O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
18.04.2017

KORGAZMA AMALIY NATIJALARGA BOY BOLDI

«O‘zkorgazmasavdo» markazida BankEXPO — 2017 X milliy korgazmasi bolib otdi. Unda mamlakatimizda faoliyat korsatayotgan tijorat banklari, kredit tashkilotlari, yetakchi sugurta, lizing, axborot texnologiyalari kompaniyalari tomonidan taklif etilgan mahsulot va xizmatlar namoyish etildi.

Korgazmada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, tadbirkor ayollar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bolgan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bank xizmatlari haqida malumot va tavsiyalar berishga alohida etibor qaratildi.

Bankimiz bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlariga xizmat korsatib kelmoqda, deydi Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankining yuridik shaxslarni kreditlash departamenti direktori Zafar Axmedov Joriy yilda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish loyihasi ishlab chiqilgan bolib, unda fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish, ularning bank xizmatlari va kredit mablaglariga bolgan ehtiyojlarini qondirish kabi masalalar kozda tutilgan.

Korgazma doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy bank xizmatlari taklif etilmoqda, deydi aksiyadorlik-tijorat Qishloq qurilish bank axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov. Bank jismoniy shaxslardan tolovlarni qabul qilish uchun moljallangan Android platformasi asosida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun zamonaviy dastur bolgan QQB Mobile dasturini joriy etdi. Ushbu tizim kommunal, istemol va ipoteka kreditlari uchun tolovlarni amalga oshirish, hisob-raqamlari holatini korish va toldirish hamda onlayn Smart-Viza plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari boyicha malumotlar olish, ATB Qishloq qurilish bank tizimi ichida mablaglarni bir plastik kartadan boshqa kartaga otkazish, yol harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima tolovlarini amalga oshirish imkonini beradi.

Xalq banki tizimida qoshimcha ravishda yangi biometrik texnologiyalar asosida mijozlarning barmoq izi loyihasi boyicha shaxsini identifikatsiya qilish, shuningdek, bank operatsiyalarini otkazishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki boshqalar) almashtirish jarayonida bolgan yoki yoqotilgan holatlarda mijozlar shaxsini tasdiqlash maqsadida tezkor, ishonchli va kam vaqt oluvchi tizim yaratildi, deydi Xalq banki jamgarma operatsiyalari va mini banklar departamenti bolim boshligi Abdulaziz Mehmonov.

Men uzoq yillardan beri Xalq banki mijoziman, deydi Fargona viloyati Qoshtepa tumanidagi Shukrdavlat kop tarmoqli xususiy firmasi rahbari Shukurjon Saydullayev. Bankning Fargona viloyati Qoshtepa filialidan chorvachilik hamda sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishni yolga qoyish uchun olgan 1 milliard 300 million som kredit evaziga naslli chorva mollari sotib oldik. Natijada 25 ga yaqin yigit-qiz ish bilan taminlandi. Bugun Xalq banki tomonidan otkazilgan tanlovning Eng yaxshi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish nominatsiyasi boyicha golib boldik.

Mohira SIDIQMETOVA



DB query error.
Please try later.