O'zb  
 
02.03.2017

HAZORASP ERKIN IQTISODIY ZONASI

avvalo barqaror ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi

Prezidentimizning «Urgut», Gijduvon, Qoqon va Hazorasp erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish togrisidagi farmoni hududlarda sanoatni rivojlantirish yolida yana bir tarixiy qadam boldi.

Hazorasp Xorazm viloyatining chekka hududi hisoblanib, bu yerda 235,7 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Iqtisodiy faol kishilar 99,2 ming nafarga yaqin bolib, shundan qariyb 94 ming nafari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ishlaydi. Tumanda 2016-2017 oquv yilida 3,8 ming nafar yigit-qiz oz mutaxassisliklari boyicha mehnat bozoriga kirib kelmoqda.

— Prezidentimiz farmoni tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda, deydi Hazorasp tuman hokimi orinbosari Maqsud Rahimov. Bojxona va soliq tolovlari boyicha berilgan imtiyozlar investorlar, avvalo, xorijlik sarmoyadorlar uchun qulay biznes muhitini yaratadi. Har bir xorijlik investor uchun birinchi navbatda ozi kiritgan sarmoyasini belgilangan muddatlarda qoplash va sof foyda olish imkonini beradi. Hozirning ozidayoq Hazorasp erkin iqtisodiy zonasi uchun tashabbuskorlar tomonidan umumiy qiymati 87,6 million AQSh dollari qiymatidagi 35 loyiha taqdim qilindi. Shundan 17 tasi joriy yilda ishga tushiriladigan loyihalar hisoblanadi. Pitnak-panel Ozbekiston Xitoy qoshma korxonasi yiliga 1 mln.kv.m. penopolistrol bloklarni va sendvich panellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yana bir qoshma korxona tashkil etmoqda. 70 yangi ish orni yaratiladigan mazkur qoshma korxonaning umumiy qiymati 3,6 million AQSh dollarini tashkil etib, buning 1,8 million AQSh dollari chet el investitsiyasi hisobidan boladi. Masalan, Ma’rufjon Hazorasp servis masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yiliga ikki yuz ming dona avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona tashkil qilinadi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 300 ming AQSh dollari bolib, uning yarmisi oz mablaglari hisobidandir.

Yuqorida tilga olinganlar faqatgina joriy yilda ish boshlaydigan korxonalar bolib, salkam sakkiz yuz nafar kishini muqim ish bilan taminlaydi. Umuman, songgi yillarda viloyatda bunyodkorlik ishlari keskin kopaydi. Xorazmning sanoat salohiyatini oshirish, Urganch shahrini qayta qurish borasidagi qarorlardan song viloyat ulkan qurilish maydoniga aylandi. Shu bilan birga, eng muhim qurilish xomashyosi bolgan sementning boshqa hududlardan tashib keltirilayotgani shahar uchun katta qiyinchiliklarni tugdirayotgan edi.

Hazorasp erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi korxonalardan birida aynan yuqori sifatli sement tayyorlash yolga qoyilmoqda. Grand Kristal Grup masuliyati cheklangan jamiyati taklif etgan birinchi loyihaga kora, yiliga 300 ming tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona bunyod etiladi. Bu loyihani amalga oshirish uchun xitoylik hamkorlar tomonidan 16 million 200 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi. Ushbu korxonada 200 yangi ish orni yaratilishi kozda tutilgan. Ishlab chiqarilgan sement viloyatdagi qurilish tashkilotlari va aholiga yetkazib beriladi.

Grand Kristal Grup MChJning ikkinchi loyihasi yiliga besh ming metr kub hajmdagi temir-beton mahsulotlarini tayyorlashga moljallangan. Loyihaning qiymati 750 ming AQSh dollariga teng. Bu ham qurilish tashkilotlari uchun juda katta madad boladi.

Tadbirkor Ulugbek Qozoqov berilayotgan imtiyoz va qulayliklardan ruhlanib, katta rejalar tuzyapti. U tolqinlanib, shunday fikrlarni bildirdi: Erkin iqtisodiy zona sarmoyasi bor tashabbuskorlar uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Men ham oz loyihamni amalga oshirishga kirishayapman. Yiliga sakson ming dona ayollar va erkaklar koylagi ishlab chiqarish quvvatiga ega bolgan korxona ochayapman. Bu loyihaning umumiy qiymati 300 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Mablagning bir qismi oz hisobimdan bolsa, bir qismini bankdan imtiyozli kredit sifatida olyapman. Korxonada 20 nafar xotin-qiz muqim ish bilan taminlanadi. Ishni izchil yolga qoygach, imkoniyatlarimdan kelib chiqib, ishlab chiqarish quvvatini oshirishni qoshimcha ish orinlari tashkil qilishni kozlab turibmiz. Erkin iqtisodiy zonada ottiz yil davomida soliqlar va boshqa tolovlar boyicha beriladigan imtiyozlar ishimiz rivojiga katta madad boladi.

Tadbirkor Shuhrat Mahmudov ham suhbatimizga qoshildi:

Xitoyning Okean kompaniyasi bilan yiliga ikki million juft paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega qoshma korxona tashkil etyapman. 30 kishi ishlaydigan qoshma korxona tashkil qilish uchun 1 million 60 ming AQSh dollari zarur bolsa, shuning teng yarmiga chet el investitsiyasi jalb etiladi. Teng sheriklik asosidagi qoshma korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning bir qismini xorijga eksport qilishni niyat qilganmiz. Kelgusida iqtisodiy imkoniyatlarimiz kengayib, ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirishimizga ishonamiz.

Darvoqe, Hazorasp erkin iqtisodiy zonasi qulay hududda tashkil qilinmoqda. Buning uchun Pitnak shaharchasida 250 gektar yer maydoni ajratilishi kozda tutilgan.

Partiyamiz harakat dasturida ijtimoiy muhofazaga juda keng orin berilgan, deydi OzXDP viloyat kengashi bolim mudiri, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nodira Odamboyeva. Aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoyalashning eng maqbul yoli ularni munosib ish orni bilan taminlashdir. Bu borada kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taminlash muhim ahamiyatga ega. Shu manoda viloyatimizda erkin iqtisodiy zona tashkil qilinayotgani juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu yerda yaqin yillarda ottiz beshdan ortiq loyiha hayotga tatbiq qilinishi belgilangan. Bu esa birinchi navbatda minglab yangi ish orni demakdir. Yaqinda Pitnak shahrida yoshlar bilan otkazilgan davra suhbatida erkin iqtisodiy zonaning ahamiyati haqida atroflicha malumotlar berishga harakat qildik. Bu yangilik yoshlarimizda juda katta qiziqish uygotgani bizni quvontirdi. Ular hozirdan yangi korxonalarda ishlash istagidalar.

Viloyatning davlat ahamiyatidagi hamda ichki yollarini joriy tamirlash dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Aksariyat yollarning tamirtalab ahvolda ekanligi hech kimga sir emas. Bu masalada yol qurilish tashkilotlarining imkoniyatlari bir qadar cheklangan. Ayni shu kamchilikni toldirish uchun erkin iqtisodiy zona hududida yol qurilishi bilan shugullanuvchi yirik qurilish tashkiloti tuziladi. 200 kishi ishlashi kutilayotgan bu yirik tashkilotni bunyod etish, kerakli texnikalar bilan taminlash uchun 1,5 million AQSh dollari qiymatida mablag sarflanadi.

Biz erkin iqtisodiy zonada mahalliy tadbirkorlar tashabbuslari bilan amalga oshiriladigan loyihalar haqida soz yuritdik xolos. Bular hali boshlanishi. Hazorasp erkin iqtisodiy zonasining istiqboli esa yanada porloq.

Rozimboy HASAN,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: