O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
29.05.2018

TURIZM ISTIQBOLI PORLOQ SOHA

Bugun turizmga mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Darhaqiqat, bu sohada biz katta imkoniyatlarga egamiz.

Masalan, birgina Samarqand viloyati va shahrini olaylik. Hududda 1105 arxeologik, 670 me’moriy, 18 monumental, 21 memorial — jami 1851 ta moddiy-madaniy meros obektlari hamda 37 ta diqqatga sazovar joy mavjud. Samarqand shahrining tarixiy qismi 2011 yilda YuNESKOning Butunjahon merosi obektlari royxatiga «Samarqand madaniyatlar chorrahasi» nomi bilan kiritilgan va muhofazaga olingan.

Hozirgi kunda viloyatda turistik xizmatlar bilan shugullanish huquqiga ega bolgan 85 turistik firma, 107 mehmonxona faoliyat korsatmoqda. Ular bir vaqtning ozida 4500 ga yaqin sayyohga xizmat korsatadi. Yaqin yillarda yurtimizga keladigan sayyohlar sonining keskin oshishi Samarqand viloyatida ham turistlarga xizmat qiladigan infratuzilmalar faoliyatini tubdan yaxshilashni taqozo etadi. Birgina mehmonxonalar soni 2023 yilga borib 214 taga yetishi lozim boladi.

Bir malumotga etibor qarataylik, shu yilning 10 fevralidan ayrim davlatlardan keladigan turistlarga mamlakatimizda 30 kungacha vizasiz bolishga ruxsat berilgani tufayli yurtimizga keluvchi xorijliklar oqimi keskin kopaymoqda. 2018 yilning 22 fevral kuni turizmga bagishlangan yigilishda qayd etilishicha, 30 kungacha viza olish bekor qilinganidan keyin ikki kun ichida Isroildan Ozbekistonga kelish uchun iyun oyigacha bolgan aviachiptalar sotib bolingan.

Gap sohaning istiqboli haqida borar ekan, yana bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozim, deb hisoblaymiz.

Birinchidan, turizm samaradorligini oshirishning yana bir yoli sayyohlarning mamlakatimizda bolish muddatini uzaytirish chora-tadbirlarini korishdan iboratdir. Buning uchun xizmat turlarini sayyohlarning talab va istagidan kelib chiqqan holda diversifikatsiya qilish lozim.

Ikkinchidan, turizm infratuzilmasini zamon talabidan kelib chiqib yaxshilash, mamlakatimizning barcha hududlarida sifatli xizmat korsatadigan xususiy mehmonxonalar sonini keskin kopaytirish zarur.

Uchinchidan, sayyohlar tashrif buyuradigan maskanlarda va avtomagistral yollar boyida barcha talablarga javob beradigan zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini kopaytirish masalasiga ham alohida ahamiyat berilishi kerak. Musulmon olamidan keladigan turistlarga qulayliklar yaratish uchun avtomagistral yollar yoqasida barcha talablarga javob beradigan namozxonalar va namoz oldi amallarini bajarish uchun sharoitlar tashkil etilishi ham muhim vazifalardan hisoblanadi.

Tortinchidan, tarixiy maskanlar, memoriy obidalar, ziyoratgohlarga kirish tizimini takomillashtirish, SAMART texnologiyasidan foydalanib, turniketlar, videokameralar va yol korsatkichlari ornatish, axborot markazlari tashkil etib, ularda turistlarni qiziqtiruvchi barcha xizmatlarni yolga qoyish maqsadga muvofiqdir.

Beshinchidan, valyuta tushumini kopaytirish maqsadida turistlarga yangi xizmat turlarini kopaytirish bilan birga, turli tovarlar va mahsulotlar savdosini tashkil etish, bunda milliy hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar ishlab chiqarish va ularni turistlar dam oladigan joylarda maxsus dokonlarda sotish, aeroportlarda faoliyat yuritadigan Dyuti-fri, Taks-fri tizimidagi savdo shoxobchalarini yirik shaharlarda ham ochish, tadbirkorlik subektlarini jalb qilgan holda avtomobil ijarasi markazlari va Wi-Fi zonalar barpo etish ham muhim ahamiyatga ega.

Yana bir mulohaza: mehmonxonalardagi restoranlar ovqatlarining halolligini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bolishi zarur. Ayrim mamlakatlarda non orniga guruch ishlatilishini inobatga olib, ushbu masalalarga ham etibor qaratilishi lozim, deb oylaymiz.

Mamayunus PARDAYEV,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, iqtisod fanlari doktori,

Jahongir ABIYEV,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti oqituvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: