O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.03.2017

SOYA BETAKROR OSIMLIK

Uning doni va oqsilidan to‘rt yuzdan ziyod turli xil mahsulot tayyorlanadi

Yurtimizda ekilayotgan dukkakli don ekinlari orasida soya osimligining qadri baland bolib, bugdoy, sholi va makkajoxoridan keyingi orinni egallaydi.

Soyaning doni va oqsilidan tort yuzdan ziyod turli xil mahsulot tayyorlanadi. Uning doni tarkibida 45 foizgacha oqsil va 25 foizgacha osimlik moyi, chorva mollari oqsilida kamdan-kam uchraydigan aminokislotalar mavjud. Soya oqsilidan ekologik toza sifatli moy, tarkibida letsitin moddasi saqlaydigan tuxum kukuni, qon plazmalari, kozoynaklar uchun sifatli linzalar olinadi. Bundan tashqari, jun gazlamalar ishlab chiqariladi. Ularni haqiqiy junli matolardan ajratish mushkul.

Chorvachilikda soya mahsulotlari eng sifatli va toyimli ozuqa hisoblanib, tarkibidagi proteniga kora, 100 kg soya doni 134,8 ozuqa birligini saqlaydi. Bu korsatkich boshqa bironta donli yoki dukkakli ekinda uchramaydi. Uning quruq poyasi ham beda pichaniga qaraganda toyimliroq.

Zavodlarda moyi ajratib olingandan song qolgan soya shroti tarkibida 14 xil aminokislota mavjud bolib, ushbu moddalar parrandachilikda keng foydalanildi.

Soya oqsili ipak qurti uchun ham noyob ozuqa hisoblanadi. Bir yilda besh marta ipak qurti boqiladigan Yaponiyada soya oqsilidan tayyorlangan suyultirilgan pastalardan foydalaniladi. Yurtimizda ham bu borada dastlabki ishlar olib borilmoqda.

Bu osimlikning tuproq unumdorligini oshirish borasidagi ahamiyati kattadir. Undan almashlab ekishda foydalanish katta samara beradi.

Soya ildizlari orqali havodan sof azotni ozlashtirib, tuproqni boyitadi. Osimlik osish davrida ozi uchun ham, ozidan keyingi osimlik uchun ham ma’lum miqdorda azot qoldirib ketadi. Yani u tuproq tarkibini yaxshilab, biologik jarayonlarning faolligini oshiradi.

Ushbu osimlik ekilgan dalalarda tuproqning mikroflorasi yaxshilanadi, tuproqda biologik va ekologik tizim vujudga keladi. Chuvalchanglar, rizobium bakteriyalari va boshqa foydali organizmlar yashashi uchun qulay muhit paydo boladi.

Soya (Glicine hispida maxim.) issiqsevar osimlik. Donning unib chiqishi uchun eng past harorat +8 0 S, muqobil sharoit 18-25 0 S ni tashkil etadi.

Bu osimlikni ikki muddatda ekish mumkin. Birinchi marta bahorda, yani tuproq harorati 12-140S bolganda yoki makkajoxori bilan bir vaqtda, ikkinchi marotaba, takroriy ekin sifatida donli ekinlardan song ekiladi. Asosiy ekin sifatida ekishda uning navlarini togri tanlay bilish lozimdir. Ertapishar navlarning osish davri 70-75 kun bolsa, ortapishar navlar 100-110 kun va kechpishar navlar esa 135-140 kunda pishib yetiladi. Ularning qaysi muddatda ekilishiga qarab navlar tanlanadi. Kech pishar navlar gektaridan 30-40 sentner hosil beradi.

Soya urugchiligida Krasnodar olkasi va AQShdan keltirilgan soya navlari bizning sharoitimizda yuqori hosil bermoqda.

Soyani takroriy ekish rejalashtirilar ekan, albatta navlarni togri tanlash lozim. Ertapishar navlar 1200-1500 0 S, ortapishar navlari esa 1800-2100 0 S talab qiladi. Takroriy ekilganda 1400-1500 0 S haroratni osimlik toplay oladi.

Uni takroriy ekishda «Tomaris», Oyjamol, Oltintoj, Genetik, Parvoz navlaridan foydalanish mumkin. Soyaning ildizlarida tuganaklar hosil qilish uchun ekishdan oldin uruglarni nitragin shtammlari bilan ishlab ekish yaxshi natija beradi, birinchi marta soya ekiladigan dalalarda soya ildizida tuganaklar hosil bolmaydi.

Soya navlari ekish meyori gektariga 60-70 kg bolib, qator oralari 70 sm kenglikda ekilganda yaxshi hosil berishi tajribada tasdiqlangan. Shuningdek, tup soni bir gektarda ertapishar navlarda 400-450 ming, ortapishar navlarda 350-400 ming, kechpishar navlarda 300-350 ming tup bolishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Uruglar 4-7 sm chuqurlikka ekiladi. Osuv davrida qator orasi 2-3 marta ishlaniladi, organik va mineral ogitlar berilganda, osimlikning ozuqaga bolgan talabi yaxshilanadi.

Sugorish yerosti suvlarining joylashishiga qarab olib boriladi, yani 1,5-2,0 m chuqurlikda joylashganda ekin 3-4 marta sugoriladi. Yerosti suvlari uzoq yoki pastda joylashgan bolsa, unda sugorish soni oshiriladi. Soya ozidan changlanadi.

Ekishda makkajoxori va chigit ekadigan moslamalardan foydalaniladi. Qator oralarini ishlash va pishib yetilganda donini orib olish mexanizatsiya orqali amalga oshiriladi.

Xullas, soya navi togri tanlansa, agrotexnika ishlari oz vaqtida sifatli bajarilsa, koni foyda boladi.

Soya osimligining yana bir afzalligi shundaki, u takroriy ekin sifatida ekilsa, bir yerdan ikki marta don olishga erishiladi va tuproq organik moddalar bilan boyiydi. Bu vaqtda qoshimcha har gektar yerdan 400-450 kg azot va 300-350 kg osimlik moyi olishga erishamiz.

Soyaning oziq-ovqat xavfsizligini taminlashda ham orni beqiyosdir. Respublikamizning yog zavodlarida soya donidan togridan-togri yog ajratib olinadi. Yogi ajratib olingandan song izolyatidan konditer sanoatida shokoladli konfetlar tayyorlash mumkin yoki togridan-togri ulardan turli xil pechenyelar, non va non mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Shuningdek, undan kolbasa mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladi. Tarkibida oqsil moddasi kop bolgani uchun soya uni qoshilgan non va pechenyelar 2-3 marotaba toyimli boladi.

Demak, soyani yetishtirish bilan qator muhim masalalar hal etiladi, birinchidan, tuproqni biologik azot bilan boyitamiz, ikkinchidan, aholini sifatli, ekologik toza osimlik moyi bilan taminlaymiz, turli xil mahsulotlar tayyorlaymiz, yangi ish orinlari yaratamiz.

Nurali XALMANOV,

Samarqand davlat

universiteti dotsenti,

qishloq xojalik fanlari nomzodi.



DB query error.
Please try later.