O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
22.01.2019

SOLIQDAGI OZGARISHLARNI KIM QANDAY TUSHUNYAPTI?..

Poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» majmuasida Davlat soliq qomitasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi soliq va byudjet siyosatining 2019 yilgi asosiy yonalishlaridan kelib chiqib, soliq qonunchiligiga kiritilgan ozgartirish va qoshimchalar mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirish, savollarga javob berish maqsadida korgazmali seminar tashkil etildi. Unda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Bojxona qomitasi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank hamda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet el vakolatxonalari rahbarlari, Xalqaro valyuta jamgarmasi va Jahon bankining Ozbekistondagi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Prezidentimizning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2018 yil 26 dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet moljallari togrisidagi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatiga asosiy etibor qaratilib, ishtirokchilarga batafsil malumotlar berildi.

Shuningdek, seminarda Davlat soliq qomitasi raisi Behzod Musayev va boshqalar 2018 yil 24 dekabrda Ozbekiston Respublikasining Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga moljallangan asosiy yonalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonuni qabul qilingani hamda unga muvofiq, Ozbekiston Respublikasining Fuqarolarning davlat pensiya taminoti togrisidagi qonuni, Byudjet kodeksi va Soliq kodeksiga ozgartirishlar kiritilganiga alohida toxtalib otdi. Shuningdek, qonun hujjatlarini togridan-togri amal qilish prinsipini taminlash maqsadida Soliq kodeksi yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi, qoshilgan qiymat soligi, yuridik shaxslarni mol-mulk soligi va yagona ijtimoiy tolovi stavkalarini joriy etuvchi 1591, 181, 2111, 2691, 3081 - moddalar bilan toldirilgani togrisida ham malumot berdi.

Yana shuni qayd etish lozimki, 2019 yil 1 yanvardan boshlab joriy etilgan soliq solishning yangi tartiblari davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishga, soliq qonunchiligini soddalashtirish, insofli soliq tolovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan. Jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortishni takomillashtirish maqsadida barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligining yagona stavkasi 12 foiz miqdorida joriy etilgan bolsa, mehnatga haq tolash jamgarmasiga soliq yukini kamaytirish maqsadida yagona ijtimoiy tolov stavkasi 25 foizdan 12 foizgacha kamaytirildi (byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar bundan mustasno). Fuqarolarning mehnatga haq tolash turidagi daromadlaridan fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga tolab kelingan 8 foizlik sugurta badallari bekor qilindi. Foyda soligi tolovchilariga soliq yukini kamaytirish, investitsiyalar miqdorini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, tijorat banklari uchun foyda soligi stavkasi 22 foizdan 20 foizgacha, korxona va tashkilotlar uchun 14 foizdan 12 foizgacha, dividend va foiz korinishidagi daromadlar uchun 10 foizdan 5 foizgacha kamaytirildi.

Yuridik shaxslarning aylanmasi (tushumi)dan undiriladigan davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalar bekor qilindi. Soliq solishning soddalashtirilgan rejimidagi soliq tolovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy tasirini kamaytirish maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 5 foizdan 2 foizgacha pasaytirishga erishildi. Bundan tashqari, yillik aylanmasi 1 milliard somgacha bolgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq tolovi stavkasi 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirildi. Aylanmasi 100 million somgacha bolgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatiy belgilangan soliq stavkalari 13-40 foizga kamaytirildi. 100 million somdan yuqori va 1 milliard somgacha bolgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan 4 foizlik stavkada soliq tolashga otkazish yoli bilan qatiy belgilangan soliq bekor qilindi.

Korgazmali seminarda soliq tolovchilarga soliq va moliyaviy hisobotlarni shakllantirishda amaliy yordam va maslahatlar berilib, umumbelgilangan soliqlarni tolash tartibi korgazmali va tarqatma materiallar yordamida tushuntirildi.

Soliqlarni vaqtida tolab kelayotgan, qonunga itoatkor, insofli soliq tolovchilar Davlat soliq qomitasining diplom va esdalik sovgalari topshirildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: