O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.04.2017

50 MILLIARD SOMLIKDAN ZIYOD SHARTNOMALAR IMZOLANDI

Qashqadaryoda viloyatdagi yirik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilda xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasini tashkil etish va otkazish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan yirik va kichik ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar bilan birga mamlakatimizning boshqa hududlaridan korxonalar oz mahsulotlari bilan qatnashdi.

Prezidentimiz rahnamoligida xususiy sektorning erkin va samarali faoliyat yuritishi uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor ushbu tarmoqning iqtisodiyotimiz taraqqiyotidagi ornini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qilayotgani takidlandi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan korsatilayotgan doimiy gamxorlik tufayli mahalliy xomashyodan tayyorlangan xaridorgir, import ornini bosuvchi sifatli mahsulotlar turi yildan-yilga kopaymoqda.

Mazkur yarmarka raqobatbardosh, eksportbop zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, yirik korxonalar va kichik biznes subyektlari ortasida sanoat kooperatsiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda bozorga yangi kirib kelayotgan tadbirkorlar faoliyatini qollab-quvvatlash, mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar turini kopaytirishga zamin boluvchi buyurtmalar portfelini shakllantirish, tovar va xizmatlarni reklama qilishda amaliy komak berishga xizmat qilmoqda.

Yarmarkada tog jinslarini qayta ishlashga moljallangan texnikalardan tortib, chiroyli va bejirim mebellar, qurilish materiallari, polietilen quvurlar, parfyumeriya, qandolat, oziq-ovqat mahsulotlarigacha namoyish etildi. Ularning 10 dan ortiq turi yangi mahsulotlardir.

Kitob shahridagi «Tegirmonmontajservis» masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan taklif etilgan ehtiyot qismlar va qurilmalar donni qayta ishlovchi tadbirkorlarda katta qiziqish uygotdi.

— Korxonamiz un, omuxta yem va kombikorma mahsulotlari tayyorlovchilarga import ornini bosuvchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va ularga servis xizmati korsatish bilan shugullanadi, deydi korxona rahbari Alijon Eshqobilov. Faoliyatimizni yanada kengaytirish maqsadida turkiyalik hamkorlar bilan joriy yilning boshida qoshma korxona tashkil etdik. Endilikda un, omuxta yem, kombikorma ishlab chiqarishga moljallangan texnologiyalarni ozimizda ishlab chiqaramiz. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun ham texnologiyalar ishlab chiqarish yolga qoyiladi. 2019 yilda ishga tushirilishi moljallanayotgan qoshma korxonada 50 yangi ish orni yaratilib, yiliga 2 million dollarlik texnologiya va uskunalar ishlab chiqariladi.

Yarmarkada korxona va tashkilotlar, muassasalar, xojalik yuritish subyektlari hech qanday tender tanlovisiz ozaro shartnomalar imzolash va mahsulot xarid qilish imkoniyatiga ega boldi. Mahsulotlar xaridi va hamkorlikka oid 50 milliard somlikdan ziyod shartnomalar imzolandi.

O.BAROTOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.