O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
13.04.2017

KARTOSHKA POYTAXTIMIZ BOZORLARIDAGI MAXSUS SAVDO SHOXOBCHALARIDA

1800 so‘mdan, viloyatlarda 2000 somdan sotilmoqda

Bu haqda «Ozbekoziqovqatzaxira» uyushmasi tomonidan otkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlandi.

Bugungi kunda uyushma tarkibidagi 56 ta savdo-tayyorlov korxonasi mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, saqlash va aholini ushbu mahsulotlar bilan barqaror taminlash borasida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, oziq-ovqat tovarlari va meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashtirilgan yangi omborxonalarni qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga ham alohida etibor qaratilmoqda. Xususan, ularga jami 5120 million som, shundan 2830 million somi bank krediti, 2290 somi esa korxonalarning oz mablaglari hisobidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, uyushmaning joriy yilga moljallangan Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bolib, unda tarkibdagi korxonalar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini quritish va qayta ishlash sexlarini hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, quritish va saralash logistika markazlarini, shu bilan birga, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexlar va savdo dokonlarni qurib ishga tushirish, 600 gektardan ziyod yer maydonlarda qishloq xojalik mahsulotlari yetishtirish belgilangan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 30 milliard somdan ziyod mablag sarf etilishi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 7 million dollarlik imtiyozli kreditlari jalb etilishi kozda tutilgan.

— Prezidentimizning 2017 yil 6 yanvardagi Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish tizimini takomillashtirishga oid qoshimcha chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga binoan joriy yilda davlat buyurtmasi asosida 432 ming tonna qishloq xojaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgarish belgilangan, deydiOzbekoziqovqatzaxira uyushmasi raisi orinbosari Nodirbek Rahbarov. Shundan, kartoshka 150 ming tonnani, sabzavotlar 137 ming tonnani, mevalar 105 ming tonnani, poliz mahsulotlari 40 ming tonnani tashkil etadi. Qolaversa, qarorning ijrosini taminlash maqsadida uyushmada keng miqyosli chora-tadbirlar korilmoqda. Joriy yildagi hosildan zaxiraga jamgarish uchun fermer va dehqon xojaliklari bilan shartnoma imzolash tadbirlari boshlangan. Shuningdek, uyushma tizimdagi korxonalar zaxira jamgarish bilan bir qatorda eksport shartnomalari tuzishda ham faol ishtirok etmoqda.

Uyushma tomonidan xorijiy bozorlarning mamlakatimizda yetishtirilayotgan noz-nematlarga bolgan talabini organish boyicha otkazilgan monitoring natijalariga kora, muzlatilgan meva va rezavorlar hamda poliz ekinlariga talab yuqoriligi aniqlangan. Masalan, Xitoy va Rossiyada shaftoliga, Janubiy Koreyada tarvuzga, Yaponiyada qovunga ehtiyoj yuqori. Joriy yilning otgan davrida 2 million dollarlik shartnomalar imzolangan bolib, hozirgacha Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogiston, Xitoy va boshqa davlatlarga 717 ming dollarlik 345 tonna mahsulot eksport qilingan.

Uyushma tomonidan kartoshka va boshqa turdagi mahsulotlarni tizimli ravishda yurtimizda yetishtirishni yanada takomillashtirish, ularni saqlash, birlamchi ishlov berish, eksportga tayyorlash va transportirovka qilish ishlarini kompleks bajarish maqsadida logistika markazlari tashkil etilmoqda. Bu boradagi ishlar Fargona va Qashqadaryo viloyatlarida boshlab yuborilgan.

Shuningdek, anjumanda aholini qish-bahor mavsumida qishloq xojalik mahsulotlari bilan barqaror narxlarda kafolatli taminlash maqsadida joriy yilning mart holatida qariyb 15 ming tonna kartoshka chetdan olib kelinib, uyushma tomonidan respublikamiz hududlaridagi bozorlarda maxsus savdo shoxobchalari tashkil etilib, poytaxtimizda 1800 somdan, viloyatlarda 2000 somdan istemolchilarga sotilishi belgilanib, nazoratga olingani togrisida axborot berildi.

Bundan tashqari, shu kunlarda Surxondaryo viloyatida bahorgi piyozni yigib olish tadbirlari boshlangani va tez kunlarda savdoga chiqarilishi haqida ham malumot berildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.