O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
29.05.2018

ENERGIYA SAMARADORLIGI BOYICHA BITIM IMZOLANDI

Jahon bankining Boshqaruv kengashi 2018 yil 30 yanvarda «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» (Qo‘shimcha moliyalashtirish-2) loyihasini tasdiqlagan edi. Mazkur loyiha Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 200 million AQSh dollari miqdoridagi kredit hisobidan moliyalashtiriladi.

Prezidentimizning Amerika Qoshma Shtatlariga rasmiy tashrifi doirasida 2018 yil 17 may kuni Vashington shahrida ushbu loyiha boyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan kredit bitimini imzolash marosimi bolib otdi.

2018 yilning 24 mayida Jahon bankining Toshkentdagi ofisida ushbu loyihada ishtirok etuvchi respublika tijorat banklari bilan xalqaro Tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan loyihani amalga oshirish togrisidagi bitim imzolandi.

Loyihaning uchinchi bosqichida katta, kichik va orta sanoat korxonalarini energiya tejovchi texnologiyalar bilan ta’minlash maqsadida investitsiya jalb qilish, qoshimcha moliyalashtirishni taminlash va texnik yordam orqali ularning energiya samaradorligini oshirishga yordam beradi. Sanoat ishlab chiqarishida kichik va orta korxonalar (asosan, xususiy sektor tashkil etadi) ning ulushi 2000 yildagi 12,9 foizdan 2016 yilda 45,3 foizga osdi.

Kichik va orta korxonalar, odatda, uncha eskirmagan ishlab chiqarish uskunalariga ega. Biroq qurilish materiallari, toqimachilik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi energiya talab qiluvchi tarmoqlarda faoliyat korsatayotgan kichik va orta korxonalardagi energiyani ortiqcha miqdorda istemol qiluvchi ishlab chiqarish jarayoni uning modernizatsiyasini talab etadi. Bu esa, oz navbatida ularning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

Eski uskunalar va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish mamlakatdagi korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish uchun juda muhimdir deydi Jahon bankining Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori. Energiya tejaydigan uskunalarni ishlatish va xizmat xarajatlarini kamaytirishga, samaradorlikni oshirishga va energiyani kamroq ishlatish tufayli pul mablaglarining tejalishiga yordam beradi. Shuningdek, u iqlim ozgarishining oqibatlarini yumshatish imkonini yaratadi. Jahon banki ushbu loyihani amalga oshirish orqali Ozbekistondagi sanoat korxonalarida energiya samaradorligini qollab-quvvatlashni kengaytirmoqda.

Uchinchi bosqichga yonaltirilgan investitsiyalar 386 gigavatt soat energiyani tejash va yiliga 799 ming tonna karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishni kozda tutadi.

Obiddin MAHMUDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.