O'zb  
 
25.02.2017

OZBEKKOMIRNING ISTIQBOLLI LOYIHALARI

Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, yurtimizda 5,7 milliard tonna atrofida komir zaxiralari mavjud. Bugungi kunda qattiq yoqilgi ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilgan islohotlar tufayli elektroenergetika tarmoqlari, sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlar va aholiga komir mahsulotlari oz vaqtida, kerakli miqdorda yetkazib berilmoqda.

«Ozbekkomir» aksiyadorlik jamiyati tomonidan otkazilgan matbuot anjumanida sohada amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar haqida soz bordi.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 dekabrdagi Respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga komir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori ishimizda dasturilamal bolib xizmat qilmoqda, — deydi Ozbekkomir aksiyadorlik jamiyati bosh direktori orinbosari Nosir Umarov. Jamiyatimiz tasarrufidagi korxonalar tomonidan har yili 4 million tonnaga yaqin komir qazib olinadi. Ularni saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida 84 komir ombori qurilmoqda va briket ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlanmoqda. Bu esa komir briketlar tayyorlash hajmini 800 ming tonnadan oshirish imkonini berdi. Ayni paytda aholini arzon komir bilan taminlash choralari ham korilmoqda. Joriy yilning 1 martigacha Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyatiga komir tashish uchun 50 foiz miqdorida chegirma berilishi hisobiga aholiga sotiladigan komirning chakana narxi 13 foizga kamaytirildi.

Matbuot anjumanida sohani rivojlantirishga oid rejalar haqida batafsil malumot berildi. Komir sanoatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi asosida umumiy qiymati 690,5 million dollarlik 6 investitsion loyiha amalga oshiriladi. Uchta konning bosqichma-bosqich ishga tushirilishi natijasida 2017 yilda komir qazib olish hajmi 3,92 million tonnaga yetkaziladi.

Tadbir songida jurnalistlar ozlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: