O'zb  
 
12.02.2019

SUGURTA QOPLAMALARINING OZ VAQTIDA TOLAB BERILISHI AHOLINING ISHONCHINI OSHIRADI

«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Prezidentimizning Kafolat sugurta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorining bajarilishi Andijon va Namangan viloyatlari misolida matbuot anjumani otkazildi.

— Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yilda kompaniya xodimlari tomonidan aholi, tadbirkorlar, korxona va tashkilotlar, talim va tibbiyot muassasalari ortasida sugurtaning majburiy va ixtiyoriy xizmatlarini targib etish boyicha uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari otkazildi, deydi Kafolat sugurta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Saidolim Nasretdinov. Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Mahalla va Nuroniy jamgarmalari, Sogliqni saqlash, Xalq talimi, Oliy va orta maxsus talim vazirliklari hamda Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa idoralar bilan hamkorlikda hududlarda 295 mingga yaqin uchrashuv, seminar tashkil etildi. Natijada 37,2 milliard som sugurta mukofotlari yigildi.

Otgan yilda faoliyatimizni yanada kengaytirish hamda aholi ortasida sugurta madaniyatini shakllantirish borasida bir qator hamkor tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda otkazilgan uchrashuv va seminarlar natijasida 71 195 ta shartnoma imzolanib, 7,3 milliard som sugurta mukofotlari yigildi, ushbu korsatkich otgan yilga nisbatan 171,8 foizga oshdi, deydi kompaniyaning Andijon viloyati filiali direktori Sherzodbek Abdujaminov. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu imzolangan shartnomalar boyicha filial oz zimmasiga 2,3 trillion som sugurta javobgarligini olgan. Bundan tashqari, filial tomonidan 2018 yilda 358,2 million som sugurta qoplamalari tolab berildi. Bu qoplamalarni oz vaqtida tolab berayotganligimizdan aholining bizga bolgan ishonchi ortib bormoqda.

Otgan yilda 74934 dona sugurta shartnomasi imzolanib, 4,8 milliard som sugurta mukofotlari tushumi taminlandi, deydi kompaniyaning Namangan viloyati filiali direktori Akbar Ganiyev. Bu 2017 yilga nisbatan 174 foizga osishni taminladi. Shuningdek, sugurta qoplamalari hajmi 922,0 million somga teng boldi va bular tadbirkorlarning mulkiy zarari boyicha 405,0 million som tolab berilgan bolsa, yol transport hodisalari boyicha esa 53 ta holatda 221,8 million som tolandi. Shu bilan birga ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurtalash boyicha 2 ta holatda 166,0 million som sugurta qoplamalari amalga oshirildi.

Bugungi kunda kompaniya aholi va tashkilotlarga keng kolamli sugurta xizmatlarini taqdim etish, sugurta xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda sugurta hodisalari yuz berganda respublikaning istalgan joyida ushbu xizmatlarni taqdim etish uchun xodimlar sonini optimallashtirish masalasiga alohida etibor qaratmoqda. Xususan, kompaniyaning joylarda 48 ta mintaqaviy tarmogi mavjud edi. Bugungi kunda jami bolinmalar soni 216 taga yetkazildi, 38 ta yangi ish orni yaratildi.

Hozirda kompaniya tomonidan aholi hamda yuridik shaxslarga har tomonlama qulay va har tomonning manfaatlariga toliq mos keluvchi 100 dan ortiq majburiy va ixtiyoriy sugurta turlari boyicha xizmatlar taklif etilmoqda.

Shuningdek, tadbirda 2018 yil mobaynida kompaniyaga Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) kabi dunyoning nufuzli tashkilotlari vakillari, bundan tashqari, Xitoy Xalq Respublikasi ekspertlari va boshqa chet el tashkilotlari vakillari tashrif buyurgani hamda kompaniya faoliyatiga katta qiziqish bildirgani togrisida malumotlar berildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: