O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
06.06.2017

PENSIYALAR AHOLIGA TEZ VA OZ VAQTIDA YETKAZILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Pensiya va nafaqalarni tolash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga muvofiq, Xalq banki respublika miqyosida pensiya va nafaqalarni tolash boyicha yagona vakolatli bankka aylandi.

Aytish joizki, qarorga muvofiq joriy yilning 1 aprelidan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlarning 13 shahri va Toshkent shahrining 6 tumanida, jami 758 mahalla fuqarolar yiginlarida Xalq banki tomonidan pensionerlarga pensiya tolovlari tarqatilmoqda. Joriy yilning 1 mayidan boshlab 39 qishloq tumanlarida 1 407 mahallada ham pensiya tolovlari tolanishi boshlandi. 1 iyuldan esa respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Xalq banki tomonidan pensiya va nafaqa tolovlarining tolanishi toliq joriy qilinadi.

Endilikda pensionerlar har oylik pensiya mablaglarini jadvalga muvofiq posyolka, qishloq, ovul va mahallalardagi fuqarolar yiginlarida olishlari mumkin boladi. Agarda jadvalda belgilangan vaqtda pensiyani olishga ulgurmagan shaxslar bolsa, ular oz pullarini boshqa kunlarda olishlari mumkin.

Shuningdek, pensiya mablagini uyga olib kelib beriladigan shaxslar royxati ham tuzib chiqilib, pensiya va nafaqalarning maxsus kassalari joylashishida qandaydir ozgarishlar bolsa, pensiya oluvchilar bank, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yiginlari tomonidan xabardor etiladi. Ayni damda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasi tomonidan Xalq banki bilan birgalikda pensiya va nafaqalar tolanishini onlayn-rejimda SMS-xabardor etish tizimini amalga tatbiq etish, shuningdek, mablaglarni tolash jarayonini avtomatlashtirish boyicha ishlar olib borilmoqda.

Albatta, bu hali boshlanishi. Oldinda koplab rejalar turibdi. Shundan kelib chiqib, bankning barcha tuman va shahar filiallarida pensiya va nafaqa tolovlari bolimi tashkil qilinib, malakali mutaxassislar bilan ta’minlanmoqda.

Yana bir malumot. Xalq banki tizimida pensiya va nafaqa tolovlarini tarqatish boyicha barcha masul xodimlarga oquv seminarlari tashkil qilinib, ularning tezkor xizmatlar korsatishlari uchun bilim va malakasi oshirilayapti. Xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida bankning markaziy apparatidan malakali bank xodimlari biriktirilib, ular filiallarga va joylardagi kassalargacha borib, pensiya mablaglarini tolab berishda amaliy yordam korsatishmoqda.

Mahalliy hokimliklar va pensiya jamgarmasi bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borilmoqda hamda pensiya va nafaqa tolovlarini tarqatish boyicha dislokatsiya (maxsus joylar) va tarqatish kunlari boyicha grafiklar ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Pensiya mablaglarini naqd pulda oz vaqtida tolab berilishi yuzasidan Markaziy bank bilan hamkorlikda barcha zaruriy choralar korilmoqda.

Barcha savollar boyicha quyidagi telefonlarga murojaat qilish mumkin:

Xalq banki ishonch telefoni: (0371) 200-00-55.

Elektron pochta orqali murojaat uchun: murojaat@xb.uz.

Bobur ELMURODOV



DB query error.
Please try later.