O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
18.03.2017

XITOYLIK VA NAMANGANLIK

tadbirkorlar o‘rtasida videomuloqot tashkil etildi

Shu yilning aprel oyida Xitoy Xalq Respublikasining Guanju shahrida «Canton Fair-121» xalqaro yarmarkasi otkaziladi. Ana shu yarmarka oldidan xitoylik va namanganlik tadbirkorlar ishtirokida telemuloqot tashkil etildi.

Ozbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi, Xitoy Xalq Respublikasi tijorat vazirligining China Foreign Trade Centre tashkiloti, Ozbekiston-Xitoy savdo uyi, International Business Travel kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda bir yuz yigirmadan ziyod tadbirkor ishtirok etdi.

— Xalqaro yarmarkalar tadbirkor uchun jahon bozoriga chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi, deydi Ozbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi rahbari Qobiljon Jamolov. Joriy yilning 17-24 fevral kunlari bir guruh tadbirkorlar bilan Italiyada bolib, qishloq xojalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologiyalari boyicha mashhur Zanotti kompaniyasi yarmarkasida ishtirok etdik va korgazmada loyiha qiymati 2,6 million yevro bolgan 3 ming 200 tonna sigimli zamonaviy sovutkich-omborxona qurish yuzasidan memorandum imzolanishiga erishildi. Mazkur videomuloqot ham dunyoning eng yirik yarmarkalaridan biri bolgan Canton Fair-121 da viloyatimiz tadbirkorlarining qatnashishiga komaklashish maqsadida otkazilmoqda.

Videomuloqotda Canton Fair-121 xalqaro yarmarkasi loyihalar va tashkiliy ishlar boshqarmasi bosh menejeri May Syay Yan va menejer Vu Xey tomonidan Ozbekiston va Xitoy ortasida ozaro iqtisodiy hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.

Hozirda Namangan viloyatida Xitoy bilan hamkorlikdagi on tortta korxona faoliyat korsatmoqda.

Videomuloqotda Canton Fair-121 xalqaro yarmarkasi vakillari yarmarkada ishtirok etish shartlari, minitexnologiyalar va mahsulotlar sotib olish, ozaro iqtisodiy hamkorlikni yolga qoyish masalalari haqidagi savollarga atroflicha javob berdi.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.