O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
30.03.2017

MAMLAKATIMIZ ENERGETIKA SALOHIYATI: IMKONIYAT VA ISTIQBOL

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qomitalari tomonidan «Ozbekistonda energetika salohiyatidan samarali foydalanishning holati va istiqbollari» mavzuida tashkil etilgan konferensiyada bu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar vakillari, soha ekspertlari hamda olimlar ishtirok etgan tadbirda sohani rivojlantirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energetik resurslarga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini taminlash maqsadida elektr stansiyalarida tabiiy resurslardan foydalanish koeffitsentining mavjud korsatkichlarini yaxshilash bilan bir vaqtda yangi quvvatlarni ishga tushirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarishni 2030 yilgacha 40 foizga oshirish belgilangan.

Energetika sohasining huquqiy asosini takomillashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. Anjumanda Ozbekiston Respublikasining Energiyadan oqilona foydalanish togrisida, Elektr energetikasi togrisidagi qonunlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritish, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari togrisidagi qonun loyihasini parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritishni jadallashtirish lozimligi qayd etildi.

Qayd etilganidek, energiya hosil qiluvchi birlamchi resurslar bozoriga davlat mulkchiligiga asoslangan tizim bilan bir vaqtda xususiy mulkchilikni ham faol jalb etish zarur. Energiya resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini amalga oshirishda eng quyi istemolchilarni ham qamrab olish boyicha tizimli dasturlarni amalga oshirish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini kengaytirish boyicha iqtisodiy asoslangan chora-tadbirlarni amaliyotga joriy etish yonalishida harakat dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

B.BOZOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: