish sezilarli darajada bolmayapti? Bu ishlarda marketingdan foydalanish umuman yoddan chiqarilganidan dalolat beradigan misol keltirmoqchiman.

Yangi yildan oldin ijtimoiy tarmoqlarda Qoshma Shtatlardan kelgan savdo kampaniyasining rahbari Ozbekistondan tekstil mahsulotlarini sotib olishga qiziqayotgani togrisida malumotlar berildi. Mehmonning fikricha, bizning mahsulotlarimiz arzonligi va sifatliligi bilan farq qilar ekan. Agar «Ozbekiston havo yollari» kompaniyasi mavjud tashish tariflariga nisbatan chegirmalar qilsa, bu janob mahsulotni Shtatlarga eksport qilishi mumkin ekan...

Endi ozingiz oylab koring. Qoshma Shtatlar paxtani qayta ishlash boyicha dunyoning eng ilgor mamlakatlaridan biri. Meksika bilan chegaradosh, Braziliya ham uncha uzoq emas. Shularni inobatga olsak, qaysi xayolparast bunday taklifni jiddiy qabul qilishi mumkin? Axir bundan kora, Yevropa bozorlariga kirib borish ancha osonroq ish emasmi? Aslida tekstil sohasida yaxshi natijalarga erishmayotganimizning asosiy sababi boshqa narsada eksportning kopayishi uchun raqobatbardoshlikni belgilaydigan tadbirlarda tizimli yondashuvning yoqligida.

Ip-yigiruv fabrikalarining katta qismi 15-20 yil oldin ishga tushirilgan, ulardagi asbob-uskunalar manan va jismonan eskirgan. Tadbirkorlar shunaqa korxonalarni tiklashga kirishganiga bir yil otmasdan, ularga yetkazib beriladigan 1 kilogramm paxta tolasining narxi 1,5 dollardan 2 dollargacha kotarildi, yangi yildan boshlab esa ularga nisbatan qoshimcha tarzda yer va mulk soligi joriy etilmoqda.

Xosh, bunday sharoitlarda tekstil korxonalarining raqobatbardoshligi qaysi tomonga qarab ozgaradi? Vaholanki, aynan shu soha mamlakatimiz mehnat bozorida vujudga kelgan keskinlikni bartaraf etishga xizmat qiladigan asosiy yonalishdir.

2018 yilda 55 mingdan koproq yangi korxona royxatdan otkazilganligi togrisida statistik malumotlar berildi va ularning muayyan qismi sanoat korxonalaridan iborat. Banklar va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan marketingga tayanib ishlash yolga qoyilmaganligi sababli har yili qancha yangi korxona tashkil etilsa, shunga yaqin korxonalar yopiladi. Hattoki, bitta tumanning ozida bir qator tikuvchilik sexlari tolaqonli ishlamay turgan bir paytda yangilarini ochish uchun kreditlar ajratish amaliyoti har qadamda uchraydi.

Miqdoriy korsatkichlarning orqasidan quvish natijasida minglab korxonalar bir-birining faoliyatini takrorlaydi, foyda olish darajasi pasayib, ichki investitsion imkoniyatlar cheklanadi, tayyor mahsulot zaxiralari ortib boraveradi. Afsuski, Ozbekiston korxonalaridagi tayyor mahsulot zaxiralari, ularning tasirida vujudga keladigan debitorlik va kreditorlik qarzlar togrisida ancha yillardan beri malumot berilmaydi. Yillar davomida ozgarishlarsiz qogozdan qogozga kochiriladigan hujjatlarning ichiga kirib ketgan, vaqt-vaqti bilan kabinetlardan chiqib, korxonalardagi ahvolni organish kerakligini unutgan vazirliklar xodimlarida tahliliy yondashuv fikri qayerdan vujudga kelishi mumkin? Xonada otirib, qogozlardagi raqamlarni hisob-kitob qilish boshqa, joylarga chiqib, korxonalar faoliyatini organish boshqa.

Alohida shaxslarga tikuvchilik mashinalari sotib olishga kredit berib, yangi ish orni yaratdik, deyish, fikrimcha, bandlikni bartaraf etishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir. Lekin bu borada samarali yol ham borku axir. Fargona vodiysida yuqori natijalarga erishib ishlayotgan yengil sanoat korxonalari juda kop. Agar ularning filiallari boshqa shahar va tumanlarda tashkil etilsa, natijalar umuman boshqacha tus olishi mumkin.

Agar ushbu yonalishdagi chora-tadbirlar yakka tadbirkorlik asosida emas, balki asosan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida amalga oshirilsa, korxonalar faoliyati, bir tomondan, aholining nazorati ostida boladi va ikkinchi tomondan, mahsulotni (egalik huquqi tasirida) ichki bozorda sotish yengillashadi. Shu bilan birga, valyuta siyosatining liberallashuvi va yangi soliq Konsepsiyasining joriy etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga salbiy tasir korsatishi mumkin. Misol uchun, yon atrofimizdagi ayrim davlatlarda QQSning stavkasi 12 foizni tashkil etadi va bu yerda ishlab chiqariladigan yuqori sifatli mahsulotlar, ayniqsa, tikuvchilik mahsulotlari shuning hisobiga arzonroq.

Demak, qoshni mamlakatlardan xalq istemoli tovarlarining kirib kelishi va bu mahalliy mahsulotlarni sotishga salbiy tasir korsatishiga tayyor bolishimiz kerak. Qolaversa, jalb qilingan kredit foizlari, yer va mulk soliqlari tolovi kutib otirmasligi ham aniq. Bu misollardan iqtisodiy faoliyatda iqtisodiy tahlil va marketing fani nechoglik muhim ahamiyatga ega ekanligini korish mumkin.

Aslini olganda, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan maqsad bu osish suratlari boyicha boshqa mamlakatlar bilan musobaqa uyushtirish emas, balki mamlakat aholisining doimiy osib boruvchi ehtiyojlarini imkon qadar yuqori darajada qondirishdir. Tashqi savdoni amalga oshirishdan ham maqsad shu, yani raqobatbardoshlik xususiyatiga ega bolgan mahsulotlarni eksport qilib, uning foydasi hisobiga mamlakatda yetishtirilishi noqulay bolgan, ishlab chiqarishi qimmatga tushadigan mahsulotlarni import qilishdir.

Bir narsaga etibor qarataylik. Uzoq yillar davomida va kuchli raqobat tasirida jahon bozori muayyan transmilliy kompaniyalar tomonidan taqsimlanib olingan va unga qoshimcha mahsulot bilan kirish — ota murakkab masala. Murakkab, ammo iloji bor masala. Buni Bangladeshning tekstil mahsulotlari, Vetnamning qahva, Hindistonning IKTning dasturlash taminoti bilan xalqaro bozorlarga kirib borishi misolida korish mumkin.

Yana ham yuqori osish suratlariga erishish uchun korxonalarning malakali kadrlarga bolgan ehtiyojlari tolaligicha qondirilishi kerak. Buning uchun oliy va orta maxsus talim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan qabul jarayoni korxonalar buyurtmalariga asoslanishi kerak. Shunday yol tutsak va faqat ilmiy asoslangan marketing tadqiqotlariga tayanib ishlasak, xalqaro bozorlarni egallashimiz mumkin.

Tashqi savdo ham, investitsion faoliyat ham chuqur hisob-kitoblarga asoslanib amalga oshirilsa, natijalar umuman boshqacha bolishi mumkin.

Valyuta siyosatining liberallashuvi tashqi savdo aylanmasining salbiy natijalar bilan yakunlanishiga sabab bolayotganday tuyulmoqda. Aslida sabab statistik faoliyat yangi sharoitlarga mos tarzda amalga oshirilmasligida, deb hisoblayman. Otgan yillarda nimalarni va qaysi miqdorlarda eksport qilgan bolsak, xuddi osha darajada eksport qilyapmiz, sanoat korxonalari bir maromda oz faoliyatini davom ettirmoqda, mahalliy tovarlarni siqib chiqarib savdo peshtaxtalarini xorijdan keltiradigan tovarlar bosib ketgani ham yoq. Faqat davlatimiz tomonidan innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan qarorlarga asosan mashina va asbob-uskunalar xaridi kopaydi, xolos. Ularning tolov manbai bolib asosan togridan-togri jalb etilayotgan chet el investitsiyalari va kreditlari xizmat qilmoqda.

Yana bir masalaga etibor qaratish lozim, deb hisoblayman. Yangi soliq konsepsiyasi doirasida kichik sanoat korxonalarining katta qismi umumbelgilangan soliq tolash tizimiga otishi ularning yiriklashishiga, ixtisosining ozgarishiga, narx-navoning keskin ozgarishi va raqobat kurashining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bu jarayonlar bilan bogliq bolgan salbiy oqibatlarning oldini olish borasida marketing fani muhim rol oynaydi. Shuning uchun vazirliklar, xojalik uyushmalari va mahalliy hukumat organlari maslahat markazlari tuzib, ularning tarkibiga oliy oquv yurtlarining marketolog-olimlarini jalb etib jarayonni boshqarishga kirishsalar, maqsadga muvofiq bolar edi.

Xulosa sifatida shuni takidlash joizki, investitsion va tashqi savdo faoliyatlari chuqur tahlil, aniq hisob-kitoblar va marketing faniga tayanib amalga oshirilsa, ularning samaradorligi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlarning natijadorligi yana ham yuqori darajaga kotarilishi mumkin.

Ilhom VAFOYEV,

iqtisodchi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: