O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
28.11.2017

SAMARQANDDA HOSIL BAYRAMI

halol va fidokorona mehnatning haqiqiy tantanasiga aylandi

O‘tgan shanba kuni Samarqandda bolib otgan Hosil bayramida tokinchilik va farovonlik ijodkorlari — bobodehqonlarning, butun viloyat ahlining mehnati yana bir bor uluglandi, sharaflandi.

Tadbir uchun tanlangan joy shahar chetidagi eshkak eshish kanali sohili erta tongdanoq bayram shukuhiga burkandi. Bu yerda barcha tumanlar ilgor fermer xojaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xojalik mahsulotlari korgazmalari tashkil etildi. Kuy-qoshiq va raqs, polvonlar bellashuvlari avj oldi.

Viloyat hokimi Turobjon Jorayev barchani Hosil bayrami bilan qizgin qutladi. Ilgor fermer xojaliklari va tumanlarni e’tirof etdi. Halol va fidokorona mehnatlari uchun ularga minnatdorchilik bildirdi. Yilni yuqori mehnat korsatkichlari bilan yakunlagan tumanlarga qimmatbaho sovgalar topshirildi. Prezidentimiz sovgasi uchta «Damas» mashinasi Ishtixon, Kattaqorgon va Narpay tumanlariga topshirildi.

Muxbirimiz bayram qatnashchilarining ayrimlari bilan suhbatlashib, ularning fikrlari bilan qiziqdi.

Yaxshi mehnat qilinsa, albatta, bayramlar yarashadi, deydi Oliy Majlis Senati azosi Zaynab Berdiyeva. Bugun Samarqand ahlining yuzi yorug. Joriy yilda samarqandlik fermeru dehqonlar 218 ming 900 tonnadan ziyod paxta, 318 ming 734 tonna don, 2 ming 829 tonna pilla yetishtirishdi. Sabzavot va poliz mahsulotlari ham mol boldi. Ushbu nematlarning bir qismi eksportga yonaltirildi. Bu yutuqlarga osonlikcha erishilgani yoq, albatta. Har bir raqam zamirida fermerlarimizning azmu shijoatlari, tajriba va mahoratlari mujassamdir.

Otgan yillar davomida viloyatimizda 219 loyiha doirasida 5 ming 460 kilometrdan ortiq kollektor tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish hamda tamirlash ishlari olib borildi, deydi viloyat meliorativ ekspeditsiyasi bolim boshligi Mehroj Abdurahmonov. Natijada 19 ming 500 gektar yer maydonining meliorativ holati yaxshilanadi. Hozirgi paytda gidrotexnik inshootlar qurish, qirgoqlarni himoya qilish ishlari davom etmoqda.

Hisob-kitoblarga kora, viloyatda paxtachilikdan 53 milliard 459 million som foyda olinib, rentabellik darajasi 15,2 foizni tashkil qilishi kutilyapti, deydi xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Baxtiyor Shukurov.

2017 yilda birgina paxta xomashyosi mamlakatimiz iqtisodiga keltiradigan foydani hisoblab koraylik, ish orinlari, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar, daromad, aholi farovonligi… Shuning uchun viloyatimizda yetishtirilgan mol hosilning qadri baland.

Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi, El-yurt hurmati ordeni sohibi, Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan paxtakor Eliboy Taniyev ozining gurur va quvonchini shunday izhor etdi:

Gallakorlarimizning say-harakatlari bilan 107,5 ming suvli, 49 ming gektar lalmi maydondan 318 ming 730 tonnadan ortiq sara don yetishtirilib, davlatga galla sotish shartnomaviy rejasi 106,5 foizga bajarildi. Viloyat boyicha ortacha hosildorlik suvli maydonda 54 sentnerni tashkil qildi, yani 1990 yildagiga nisbatan ortacha hosildorlik 4,5 barobarga oshdi.

Viloyatimizda hosildorligi past bolgan 7 ming 200 gektar paxta va galla maydonlari qisqartirilib, sabzavot va poliz mahsulotlari, ozuqabop ekinlar ekish yolga qoyildi, deydi viloyat qishloq va suv xojaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi Odil Arziqulov. 2017 yilda intensiv boglar yaratishga alohida etibor qaratildi va 648 gektar yerda ana shunday boglar barpo etildi. 2018 yilda 5 ming gektar paxta va galla maydoni qisqartirilib, qoshimcha ravishda 900 gektar kartoshka, 1868 gektar sabzavot, 450 gektar intensiv bog, 1465 gektar ozuqabop ekinlar, 316 gektarda boshqa turdagi ekinlar ekiladi. Bu kabi islohotlar avvalo ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan toldirish, eksport hajmini yanada oshirish imkonini bermoqda. Bundan tashqari, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni yanada rivojlantirish tadbirlari korilmoqda.

Hosil bayrami kun boyi davom etdi. Poytaxtimiz Toshkentdan kelgan bir guruh ijodkorlar, taniqli sanatkorlar ham Samarqand dehqonlarini, bu yutuqlarga hissa qoshgan barcha-barchani qutlashdi, ularning dil sozlari, kuy-qoshiqlari bayram quvonchi va tantanalari shukuhini yanada oshirdi...

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.