O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
28.02.2017

ARZON UY-JOYLAR

farovonlikka xizmat qiladi

Iqtisodiyot vazirligida tashkil etilgan matbuot anjumani Prezidentimizning 2016 yil 21 oktabrdagi «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi togrisida»gi qarori ijrosiga bagishlandi.

Unda Davlat arxitektura va qurilish qomitasi, ATB Qishloq qurilish bank, ATB Ipoteka bank, Qishloq qurilish invest injenering kompaniyasi, Qishloq qurilish loyiha MChJ vakillari ishtirok etdi.

— Bugungi kunda aholini zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash davlat siyosatining eng muhim yonalishlaridan biri hisoblanadi, deydi Iqtisodiyot vazirligi bolim boshligi Gofur Jamolov. Songgi yillarda mamlakatimizda qishloq aholi punktlarining memoriy qiyofasini yaxshilash, namunaviy loyihalar boyicha yakka tartibda uy-joylar qurish hisobiga qishloq aholisining hayot darajasi va sifatini oshirish, qishloqda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish boyicha keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2009-2016 yillarda qishloq joylardagi 1 ming 308 turar-joy massivida 69 ming 557 uy-joy qurildi. 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi. Yangi dasturga kora, dastlabki badal birinchi va ikkinchi turdagi uylar uchun 15 foiz qilib belgilandi.

Ushbu uylarning zilzilabardoshligi 7-8 ballga moljallangan, deydi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi raisi orinbosari Asomiddin Tojiyev. Buning uchun loyihalarda temir-beton boglamalar, devorlar kesishish burchaklarini boylama va kondalang armokarkaslar bilan mustahkamlash kabi jihatlarga etibor qaratilgan. Kanalizatsiya tizimi alohida chiqindixonalarga ulanadi. Suv taminoti qiyin bolgan hududlarda esa har bir xonadonga qoshimcha zaruriy binolar quriladi.

Dasturga muvofiq joriy yilda 15 mingta yangi uy-joy qurish nazarda tutilgan. Yangi qurilayotgan uy-joy massivlarida davlat resurslari hisobidan 415,3 kilometr suv, 291,5 kilometr elektr, 316,9 kilometr gaz taminoti tarmoqlari va 260,3 kilometr avtomobil yollari, 134 ijtimoiy infratuzilma obyekti barpo etish moljallanmoqda.

Tadbir davomida 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon kop kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar togrisidagi Prezident qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham axborot berildi. Qarorga muvofiq 2017-2020 yillarda shaharlarda 945 kop kvartirali uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 2017 yilda 191 kop kvartirali uy qurilishi belgilangan hamda shu kunlarda bu jarayon boshlab yuborilgan. Kop kvartirali uylarning 102 tasi Toshkent shahrida bunyod etiladi. Ushbu uylarda yashovchilar uchun dam olish joylari, bolalar maydonchalari, avtomobil turish joylari, chiqindi yigish punktlari qurilishi ham rejalashtirilgan.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.