O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
13.04.2017

HARAKATLAR STRATEGIYASI MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTIDA YANGI BOSQICHNI BOSHLAB BERDI

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining navbatdagi sorovnomasi Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatidan fuqarolarning xabardorlik darajasiga bagishlandi.

Sorovnomada ishtirok etgan aksariyat fuqarolar Harakatlar strategiyasi xalqimizning turmush farovonligini yanada yaxshilash va mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kotarishda muhim hujjat, deb hisoblaydi.

Ijtimoiy tadqiqot jamiyat hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan tub ozgarishlar aholi manfaatlariga javob berayotganini, islohotlar odamlarning hayot darajasi va sifatini oshirish bilan birga, tafakkurini ham ozgartirayotganini korsatgan.

79,9 foiz respondentlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisidagi farmoni mazmun-mohiyatini yaxshi bilishini ta’kidlagan.

Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini oz vaqtida qabul qilingan hujjat, deb hisoblaysizmi? degan savolga ishtirokchilarning aksariyati (83,5 foiz) ijobiy javob bergan.

Sizni oylantirayotgan muammolar Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yonalishlarida oz aksini topgan? degan savolga respondentlarning kopchiligi Strategiyadagi barcha yonalishlar davlat va jamiyat hayotida yangi rivojlanish bosqichini boshlab beradi, ozlarini qiynayotgan muammolarni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi.

Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va oshkoraligi boyicha respondentlarning fikri organildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb elon qilinishi mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taminlash, hayotimizda xalq bilan muloqot qilish, adolat va haqiqat tamoyillarini qaror toptirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Prezidentimizning Insonlarning dardu tashvishlarini oylab yashash — odamiylikning eng oliy mezonidir, degan hayotbaxsh sozlari bugun Xalq qabulxonalariga kiraverishda katta harflar bilan yozib qoyilgan. Fuqarolar fikricha, davlatimiz rahbarining ushbu sozlari har bir yurtdoshimiz uchun eng muhim vazifa bolishi kerak.

Fuqarolar hokimiyatning ijroiya organlari faoliyatidan turli darajada qoniqishi sorovnoma natijalarida aks etgan. Har ikkinchi respondent hokimiyat ijroiya organlari ishidan mamnun, har uchinchisi qisman rozi, 12,1 foizi rozi emas.

Ishtirokchilar hokimiyat ijroiya organlari rahbarlari faoliyatining fuqarolarga ochiqligini ham turlicha baholagan. 40,7 foiz respondentga kora, barcha malumotlar ochiq va yetarli. Qatnashchilarning 33,9 foizi hamma fuqarolar uchun ham malumotlar oshkora emas, deb hisoblaydi.

Sorovnomada ishtirok etganlar yaxshi maoshli ish topish, oylik maoshni vaqtida olish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishda qator qulayliklar yaratilganini, pensionerlar, nogironlar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, aholini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taminlash xizmatlari yuqori darajaga kotarilganini malum qilgan.

Fuqarolar 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi va u asosida qabul qilinayotgan davlat dasturlari olib borilayotgan barcha islohotlar sifatini yanada oshirishda, davlat va jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini modernizatsiya qilish va liberallashtirishda, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishda asosiy dasturilamal bolishiga, inson manfaatlariga xizmat qilishiga va ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishda katta yordam berishiga ishonmoqda.

Ijtimoiy fikr markazi materiallari asosida

OzA muxbiri Z.JONIBEKOV

tayyorladi.



DB query error.
Please try later.