Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31.07.2018

«AQLLI» TEXNOLOGIYALAR TIZIMI TUFAYLI AQSH VA G‘ARBIY YEVROPA MAMLAKATLARI MEHNAT UNUMDORLIGI BO‘YICHA ANCHA ILGARILAB KETDI

Hozirgi paytda dunyo mamlakatlarida aholi sonining keskin o‘sishi va bozorda raqobatbardoshlikning kuchayishi kuzatilmoqda. Olimlar izlanishlari yangi innovatsion, kam energiya sarflanadigan texnologiyalarni jalb qilib, tannarxi arzon mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalariga qaratilgan. Mamlakatimizda Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi barcha sohalarga dunyodagi eng ilg‘or, yuqori texnologiyalarni keng tatbiq etish imkonini beradi.

 

KAM ENERGIYA SARFLANADIGAN TEXNOLOGIYA

Hisob-kitoblarga qaraganda, yana 30 yildan so‘ng, yer shari aholisi uchun ayni paytda iste’mol qilayotganidan 70 foizdan ko‘proq oziq-ovqat kerak bo‘lar ekan. Globallashuv sharoitida ekologiya va atrof-muhitning o‘zgarishi, hosildor yerlarning taqchilligi, energiya resurslarining qimmatlashuvi, suv resurslarining kamayib ketayotgani oziq-ovqat ishlab chiqarishda bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Innovatsiyalarni qishloq xo‘jaligi sohasiga joriy etishda Amerika Qo‘shma Shtatlari dunyoda yetakchilik qiladi. Fermerlar tomonidan kichik xo‘jalik, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishlariga intellektual texnologiya faol joriy etilmoqda. Bunday «aqlli» texnologiya, ayniqsa, g‘alla yetishtirishda keng qo‘llanilmoqda.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga o‘zi harakatlanuvchi (uchuvchi) dronlarni keng qo‘llash maqsadida «O‘zgeodezkadastr» davlat qo‘mitasi qoshida ilmiy-ishlab chiqarish innovatsion markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilayapti.

Traktor va yuk tashuvchilarda o‘rnatilgan uchuvchisiz moslamalar tufayli inson omili kamayadi, talon-tarojliklar keskin bartaraf etiladi. O‘tgan yili Cognitive Technologies (Rossiya) kompaniyasi inson ishtirokisiz yerga ishlov berish va hosilni yig‘ib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan, odamsiz traktor loyihasini taqdim etdi.

Garchi bunday loyihalar dunyoda hali birinchi bosqichda bo‘lsa-da, tahlilchilar fikriga ko‘ra, ular kelajakning «aqlli» qishloq xo‘jaligi asosi bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan qishloq xo‘jaligi faoliyati, ya’ni, yerga ishlov berish, o‘simlik parvarishi, hosilni yig‘ib olish va uni saqlash avtomatlashtiriladi.

 

INTELLEKTUAL FERMA QANDAY BO‘LADI?

Intellektual fermada kelajakda kamera va sensorlar yordamida fermerga 3D shaklida maydonlarning elektron xaritalarini tuzish, ekinlarni samarali o‘g‘itlash, olib borilayotgan ishlarni inventarizatsiya qilish, yer mulklarini saqlash kabi normallashgan vegetatsiya indeksini hisoblash imkoni yaratiladi.

Fermer datchik yordamida turli maydonlarda tuproq holatini tahlil qiladi va qaysi maydonga qanday urug‘ ekishni aniqlaydi. Hozirgi paytda dunyo bozorida urug‘larni qobiqlar bilan tuproqqa otuvchi, maxsus dronlar orqali o‘simliklarni ekishni taklif etuvchi startaplar mavjud.

Qishloq xo‘jaligida uchuvchisiz uskunalar hozir AQShda, Xitoyda, Yaponiyada, Braziliyada, YeI mamlakatlarida faol qo‘llanilmoqda, qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan UUA dunyo bozorining yirik namoyandalari ichida AeroVironment Inc, AgEagle, DJI, Yamaha va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

Datchik va sensorlarni qishloq xo‘jaligiga qo‘llash intellektual fermalarni tashkil etishda muhim yo‘ldir. Bunda radiokanal orqali nazoratdagi ob’ekt holati to‘g‘risida — ya’ni, namlik, harorat, o‘simlik parvarishi darajasi, yonilg‘i zaxirasi to‘g‘risida uzluksiz ma’lumotlar olish mumkin. Tuproq xarakteristikalarini aniqlash tizimining asosi nazorat nuqtalarida joylashtiriladigan sensorlar hisoblanadi. Bu datchiklar orqali agronomlar kerakli ma’lumotlarni olib, qanday o‘simlikni qayerda o‘stirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Odatda qo‘lda sug‘orilganda suvni ishlatish me’yori oldindan hisoblanadi. Bunda ko‘pgina parametrlar hisobga olinmaydi. Natijada suvning haddan tashqari ortiq aylanishidan tuproq eroziyasi hosil bo‘lishi mumkin. Datchiklar esa, agromadaniy turini, uning o‘sish fazasi va boshqa omillarni hisobga olib, qachon tuproq qatlami kerakli darajada namlanganligi fursatini aniqlashi, va eroziyani oldini olishda yordam berishi mumkin. Bu suv ishlatishni ancha kamaytiradi va me’yorni belgilab beradi..

Datchiklar nafaqat mahsulot yetishtirishga, balki hosilni saqlashga ham yordam beradi. Omborda namlik va haroratni o‘lchash jadval bo‘yicha yoki real vaqt tartibida, shaxsiy xarakteristikaga moslab sensorlar sozlanadi. Bu esa hosilni ancha vaqt saqlashga imkon beradi. Zamonaviy tizimlar, sabzavot va mevalar juda katta miqdorda saqlanayotgan bo‘lsa ham, ularni qaysi yerida chiriyotganini bilib oladi.

 

BUYUMLAR INTERNETI

Odatda «Buyumlar interneti» tarmoqlaridan agrokorxonalarga qaror qabul qilish uchun ma’lumotlarni datchiklardan markazlarga yuborish uchun foydalaniladi. Datchik va sensorlar bir dona batareya zaryadidan foydalanib yillar mobaynida ishlashi mumkin,

Inmarsat kompaniyasi agronomlarga ma’lumotlarni sputnik interneti orqali jo‘natishda, sputnik resursidan va LoRaWAN bazaviy stansiyalaridan foydalanadi. Bunday servis, masalan, Malayziyada yog‘li palmani samarali yetishtirishga yordam beradi, bunda datchiklar rezervuarlarda suv darajasini avtomatik monitoring qiladi, o‘simlik ildizida tuproq namligi to‘g‘risida ma’lumot yig‘adi. Bu esa o‘z navbatida maydonlarda qurg‘oqchilikning oldini olishga, ya’ni hosilni yo‘qotmaslikka imkon beradi.

Rossiyadagi «aqlli» innovatsiyalarni ishlab chiqarayotgan Rightech IoT Cloud platformasi zamonaviy texnologiya va o‘ziga xos patentlangan g‘oyalari bilan dunyo analoglari o‘rtasida muvaffaqiyatli raqobatlashmoqda.

kSense tizimi intellektual platformasi ishlash jarayonida dasturlash va mutaxassislar kerak bo‘lmaydi, bunda platforma atrof-muhitning o‘zgarishiga qarab, avtomatik tarzda moslashadi va berilgan masalalarni yig‘imiga bog‘liq bo‘lgan boshqarishni amalga oshiradi.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida aqlli uskunalarni, tizimlarni keng qo‘llash uchun barcha shart-sharoit va huquqiy-me’yoriy hujjatlar mavjud. Demak, sohani jahon tajribasidan foydalangan holda innovatsion rivojlanish yo‘nalishiga o‘tkazishda amaliy natijalarga erishish hozirgi bosqichning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

 

Qobiljon ADILOV,

«Agroinnovatsiya jamg`armasi» jamoat birlashmasi ijrochi direktori.



DB query error.
Please try later.