O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
21.06.2018

OZBEKISTON TURIZM SOHASI RIVOJI JANUBIY KOREYA NIGOHIDA

Yaqinda Seulda «Korea World Travel Fair 2018» xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib otdi.

Har yili otkaziladigan mazkur korgazmada butun dunyodan turistik agentliklar, aviakompaniyalar, turizm boyicha milliy va mintaqaviy kengashlar, sayyohlik ma’muriyatlari, yirik mehmonxona majmualari hamda kurortlar vakillari ishtirok etadi. Joriy yili yarmarkada 60 dan ortiq mamlakatdan kelgan 500 nafardan ziyod soha mutaxassisi qatnashdi.

Ozbekistonning Koreyadagi elchixonasi, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Ozbekiston havo yollari MAK va respublikamizning qator turizm kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan mamlakatimiz stendi mehmonlarda katta qiziqish uygotdi.

Tadbir chogida mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyoti va tarixiy-madaniy merosi hamda sayyohlik industriyasini takomillashtirish boyicha amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarni hikoya qiluvchi videolavha ishtirokchilar etiboriga havola etildi. Unda, asosan, Ozbekistonning diqqatga sazovor maskanlari, sayyohlik salohiyati, xizmat korsatish sohasi, mehmonxonalar faoliyati va turoperatorlar haqidagi axborotlar stend kuzatuvchilariga katta ilhom bagishladi.

Shu bilan birga, ozining maftunkor rang-barangligi bilan ishtirokchilar etiborini qozongan keng turdagi ozbek milliy liboslari ham namoyish etildi.

Korgazma qatnashchilari Ozbekistonda songgi yillarda turizm sanoati jadal rivojlanayotgani, uning infratuzilmasi jahon standartlariga mos ravishda takomillashtirilayotganini alohida takidladilar. Bu esa xalqaro hamjamiyat etiborini oziga tortmoqda. Yurtimizdagi tarixiy yodgorliklarning kopligi uni butun dunyo sayyohlari uchun eng jozibador yonalishlardan biriga aylantirdi.

Semyung Travel kompaniyasi bosh direktori Li Min Xyong Ozbekiston songgi vaqtda sayyohlik sanoatini modernizatsiyalashtirgani, turizmning yangi yonalishlarini yaratish va rivojlantirish uddasidan chiqqanini takidladi.

Planet World Tour rahbari Xan Je Cholning fikricha, bugun sayohat shinavandalarining Ozbekistonga bolgan qiziqishi ortib borayotgani kuzatilmoqda.

— Koreyaliklar ozbek xalqining boy tarixi, madaniyati va ananalariga chuqur ehtirom va zavq bilan qaramoqda. Shu sababli osha gozal diyorga borib, uning hayoti va kohna shaharlarini oz kozlari bilan korishga intilmoqda.

Sport Tourism 21 kompaniyasi rahbari Shim Jong Shik Ozbekiston ozining durdona memorchiligi, kohna va hamisha navqiron shaharlari, samimiy xalqi, oziga xos milliy taomlari hamda ajoyib urf-odatlari bilan sayyohlarni oziga jalb qilmoqda.

* * *

Takidlash joizki, tadbir yakunida mamlakatimiz boylab sayohat qilish boyicha koplab talabnomalar kelib tushdi.

Dunyo AA

Seul.



DB query error.
Please try later.