O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.04.2018

10 SOTIX YERDAN UCH MARTA HOSIL OLISH SIRLARI

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Qozoq qishlog‘i ahli 8-10 sotix tomorqasidan millionlab daromad qiladi. Xosh, ular bunga qanday erishmoqda?

— Faqat mehnat orqali-da, deydi«Shodlik» mahalla fuqarolar yigini raisi Muhiddin Rustamov. Odamlar hali qish tugamay tomorqada dehqonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Asosan ertachi sholgom, bodring, kartoshka kabi ekinlar yetishtiradi. Ularni yigishtirib olgach, boshagan yerlarga pomidor ekishadi. Kuzda esa yana kechki sholgom bilan sabzi. Xullas, yil davomida tomorqadan uch marta hosil oladi. Shuning ortidan bolalarini oqitadi, uy-joy kotaradi, bu yogi toy-hasham, mashina deganday...

Mahsulot qancha erta yetishtirilib, bozorga olib chiqilsa, daromadi ham shunga yarasha boladi. Qozoq qishlogidagilar yanvar oyining uchinchi on kunligidan boshlab yerga ertachi sholgom urugini qadaydi. Hali qish ortasi bolishiga qaramay, bu borada ham qozoqliklarning oziga xos sinalgan usuli bor. Issiqxonada har uchta pushtachaga bir qator sellofan orami yoyib qoplanadi. Shamol kotarib yubormasligi uchun atrofi tuproq bilan komiladi. Bunda sellofan ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, yerni qizitadi. Ikkinchidan, mavjud namlikni saqlab turadi. Shuningdek, urug tanlash ham muhim. Keling, yaxshisi ularning ozi bu haqda gapirib bersin.

Tomorqamizning 10 sotixiga ertachi sholgom ekkanmiz, deydi Rustam aka Boymurodov. Avvalo, sholgom ekiladigan yer obdon agdarilib, yiliga ikki marta mahalliy ogit bilan toyintiriladi. Masalan, men har qadamiga bir arava gong solaman. Shunday qilinsa, mineral ogitlarga hojat qolmaydi. Asosiy ish issiq kunlar kelishi bilan plyonkani kotargandan keyin boshlanadi. Ikki-uch marta otoq qilinib, siyraklashtiriladi. Bunda oila a’zolarim asosiy komakchi. Sholgom tez rivojlanuvchi ekin. Aprelning boshida bozorga chiqadi.

Mahsulotni yetishtirgach, pullashni ham bilish kerak. Aks holda, mehnatingizga kuyib qolishingiz hech gap emas. Qozoqliklarning takidlashicha, sholgom sozining manosi ham shodu gam degani ekan. Vaqtida bozorga chiqarib, pullay olsangiz, shod bolasiz, mabodo eplay olmasangiz, gamga botasiz. Oila bekasi Sayyora Daminovaning sholgom xaridorgirligini oshirishda ozi ishlab chiqqan jaydari usullari bor. Saralab olingan sholgom dastlab bir-ikki soat ochiq havoda, quyosh tegadigan joyga terib qoyilishi lozim. Shunday qilinmasa, xonadon sohibasining aytishicha, hali xom bolgani sababli sholgomning qizil rangi uchib, bozori otmay qolar ekan. Keyingi bosqichda terib qoyilgan sholgomning barglari chiroyli qilib kesib chiqiladi. Songra yuvilib, uch-tort donadan qilib boglanadi va qopga joylanadi.

Ertachi sholgom urug ham tanlaydi, deya suhbatimizga qoshiladi tajribali dehqon Erkin aka Roziyev. Chetdan urug olmaymiz. Kechki yetishtirilgan sholgomdan saralab-saralab olingan sholgomlarni uruglik uchun alohida orada saqlaymiz va erta bahorda ekib, ostirib urugini olamiz. Bu bilan ish yakunlanmaydi. Olingan urugni bir yil saqlab, keyin ekilsa, hosildorligi yuqori boladi.

Mol hosil olishda yana nimalarga etibor qaratish lozim? soraymiz ulardan:

Sholgom suvsevar ekin, izoh beradi Erkin aka. Hosilning katta-kattasini oradan terib olib, suv quyish kerak. Bu hol har uch-tort kunda takrorlanaveradi. Iloji boricha oqova suv bilan sugorgan maqul. Shunda hosil mol boladi. Terib olingan sholgom esa bozorga olib chiqiladi.

Darvoqe, Shodlik mahalla fuqarolar yiginiga qarashli Qozoq, Govxona, Xushvaqt, Chorvoqboygundi, Qumboygundi kabi qishloqlarning tomorqachilikdagi tajribasi kopchilikka ornak. Bu qishloqlar ahli bodring, pomidor, kartoshka yetishtirishni ham yaxshi ozlashtirgan. Hozirda sholgom bilan birga kartoshka ham ekib bolingan. Bodring uchun esa joylar tayyor holatga keltirilgan. Sholgomni pullab bolgach, kartoshkaga navbat keladi, songra bodringga... Xullas, mazkur qishloqlardagi har bir xonadonda bu hol ananaga aylangan.

Ammo, guruch kurmaksiz bolmas, deganlaridek, mojazgina tomorqasini bosh qoyib, etiborsiz qoldirayotganlar ham topiladi. Shodlik mahalla fuqarolar yiginiga qarashli Govxona qishlogida yashovchi Zayniddin Sayfullayev ham 8-10 sotixlik tomorqasidan unumli foydalanmaydi. Bahorning ikki oyi ortda qolgan bolsa-da, mahalla faollarining qistovi bilangina tomorqasidagi yerlarni endi agdarmoqda. U ishsizlik tufayli turli joylarda yollanma ishchi sifatida ishlagani, shu bois tomorqasini biroz etiborsiz qoldirgani va endi bu xatoni qayta takrorlamasligini takidladi.

Shu orinda qishloqda uyiga xalta kotarib qaytayotgan odamlar haqida bir mulohaza... Ularning aksariyati kartoshka, piyoz, sabzi, sholgom... Nega? Ularda tomorqa yoqmi? Bor. Faqat tomorqaga biroz etiborsiz, buning ustiga hafsalasizlik, yanayam aniqroq aytganda, dangasalik.

Yana bir gap: viloyat bozorlarida sotilayotgan meva-sabzavot va poliz mahsulotlarining malum qismi boshqa viloyatlardan keltirilmoqda. Demak, voha aholisining bu mahsulotlarga bolgan ehtiyojini qondirishda qoshni viloyatlar dehqonlarining ham kattagina hissasi bor. Vaholanki, viloyatda bu borada ushbu mahsulotlarni qoshni viloyatlarga chiqarish, hatto eksport qilish imkoniyati ham mavjud.

O.BAROTOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: