O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.03.2019

RAQAMLAR ORTIDA HAYOT BOR

· O‘tgan yili viloyatda umumiy qiymati 1,8 trillion som bolgan 577 ishlab chiqarish va xizmat korsatish ob’ekti ishga tushirildi, investitsiyalar hajmi 1,7 barobar oshdi.

Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollarlik loyihalarni nazarda tutadigan dastur ishlab chiqildi. Unga kora, viloyatda 2019-2020 yillarda 1 ming 400 dan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshiriladi, 1,1 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Buning samarasida 39 mingta doimiy ish orni yaratiladi.

Viloyat tumanlari markazini obod qilish maqsadida har bir tumanga 20-25 milliard somdan, “Obod qishloq” va Obod mahalla dasturlariga kiritilgan qishloq va mahallalarga qoshimcha ravishda 2 milliard somdan mablag ajratilishi qayd etildi.

Namangan shahrining Yuksalish mahallasi keyingi ikki yilda butunlay yangi qiyofa kasb etdi. 2018 yilda bu yerda 588 xonadondan iborat 14 ta 7 qavatli arzon uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi.

Joriy yil oxirigacha yana 14 ta shunday uy-joy qurilib, xonadonlar soni 1 ming 176 taga yetkaziladi. Shuningdek, ushbu hududda Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xizmatchilari uchun 8 ta 5 qavatli turar joy binosi barpo etilmoqda.

Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan «Hyundai» avtomobil zavodi ham shu hududga yaqin joyda barpo etiladi.

60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan Axsikent xarobalari Fargona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Prezidentimiz topshirigiga muvofiq, 2017 yilda Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish boyicha ulkan ishlar boshlandi. Axsikent arxeologiya merosi obektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi davlat unitar korxonasi tashkil etildi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: