O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.04.2018

OLCHASH VOSITALARINI QIYOSLASH ISHLARI KONGILDAGIDEKMI?..

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi tomonidan «Respublikamizda yagona olchashlar birliligini ta’minlash va xalqaro aloqalarni kengaytirish istiqbollari» mavzuida matbuot anjumani otkazildi.

Tadbirda korxona tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida soz yuritildi. Bugungi kunda korxona 15 olchash turlari boyicha olchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatsiya qilish ishlarini 24 laboratoriya orqali amalga oshiradi va ular olchash vositalarini standart talablariga mos kelishini nazorat qiladi.

— Faoliyatimizni Germaniya, Belarus, Koreya, Xitoy va boshqa rivojlangan davlatlar tajribalarini organgan holda tashkil etdik, deydi Ozbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi direktori orinbosari Lazizbek Saidoripov. Hozir korxonamizda 700 dan ortiq yuqori aniqlikdagi olchash vositalarini qiyoslash imkoni bor. Olchov vositalari, usullari va natijalariga metrologik talablar belgilanib, 1750 dan ortiq xalqaro va 20 dan ziyod davlat standartlari amalga kiritildi. 2018-2021 yillarda 15 dona etalon (yuqori aniqlikdagi olchash vositasi) xarid qilinadi. Natijada xorijga qiyoslash uchun olib chiqilayotgan 2100 dan ortiq yuqori aniqlikdagi olchash vositalarini ozimizda qiyoslash orqali yiliga 1,3 million AQSh dollari tejaladi. 2021 yilda etalonlar soni 24 taga yetkazilib, 2500 dan ortiq yuqori aniqlikdagi olchash vositalarini ozimizda metrologik tekshiruvdan otkazish imkoniyati yaratiladi.

Malumki, mahsulotning sifat nazorati olchash va sinash asosida amalga oshiriladi. Har bir olchash va sinovlar natijalari esa davlatlararo tan olinishiga ehtiyoj sezadi. Ozbekistonning Metrik konvensiyaga qoshilishi davlatlararo integratsiyalashuvni taminlashga, xalqaro savdo jarayonlarida talab etiladigan mahsulotlarni sinash va olchash natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishiga zamin yaratib beradi. Shu bois Ozstandart agentligi tomonidan metrologiya boyicha xalqaro konvensiyaga (1875 yil Parijda tuzilgan) qoshilish boyicha tadbirlarni amalga oshirish belgilangan bolib, organish natijalari boyicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi kiritilgan.

, қ қ қ қ ғ (CIPM MRA) , ҳ , қ (www.bipm.org) қ ғ ҳ .

SAVOL:

Hozir 700 dan ortiq yuqori aniqlikdagi olchash vositalarini ozimizda qiyoslash imkoniyati mavjudligi takidlandi. Bugungi kunda tadbirkorlarimiz tomonidan mamlakatimizga xorijdan olib kelinayotgan asbob-uskunalar ham qiyoslovdan otkazilayaptimi? Davlat standartiga mos kelmaydigan asbob-uskunalar aniqlangan hollarda qanday choralar korilmoqda?

JAVOB:

Togri, tadbirkorlarimiz tomonidan xorij davlatlaridan olib kelinayotgan asbob-uskunalar tekshiruvdan otkazilganda, standartga javob bermaydigan hollar ham uchrab turadi. Bu kopincha tibbiyotda qollaniladigan Xitoyda ishlab chiqarilgan elektrokardiograf apparatida aniqlanmoqda. Bu apparatni ishlab chiqargan korxonaga qaytarib jonatib, orniga standartga javob beradigan uskuna keltirilmoqda.

SAVOL:

Ayrim xaridorlar bozorlardan mahsulot xarid qilganda kilogramidan kam chiqayotganini aytib, etiroz bildirishadi. Chetdan keltirilayotgan yoki ozimizda ishlab chiqarilayotgan elektron tarozilar ham standartdan otkaziladimi? Otkazilsa, bu kabi etirozlarga sabab nima?

Bu kabi etirozlar bilan bizga ham murojaatlar bolmoqda. Biz ozimizda ishlab chiqarilayotgan hamda chetdan kirib kelayotgan elektron tarozilarni davlat standartidan otkazib, keyin foydalanishga ruxsat beramiz. Ammo bozorlarda ishlatilayotgan tarozilarning kopchiligi xususiy tarozilar hisoblanadi. Ularning kopi esa vaqtida standart tekshiruvidan otkazilmaydi. Aslida qonun-qoida boyicha savdo qilayotgan tadbirkorlar bozor mamuriyati tomonidan standart tekshiruvidan vaqtida otkazilgan tarozilar bilan taminlashi kerak.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: