O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
12.02.2019

OZBEKISTON 2035

Mamlakatimizni dunyodagi eng ilg‘or 50 ta davlat safiga olib chiqish boyicha «Buyuk kelajak» ekspertlari qanday takliflar berdi?

Buyuk kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Ekspertlar kengashi Ozbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli Strategiya konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqdi. 5-6 fevral kunlari poytaxtimizda otgan Uzbekistan 2035 ikkinchi xalqaro anjumanda ushbu tahliliy loyiha atroflicha muhokama etildi.

Buyuk kelajak ozi qanaqa tashkilot?

Buyuk kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti (XNNT) 2018 yil 14 aprelda Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligida royxatga olingan. Uning asosiy tahliliy organi chet elda tajriba orttirgan 240 nafardan ortiq yurtdoshimizni birlashtirgan Ekspertlar kengashi hisoblanadi.

Tashkilotning maqsadi Ozbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga komak berish, ularning samaradorligini oshirish, davlat va jamiyatni jadal rivojlantirish yolida ekspert maslahatlari bilan qollab-quvvatlashdir.

Jahonda hayot tez ozgaryapti, taraqqiyot kun sayin olga ketyapti. Bunday tarixiy sharoitda kundalik oy-tashvishlarga oralashib, tor doirada fikrlash yaramaydi, uzoqni kozlab, katta rejalar tuzgan davlat, xalq, millatgina kelajakda oziga loyiq orinni egallay oladi. Shu nuqtai nazardan Uzbekistan 2035 xalqaro anjumani mamlakatimizdagi katta va muhim voqea boldi.

Anjuman ochilishida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvohidov, Buyuk kelajak ekspertlar kengashi raisi Alisher Kalanov va boshqalar sozga chiqib, fikr-mulohazalarini bildirdi, tadbir ishtirokchilarini qutladi.

Yalpi sessiyadan song mutaxassislar sakkiz ishchi guruhga bolinib, Strategiyaning asosiy bandlarini deputatlar, davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida batafsil muhokama qilishdi.

Strategiya konsepsiyasi loyihasi: asosiy 8 yonalish

1. Davlat boshqaruvini rivojlantirish

2. Qishloq xojaligi va toqimachilik sanoati

3. Moliyaviy tizim

4. Sanoat

5. Transport, qurilish va infratuzilma, turizm

6. Sogliqni saqlash va ijtimoiy siyosat

7. Inson kapitali va madaniyat

8. Ekologiya, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar

Ozbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli Strategiya konsepsiyasi loyihasi internetdagi http://uzbekistan2035.uz/ manzilida toliq korinishda joylashtirilganini alohida qayd etish joiz. Hujjat loyihasi va unga qoshimcha materiallar jami 450 sahifaga yaqin. Har bir soha va tarmoqdagi asosiy muammo va kamchiliklar, hozirgi rivojlanish holati, xalqaro amaliyot, ilgor davlatlar tajribasi, jahonda tan olingan nufuzli reytinglardagi vaziyat, Ozbekistonni 2025, 2030 va 2035-yillargacha bolgan muddatlarda rivojlantirish istiqbollari va bu boradagi strategik tashabbuslar batafsil korsatib otilgan.

Buyuk kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti matbuot markazi xodimi Shohsanam Xurramovaning malum qilishicha, xalqaro anjumanda davlat va jamiyat hayotining muhim sohalari boyicha mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikrlar, rang-barang taqdimotlar haqidagi batafsil malumotlar tashkilotning rasmiy sayti – uzexpertsovet.com manziliga tez kunlarda joylashtiriladi. Yani, har bir yurtdoshimiz mamlakatimizni uzoq muddatli rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslar bilan bevosita hamda batafsil tanishish imkoniga ega boladi.

Davlat hokimiyati boshqaruvini demokratlashtirish yonalishida dolzarb ahamiyat kasb etadigan sohalarga oid ayrim xulosa va takliflardan misollar keltirishni joiz, deb topdik.

QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYATning hozirgi rivojlanish darajasi qanday?

Qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyati bilan bogliq muhim muammolar quyidagicha ekani takidlanmoqda:

• toliq mustaqil emas;

qonunchilikning sifati barqaror emas va yaxshilanish zarurati katta;

qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ishonchli dalillarga asoslanilmaydi, aqlli tartibga solish tamoyilidan yetarli darajada foydalanilmaydi;

davlat organlarining harakatlari muvofiqlashtirilmaganligi va ularga ilmiy yordamning sustligi hujjatlarning sifatini pasaytiradi;

qonunlarni muhokama qilish jamoatchilik uchun cheklanganligi va boshqa holatlar.

Qonunlarda aniqlik yetarli emasligi qonunosti hujjatlari sifatiga ham salbiy tasir korsatadi, shu bilan birga, turli anglashilmovchilik, qarama-qarshiliklar va korrupsiyaga sharoit yaratadigan holatlarni keltirib chiqaradi.

Ozbekistonda meyoriy-huquqiy hujjatlarning qariyb 5 foizi qonun va kodekslar, qolgan taxminan 95 foizi Prezident, hukumat, vazirlik-idoralar hamda mahalliy hokimiyat tomonidan qabul qilingan hujjatlar hisoblanadi. Qonunlar yuqori sifatli emasligi (har xil talqin qilish mumkinligi, ortiqcha tartibga solish, qollashning murakkabligi va hokazo) meyoriy hujjatlarda qarama-qarshilik muammosini keltirib chiqaradi, shuningdek, aniqlikning pastligi korrupsiyaga sharoit yaratadi.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat boyicha qanday asosiy strategik tashabbuslar ilgari surilyapti?

2025-YILGACHA — vakillik hokimiyatining mustaqilligini oshirish, jamoat nazoratini kuchaytirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamiyat ishtirokini taminlash, davlat idoralari ortasida elektron tizim yaratish va boshqa takliflar.

2030-YILGACHA qonun chiqaruvchi organ faoliyati ustidan jamoat nazorati joriy etilishiga erishish, aqlli tartibga solish usullarini tizimli joriy etish, siyosiy madaniyatni yuksaltirish, parlamentning mustaqilligini oshirish (Demokratiya korsatkichi boyicha dunyodagi ilgor 70 ta davlat qatorida bolish).

2035-YILGACHA Parlamentda fikrlar va oppozitsiyalar xilma-xilligiga erishish, qonun chiqaruvchi organ va ijro idoralari ortasida muvozanatni ornatish, qonun ijodkorligi jarayoni ustidan kuchli jamoat nazoratini taminlash va boshqa takliflar.

SUD HOKIMIYATI bilan bogliq qanaqa xulosalar alohida korsatib otildi?

Sudlar kuch ishlatar tuzilmalardan mustaqil bolishi, sudlarga ularning raislari yoki yuqori turuvchi sud idoralari orqali bosim otkazilmasligi;

Oliy Sud kengashi, sudyalarni tanlash va tayinlash tizimi mustaqilligini kafolatlash;

Sudyalar chiqargan qarorlari uchun kasbiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi;

Oqlov qarorlari juda kam uchraydi, statiskaga kiritilgan, lekin keyinchalik bekor qilingan oqlov qarorlari ham yoq emas;

Sudyalar ish hajmi juda yuqoriligi qaror sifatiga, qopol huquqiy xatolar va inson huquqlari buzilishi holatlariga olib keladi;

Advokatura institutining hurmati va maqomini oshirish sudlarda ishlarning adolatli korilishini, tomonlar tengligini taminlaydi hamda boshqa xulosalar.

IJRO HOKIMIYATIning hozirgi rivojlanish holatida kuzatilayotgan asosiy kamchiliklar nimada?

kadrlar yetishmovchiligi, kadrlar tayyorlash tizimi sustligi, ragbatlantiruvchi omillar yoqligi;

ijro hokimiyatida ichki nazorat yaxshi rivojlanmagani;

ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi organ va jamiyat tomonidan yetarlicha nazorat qilinmasligi;

aholi uchun elektron davlat xizmatlari keng yolga qoyilmagani;

davlat dasturlari va loyihalar samarali amalga oshirilmasligi;

korrupsiya korsatkichi yuqori va boshqalar.

Jahon bankining davlat boshqaruvi samaradorligi reytingida Ozbekiston 214 davlat orasida 150-orinda (2016 yilgi holat) qayd etilgan. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil avgust oyidagi Qarori (5185sonli) bilan tasdiqlangan Mamuriy islohotlar konsepsiyasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish boyicha muhim vazifalar belgilangan. Ammo ushbu Konsepsiyani hayotga tadbiq etish jarayoni oqsamoqda. Shuning uchun mazkur hujjatni amalga oshirish mexanizmini yaratish taqozo etilyapti.

Korrupsiyani idrok qilish boyicha Butun jahon reytingida Ozbekiston 180 davlat orasida 158 orinda (2018 yilgi holat) korsatilgan. 2017-2018 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi muhim jarayonning boshlanishi hisoblanadi, ammo bu yonalishda keng kolamli va uzoq muddatli siyosat yuritish talab etiladi.

Ijro hokimiyati faoliyati samaradorligiga tasir etuvchi omillardan yana biri bu davlat xizmatlari yonalishida kadrlar tayyorlanmasligi hisoblanadi. Ilgor mamlakatlarda bu masala alohida etiborga olinadi. Masalan, Singapurdagi Civill Service Collage (CSC) 468 oquv dasturini taqdim qiladi va ularda 43 mingdan ortiq kishi oqiydi.

Ozbekistonda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi mavjud. Lekin u yerda mashgulotlar faqat 3 yonalishda otkaziladi. Yiliga 200 ga yaqin kishi oqitiladi va bu davlat xizmatchilarining 0,1 foizdan kamini tashkil qiladi.

Ijro hokimiyati boyicha qanday strategik tashabbuslar ilgari surilyapti?

2025 YILGACHA Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha davlat dasturini samarali amalga oshirish, qonunlarni takomillashtirish, Korrupsiyani idrok qilish reytingida ilgor 110 ta davlat qatoriga kirish, OAV yordamida soz erkinligi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, Butunjahon matbuot erkinligi reytingida ilgor 100 davlat qatoriga kirish va boshqa takliflar.

2030 YILGACHA Jamoat nazorati boyicha mustaqil institutlar shakllanishiga sharoit yaratish (jamoat tashkilotlari, mustaqil OAV uchun grantlar, Butunjahon matbuot erkinligi indeksida ilgor 80 ta davlat safiga kirish) va boshqa takliflar.

2035 YILGACHA biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish, (dunyodagi ilgor 20 davlat qatoriga qoshilish), soz erkinligi va ijro hokimiyati faoliyati ustidan jamoat nazorati olib borishning samarali tizimini yaratish, barcha davlat xizmatlarini raqamlashtirish va boshqa takliflar.

Sud hokimiyati haqida ayrim faktlar

Qonun ustuvorligi reytingida Ozbekiston 91-orinda qayd etilgan. 2018 yilda bu boradagi tadqiqot va kuzatuvlar 113 davlatda qamrab olingan. Reytingda qoshni Qozogiston va Qirgiziston Respublikalari 64- va 82- orinlarda korsatilgan.

Aholi soniga nisbatan sudyalar soni Ozbekistonda (2018 yilgi holat) 23810 kishiga 1 sudyani tashkil etgan. Fransiyada 11 ming, AQShda 9 ming, Germaniyada 4 ming aholiga 1 nafar sudya togri keladi.

Ozbekistonda 2012-2016 yillar oraligida 7 ta, 2018 yilning 9 oyida 590 ta oqlov qarori chiqarilgan.

Sud hokimiyati boyicha taklif etilayotgan strategik rejalar

2025-YILGACHA Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligiga erishish maqsadida maxsus yol xaritasi qabul qilish va amalga oshirish, yuridik talimni izchil isloh qilish, tortishuvlarni hal etishning muqobil usullarini keng qollash, sudlar faoliyatiga ilgor IT texnologiyalarini joriy qilish.

2030-YILGACHA Huquq ustuvorligi qonun va amaliyot ortasida toliq muvofiqlikka erishish, Ozbekiston sudyalarining xalqaro hujjatlar meyorlarini togridan-togri qollash imkoniyatini yaratish va boshqalar.

2035-YILGACHA Xalqaro darajada Ozbekistondagi sud tizimi Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Gollandiya kabi ilgor davlatlar darajasiga yetadi. Xalqaro huquq Ozbekistondagi huquqiy tizimning ajralmas qismiga aylanadi, Ozbekiston sudyalari va boshqa huquqshunoslar xalqaro sud jarayonlarida qatnashadi...

Konsepsiya loyihasining yakuniy qismida ushbu loyiha Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, milliy parlament, sud hokimiyati va boshqa muhim davlat idora-tashkilotlarining qollab-quvvatlashi hamda yordami asosida ishlab chiqilgani alohida qayd qilinadi.

Qabul qilinayotgan qaror va farmonlarda sohalardagi xato va kamchiliklar aniq-ravshan korsatib berilyapti. Ayni paytda bu hujjatlar davlat va jamiyat ishlarida jahondagi ilgor taraqqiyotdan ortda qolib ketayotganimizni anglatmoqda. Dunyo korgan ilgor yurtdoshlarimiz, muhim sohalar boyicha mutaxassislar 2035 yilgacha xalqimiz va davlatimiz oldida qanday vazifalar dolzarb bolib turgani haqida oz fikr hamda takliflarini bildirdi. Aslida uzoq muddatga moljallanayotgan strategik tashabbuslar haqida tahlillar olib borilishi, bu jarayonda yetuk hamyurtlarimiz bilan faol muloqot muhiti yaratilishining oziyoq mamlakat ravnaqi va kelajagi yolida dadil qadam tashlanayotganini anglatadi.

Tolqin TORAXONOV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: