O'zb  
 
12.02.2019

INNOVATSION TURIZMNING STRATEGIK YONALISHLARI

Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish obyektiv zaruratga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qollashni taqozo etadi.

Hozirgi paytda ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirishga davlat miqyosida ahamiyat berilmoqda.

Tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish masalasini hal qilishda turistik xizmatlar eksporti muhim ahamiyatga ega. Ammo bugungi kunda turizm sohasini rivojlantirishda bir qancha kamchiliklar mavjud.

Masalan, iqtisodiyotning turizm tarmogi bilan ilmiy muassasalarning ozaro hamkorligi darajasi pastligicha saqlanib qolmoqda. Turizm qomitasi, vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion rivojlanish sohasidagi faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmagan. Turizm taraqqiyotini yetarli darajada innovatsion omillar evaziga ta’minlashda barcha imkoniyatlar ishga solinmayapti.

Mamlakat iqtisodiyotida, xususan, turizm sohasida innovatsion iqtisodiyotni baholashda koplab korsatkichlarning mavjud emasligi soha taraqqiyotiga salbiy tasir korsatmoqda. Natijada Ozbekiston hozirgacha nufuzli va obroli xalqaro tuzilmalar tomonidan tuziladigan Global innovatsion indeks reytingida ishtirok etish huquqini qolga kirita olgan emas.

2019-2021 yillarda mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish strategiyasida bu sohadagi kamchiliklar aniq korsatilgan. Iqtisodiyotda, xususan, uning tarkibiy qismi bolgan turizm sohasidagi kamchiliklar quyidagilarda namoyon bolmoqda:

Aholining oliy talim bilan qamrab olinganlik darajasi pastligicha qolmoqda. Ularning mehnatga qobiliyatli aholi tarkibidagi ulushi bor-yogi 1/3 qismni tashkil qiladi. Boshqa rivojlangan mamlakatlarda ushbu korsatkich 2/3, ayrimlarida 80-85 foiz. Ular mahsulot emas, balki innovatsiya va informatsiya (axborotlar) ishlab chiqaradi. Biz mahsulotlarni eksport qilish bilan birga innovatsion mulkni ham eksport qilish darajasiga kotarilishimiz lozim.

Oliy talim muassasalari oquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda mustaqil emas. Hozirgi paytda talabalarning asosiy qismi oz mablagi hisobidan oqiyotgan bir pallada, ularni qabul qilish kvotasi yuqoridan qatiy belgilanadi. Buning miqdorini belgilash oliy oquv yurtining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim. Oliy oquv yurti ozi ishlab topgan moliyaviy mablagni taqsimlashni ozi amalga oshirishi maqsadga muvofiq.

Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun masul vazirlik va idoralar ortasidagi ozaro hamkorlik lozim darajada emas, ilmiy-tadqiqot muassasalari va laboratoriyalar faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmagan. Bundan tashqari, innovatsion goyalar va ishlanmalarni sohalar boyicha sinab koradigan tajriba maydonchalari ham tashkil qilinmagan.

Ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish darajasi ota past ahvolda. Buni amalga oshirish uchun innovatsion mulkning qiymati va bozori bolishi kerak. Bozor uchun esa talab va taklif shakllangan bolishi lozim. Hozirgi paytda birorta vazirlik yoki xojalik yurituvchi subyektlar bizga falon ilmiy ishlanmalar kerak, degan talab bilan chiqmayapti. Bu ham hali ilmiy ishlanmalarni, intellektual mulkni tijoratlashtirishda ancha qiyinchiliklarni tugdiradi.

Innovatsion menejment sohasida texnologiyalar transferini faol ilgari surish va amalga oshirishga qodir yuqori malakali mutaxassislar mavjud emas. Bunga sabab, talabalar oqishni bitirib diplom oladi, lekin amaliyotni bilmasdan ishlab chiqarishga boradi. Shuning uchun oqish jarayonida amaliy darslarni bevosita auditoriyada emas, ish joylarida otkazish kerak.

Masalan, Samarqand iqtisodiyot va servis institutini oladigan bolsak, uning oziga qarashli mehmonxonasi, restorani, turistik firmasi, ayrim tijorat banklar bilan birga ishlash shartnomasi kabi talabalarni oqitishga moljallangan tajriba maydonchalari bolishi lozim.

Bugungi kunda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilayotgan byudjet mablaglari yetarli emas. Buni davlat byudjeti, boshqa fondlar hisobidan kopaytirish bilan birga ilmiy ishlanmalarni joriy qilish natijasida erishilgan samaradorlikning bir qismini ilmiy-tadqiqot muassasalariga (shu jumladan, oliy talim muassasalariga ham) otkazish mexanizmi ishlab chiqilishi lozim.

Ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirish hali-hanuzgacha samarali va shaffof emas. Byudjetdan tashqari va xususiy jamgarmalar mablaglarini jalb etishni ragbatlantirish mexanizmlari mavjud emas, qarzni moliyalashtirishning ichki manbalari yetarli darajada rivojlanmagan. Demak, hali innovatsion iqtisodiyotni shakllantirguncha bu borada bir qancha tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy muammolarni hal qilishga togri keladi. Buning uchun innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning turli manbalardan moliyalashtirish mexanizmlarini yaratish taqozo qilinadi.

Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish lozim darajada emas. Ushbu sohada, ayniqsa, davlat organlari va tashkilotlarida malakali mutaxassislar mavjud emasligi ham haq gap. Buni bartaraf qilish uchun shunday mexanizm yaratilishi kerakki, bu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladigan bolsin. Bunda har bir vazirlik va xojalik yurituvchi subyekt innovatsion rivojlanishni taminlash uchun nimalar kerakligini monitoring qilib, tegishli vazirlikda talablar toplanishi lozim. Keyin bularning yechimlarini kim hal qilishi va uning aniq narxi belgilangan bolishi kerak. Shundagina innovatsiyani idrok etadigan malakali mutaxassislar har ikki tomonda ham shakllanib boradi.

Qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari, ikkilamchi resurslarni energetik utilizatsiya qilish sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda quyosh batareyasi va shamol orqali elektr energiyasini hosil qilish masalasiga alohida ahamiyat berish lozim. Chunki birgina ekologik turizmni oladigan bolsak, chollarda va elektr energiyasi hali yetib bormagan togli hududlarda tashkil qilinishi mumkin. Ularni zamonaviy xizmatlar bilan taminlash uchun albatta muqobil energiya manbalari bolishi shart.

Mamlakatda, ayniqsa, davlat kompaniyalarida korporativ munosabatlar va korporativ boshqaruv prinsiplari rivojlanmagan, bunda xorijdagi eng namunali amaliyot inobatga olinmayapti. Ushbu kamchilikni bartaraf qilish uchun kadrlarning xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni yolga qoyish lozim. U yerda malaka oshirib qaytgan mutaxassis kelajakda shu muassasa, korxona va tashkilotda ozimizning kadrlarni oqitishi lozim boladi.

Mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorining ulushi hamon kamligicha qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda mamlakat YaIMda va eksportida axborotlarning va innovatsion ishlanmalarning ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Ayrim mamlakatlar (masalan, AQSh, Yaponiya kabilar) iqtisodiyoti innovatsion va informatsion iqtisodiyot maqomini olgani ham haqiqat.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz ozining jadal rivojlanishini va raqobatbardoshligini taminlashi uchun ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qollagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etishi har qachongidan obyektiv zaruriyatga aylanib bormoqda.

Mamayunus PARDAYEV,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, iqtisod fanlari doktori,

Obid PARDAYEV,

Toshkent moliya instituti mustaqil tadqiqotchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: