O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
17.05.2018

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI:

•muvofiqlik sertifikati;

nazorat xaridlari;

sifatsiz kolbasa...

Bugungi kunda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, malumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, AQShning izlanishlar markazi otkazgan tadqiqotlarga kora, dunyoda Ozbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida 64-orinni egallagan. Bir yil oldin esa ushbu royxatda Ozbekiston 75-orinda edi.

— «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi qoshidagi xalqaro talablarga javob beradigan, zamonaviy jihozlangan Kimyo-biologiya laboratoriyasi oziq-ovqat va qishloq xojaligi mahsulotlarini sinash hamda ularning sifat korsatkichlarini aniqlashga ixtisoslashtirildi, deydi Ozstandart agentligi bolim mudiri Jahongir Abduqodirov. Shuningdek, laboratoriyaning akkreditatsiya doirasi mahsulotlarni sinash boyicha 770 ta (shundan 30 ta xalqaro ISO standartlari) sinov uslublariga kengaytirildi. Ayni paytda laboratoriyalarning akkreditatsiya doirasi mahsulotlarning qoshimcha sinov uslublari boyicha yana 180 ta standartga kengaytirilmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan barcha oziq-ovqat mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilishi shartligi belgilangan. Bunda avvalambor mahsulotlarning sifat va xavfsizlik korsatkichlari sinovdan otkazilib, shundan song amaldagi (shu jumladan, xalqaro) standartlar asosida sertifikat beriladi.

Joriy yilning birinchi choragida oziq-ovqat mahsulotlariga jami 187 dona muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi. Shu vaqt ichida 1 milliard 875 ming somlik oziq-ovqat mahsulotlari yaroqsiz ekanligi malum bolgan.

Joriy yilda savdo dokonlaridan tanlab olingan jami 63 turdagi sut, kolbasa kabi mahsulotlar laboratoriya sinovlaridan otkazildi va 30 turdagi mahsulotlar meyoriy hujjatlar talablariga mos emasligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli tartibda choralar korildi, deydi Ozstandart agentligining Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori orinbosari Faxriddin Samadov. Bunday oziq-ovqat mahsulotlari savdoga chiqarilishining oldini olish maqsadida nazorat xaridlari koproq otkazilishini qonuniylashtirish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda qaror loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha yaqin kunlarda tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda. Malumot ornida aytish mumkinki, bu nazorat xaridi tadbirkorlarning faoliyatiga salbiy tasir korsatmaydi, istemolchilarning foydasiga xizmat qiladi.

SAVOL:

Savdo dokonlaridan tanlab olingan ayrim kolbasa mahsulotlari laboratoriya sinovlaridan otkazilganda talabga javob bermaganligi takidlandi. Aynan nimasi standartga togri kelmaganligini ayta olasizmi?

JAVOB:

Bugungi kunda istemolchilardan kopincha kolbasa mahsulotlariga etirozlar bolmoqda. Savdoga chiqarilgan kolbasa mahsulotlari laboratoriya sinovlaridan otkazilganida ularda asosan oqsil, yani gosht mahsuloti meyorida emasligi aniqlandi. Bunday mahsulotlarning barchasi savdodan olinib, ishlab chiqargan korxonaga nisbatan tegishli chora korilmoqda. Yanada aniqroq aytadigan bolsak, korxona standart talabiga javob beradigan mahsulot ishlab chiqargandan song savdoga chiqarishiga ruxsat etilmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: