O'zb  
 
04.03.2017

Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 10000 som bolgan pul belgilarini muomalaga chiqarish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axboroti

2017 yilning 10 martidan boshlab Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 10000 som bolgan banknot korinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.

Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 10000 som bolgan pul belgilari 144 x 78 mm. olchamdagi himoyalangan qogozda tayyorlangan.

Banknotning ong tarafidagi keng oq rangli sathda Ozbekiston Respublikasi Gerbi va «10000» raqami korinishida suv belgisi mavjud.

Oq rangli sathning chap tarafidan qogoz qatlamida Darcha va 3D effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi otkazilgan.

Banknot old tomonining yuqori qismida OZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI yozuvi mavjud.

Chap qismida naqshinkor elementlar fonida Ozbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida yettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.

Naqshinkor ramkaning ong va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek, Gerbning ong tarafida 10000 raqami tasvirlangan bolib, banknotning qiymatini bildiradi.

Gerbning ong tarafidagi 10000 raqami ustiga yirik harflar bilan SOM sozi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida banknot qiymati soz bilan ON MING korsatilgan.

Naqshinkor ramkaning pastki qismida OZBEKISTON SOMI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TOLOVLAR UCHUN OZ QIYMATI BOYICHA QABUL QILINISHI SHART yozuvi joylashgan.

Banknotning toq kok rangli naqshinkor ramkasi, OZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI yozuvi, Gerb, ong va chap tomondagi 10000 raqamlari bortib turadi, ushlab korilganda seziladi.

Oq rangli sathda joylashgan 10000 raqami tepasida banknotning nomeri va seriyasi takror korsatilgan.

Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini ozgartiruvchi va ushlab korilganda bilinadigan bortib turuvchi, tilla-bronza rangli sakkiz qirrali naqsh mavjud.

Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil 2017 korsatilgan.

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari korinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida kok va binafsha rangda ishlangan naqshinkor bezaklar joylashgan bolib, pastki bezak ustida 10000 raqami aks ettirilgan.

Banknotning markazida SENAT me’moriy binosi, bino gumbazining tepasida Ozbekiston Respublikasining rangli bayrogi tasvirlangan.

Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib otuvchi 10000 va SOM yozuvlari mavjud bolib, ularning tepasida banknotning qiymati soz bilan ON MING korsatilgan.

Pastki qismida OZBEKISTON SOMINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TAQIB QILINADI matni joylashgan.

Ushbu matnning ikki tomonida 10000 raqamlari, shuningdek, banknotning eng yuqori qismida ON MING SOM yozuvi aks ettirilgan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 10000 som bolgan pul belgilari, ayni paytda muomalada bolgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xojalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan oz qiymati boyicha barcha turdagi tolovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: