O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
30.08.2018

OZBEKISTONDA YADRO ENERGETIKASI ISTIQBOLLARI

Mamlakatimiz Prezidentining energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash hamda atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘grisidagi qarori va farmoni iqtisodiyotimiz rivojida yangi bosqichni boshlab beradi.

Ozingiz oylab koring, bugun hayotimizni, taraqqiyotimizni energiya taminotisiz tasavvur qilish mumkin emas. Mamlakatning iqtisodiy negizini belgilab beruvchi yuzlab ishlab chiqarish korxonalari, zavodlar, fabrikalar va sanoat obektlarining toliq quvvat bilan ishlashi, aholining uy-joy, kundalik hayoti uchun zarur shart-sharoit yaratish elektr energiyasi bilan bogliq. Oz navbatida, bu ehtiyojlarni qondirishning eng maqbul yoli – mamlakatimizda atom elektr stansiyasini qurishdan iborat.

Malumotlarga kora, bugungi kunda respublikamizda 55 milliard KVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu energiya 10 issiqlik elektr va 30 gidroelektr stansiyalarida (GES) hosil qilinmoqda. Yana ham aniq qilib aytadigan bolsak, Ozbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining bir qismi GESlar, qolgan qismi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga togri kelmoqda. Aytish joizki, mana shu miqdor ham mamlakatimizda energiyaga bolgan ehtiyojning, agar bu ehtiyoj salkam 70 milliard KVt/soatni tashkil etishini nazarda tutsak, 75-80 foizini qondira olyapti xolos.

Demak, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80-90 foizini issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilinayotgani oydinlashadi. Bu esa issiqlik elektrostansiyalarida har yili taxminan 17 milliard kub metr tabiiy gaz, 90 ming tonnaga yaqin neft mahsulotlari, 2,5 million tonna komir sarflanadi, degan gap. Bu raqamlarni aytish oson, ammo yoqilgilarning yonishi tufayli tabiatga, atmosferaga juda katta miqdorda S yoki boshqa zaharli gazlar tarqalayotganligini, bu esa atrof-muhit ekologiyasiga, qolaversa, insonlar salomatligiga, biosferada osimlik va hayvonot dunyosining rivojlanishiga qanchalik zarar yetkazilayotganligini hisoblash qiyin emas.

Bundan tashqari, elektr energiyasini neft, gaz va komir hisobidan hosil qilish imkoniyati ham chegaralangan yoqilgi zaxiralarining tugash ehtimoli bor.

Aholi soni arifmetik progressiya yoli bilan osib bormoqda, respublikamiz aholisining soni bugun 32 million kishidan ortib ketdi. Bunday sharoitda aholini muntazam elektr energiyasi bilan taminlash borasidagi muammoga oqilona yechim topishni zamonning ozi talab qilmoqda.

Xosh, atom elektr stansiyasining ahamiyatli jihati nimada, degan haqli savol tugilishi tabiiy. Tushunarli bolishi uchun, dunyoda rivojlangan mamlakatlarning barchasi atom quvvatidan oqilona foydalanib kelayotganini aytishning ozi kifoya.

Respublikamizda AES qurilishi Rossiya federatsiyasining «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi moljallangan bolib, agar mamlakatimizda atom energiyasidan toliq foydalanishga otilsa, birinchidan, energiyaning muayyan bir qismini eksport qilish imkoniyati tugiladi, ikkinchidan har yili ortacha 17 milliard kub metr tabiiy gaz yoki neft va komir mahsulotlari tejalib, tabiiy gaz yonishidan hosil bolgan millionlab tonnadan ortiq zaharli gazlar atrof-muhitga tushmaydi, yoki aksincha, on minglab xonadonlarda gaz taminoti yaxshilanadi. Bu yoqilgi narxi jahon bozoridagi narxga tenglashtirilsa, mamlakat byudjetida ham qancha mablag iqtisod qilinishini tasavvur qilish qiyin emas.

Agar atom energiyasining tannarxi issiqlik elektrostansiyalarida hosil qilinayotgan elektr energiyasi tannarxidan kamida 7-8 marta past ekanligi hisobga olinsa, atom energiyasining qanchalik koni foyda ekani malum boladi. Bundan tashqari, AES ishga tushgandan keyin bir necha mingdan ortiqroq malakali mutaxassislar doimiy ish bilan taminlanadi.

Yana bir muhim tomoni AESlarda xavfsizlik masalasi hamda kelgusida bunday nufuzli va masuliyatli korxonada ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash masalasidir.

Bu borada Samarqand davlat universitetida bir qator ishlar rejali tarzda amalga oshirilmoqda: yadro fizikasi kafedrasida atrof-muhit radiatsion holatini organish borasida Fizikaviy ekologiya, Amaliy yadro fizikasi va yadro energetikasi kabi fanlar oquv rejasiga kiritilib, tegishli fanlar boyicha oquv dasturlari ham yaratildi. Shuningdek, fizikaviy ekologiya sohasida magistr mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Yaqinda kafedra bitiruvchilaridan 2 nafari Moskva fizika muhandislik institutining Yadro energetikasi va Yadro fizikasi va texnologiyalari mutaxassisliklari boyicha otkazilgan tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, grant asosida magistraturada oqish imkoniyatiga ega boldi. Fakultetning 4 nafar bitiruvchisi Sank-Peterburg muhandislik-texnika institutiga byudjet asosida magistraturaga qabul qilindi. 2018 yil aprel-may oylarida kafedraning 2 nafar yosh oqituvchisi Moskva davlat universiteti yadro texnologiyalari laboratoriyasida va Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (BYaTI)da malaka oshirdi.

Bu yonalishda kelgusida ham hamkorlik qilish istiqbollari kelishib olindi. Fakultetning eng iqtidorli talabalari orasidan Yadro fizikasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlariga layoqati bolgan yigit-qizlarni saralash ishlari ham olib borilmoqda va kelgusida ularni magistratura orqali yuqori malakali mutaxassislar qilib tarbiyalash rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda ekologik toza va arzon elektr energiyasini hosil qilish va bu orqali elektr energiyasiga bolgan ehtiyojni tola qondirish davr talabi va bu sohada rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida ish olib borish aholi farovonligini taminlashga xizmat qiladi.

Rashid ESHBORIYEV,

Samarqand davlat universiteti yadro fizikasi kafedrasi mudiri, dotsent.



DB query error.
Please try later.