O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
12.02.2019

JAHON BOZORIGA YOL

«O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi qator korxonalar faoliyati misolida ham yaqqol namoyon bolmoqda.

Ushbu jamiyat korxonalarida ichki va tashqi bozorlarga raqobatbardosh, zamonaviy qishloq xojaligi texnikalarini yetkazib berishga qaratilgan dastur amalga oshirilib borilmoqda.

Chirchiq Mash Agro mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Ozbekiston — Polsha qoshma korxonasida 6 turdagi qishloq xojaligi texnikalari ishlab chiqarilmoqda. Korxona konveyyerlaridan chiqayotgan lazer nuri yordamida yer tekislash texnikalari, diskli boronalar, shtangali purkagichlar, aylanma omochlar hamda mineral ogitlarni sepishda ishlatiladigan texnikalar xorijga ham eksport qilinmoqda.

2018 yilda 250 ming AQSh dollari miqdoridagi qishloq xojaligi texnikalari Qozogiston, Turkmaniston va Tojikiston singari davlatlarga eksport qilindi, deydi qoshma korxona rahbari Haydar Abdushukurov. Joriy yilda ham ushbu mamlakatlarga 900 ming AQSh dollari qiymatidagi qishloq xojaligi texnikalarini eksport qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ichki bozorda ham korxonamizda tayyorlangan qishloq xojaligi texnikalari kopayib bormoqda.

Birgina misol. Otgan 2018 yil mobaynida 84 milliard somdan ziyod qishloq xojaligi texnikalari ishlab chiqarilib, mamlakatimizdagi dehqon va fermer xojaliklariga yetkazib berildi. Shuningdek, korxonamiz Italiya, Turkiya, Xitoy singari davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar hisobiga boyidi. Endigi maqsadimiz esa imkoniyatlardan unumli foydalanib, qoshimcha ish orinlarini yaratish, korxonamizga xorijiy investitsiyalarni kengroq jalb qilish, ichki va tashqi bozordagi orinimizni yanada kengaytirishdan iboratdir.

Darhaqiqat, mamlakatimiz iqtisodiyoti tez suratlar bilan rivojlanishida xorijiy sarmoyadorlar bilan aloqalarimiz mustahkamlanib borayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahon bozoriga MADE IN UZBEKISTAN degan yorliq bilan kirayotgan mahsulotlar turlari kopayib bormoqda. Ular orasida Chirchiq Mash Agro Ozbekiston Polsha qoshma korxonasi mahsulotlari ham munosib orin egalladi.

Sohibjon SALIMOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: