O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
29.04.2017

GAZETXON SAVOLIGA MUTAXASSIS JAVOBI

— Yaqinda Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) yangi to‘lov tizimining keng joriy etilishi haqida xabar qilgan edi. QR-kod ozi nima, undan qanday foydalanish mumkin? Shu haqda ma’lumot bersangiz.

Erkin ROZIQULOV, Toshkent shahri.

Savdo terminalidan foydalanmasdan tolovni amalga oshirishning yangi tizimi Vazirlar Mahkamasining ?016-2018 yillar davrida Ozbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash togrisida»gi 2015 yil 4 dekabrdagi qarori doirasida moliyaviy xizmatlar bozorida onlayn-imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida joriy etilmoqda.

Bugungi kunda kopchilik tovarlar etiketkalarida, kommunal tolovlar kvitansiyalarida yoki saytlar sahifalarida joylashtirilgan oq-qora kvadratlar tasvirini korgan bolsa kerak. Ana shu QR-koddir. Ingliz tilidagi «quick response (QR) termini tezkor javob deb tarjima qilinadi. QR-kod ikki olchamli shtrix-kod bolib, axborotni vizual kodlashtirish uchun qollaniladi. Mazkur texnologiya turli sohalarda foydalanilmoqda.

QR-kod qollanishining asosiy tamoyili uni giperhavola tarzida ishlay olishidir. Bu birdaniga kop malumot haqida xabar berish zarur bolgan holatlarda yoki uni soddalashtirish kerak bolganda juda qulay vosita sanaladi. QR-kod suratlar, mahsulot yoki xizmatni tanlash jarayonini osonlashtirishga qodir. Chunki oram yoki reklama plakatidagi kichik kvadratchada 4296 tagacha bolgan ramzlar joylashtirilgan bolishi mumkin. Ularni matn tarzida joylashtirish noqulay va nodir bolgan malumotlarni sigdira oladi. Bundan tashqari, QR-kod kommunikatsiya jarayonini ham optimallashtiradi. Masalan, tashrif qogozidagi belgida odatda telefon raqami shifrlangan boladi, u birgina tugmani bosish bilan boglanishlar royxatiga kiritilishi mumkin. Shuningdek, QR-kodlar yordamida havola boyicha otish, elektron xat, qisqa xabarlar (SMS) yuborish, joyning koordinatlarini bilish va boshqa shu kabi amaliyotlarni bajarsa boladi. Bugungi kunda, butun dunyoda elektron tolovlarni amalga oshirishda QR-kodlardan faol ravishda foydalanilmoqda. Amaliyotda u quyidagicha korinishda ishlatiladi:

xaridor oz bank tolov kartasini smartfonidagi ilovaga boglaydi;

savdo tarmoqlarida xarid qilishda yoki xizmatlar uchun tolovni amalga oshirishda bank kartasidan foydalanmasdan mazkur ilova yordamida hisob-kitob qiladi.

Hisob-kitobning bunday usuli xaridor uchun ham, sotuvchi uchun ham oddiy bank plastik kartasidan foydalanishdan kora qulayroq. Chunki ushbu holatda terminalga hojat qolmaydi va xaridor uchun ham kartalarni chontakda olib yurishning keragi bolmaydi smartfon ularning ornini bosadi.

Ulugbek RUSTAMOV,

CLICK kompaniyasining Bosh direktori.



DB query error.
Please try later.