O'zb  
 
14.02.2017

RAUFXON SALAXOJAYEV DUNYONING ENG KUCHLI IQTISODCHILARI SAFIDA!

Xushxabar: O‘zbekistonlik iqtisodchi dunyoning 100 ta eng kuchli yosh iqtisodchilari reytingida!

Royxatni hayajon bilan kozdan kechira boshladim. Qani bizning azamat?! Birinchi elliktalikda Osiyodan uch vakil: Yaponiya, Ozbekiston va Hindiston. MDH davlatlaridan esa yagona nomzod Ozbekistondan! Dunyoning 100 eng kuchli yosh iqtisodchilari orasida Angliya banki, Garvard, Stenford universitetlari, Parij Iqtisod maktabi nomzodlarini ortda qoldirib, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti iqtisod fani oqituvchisi Raufxon Salaxojayev 32-orinda turibdi.

Mamlakatimiz sha’niga qoshilgan munosib hissa, umummamlakat muvaffaqiyatidan shodlanib, Sharq renessansiga xayolim ketdi. IX asrdan XIII asrning ortalarigacha davom etgan ilk Uygonish davrida ilm-fan uch yonalishda rivojlangan. Ulardan biri matematika-tibbiyot yonalishi bolib, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Fargoniy matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy kimyo, Ibn Sino, Jurjoniy, Abu Rayhon Beruniy tibbiyot va falsafaga oid yirik asarlar yaratdi. Aql-zakosi bilan Markaziy osiyolik allomalar jahon tamadduni beshigiga benazir dur qadadi.

Dilga shodlik ingani bejiz emas. Zamondoshimiz Xorazmiy yoqqan olovni qayta alangalatdi. Hali ottiz yoshni qarshilamagan qahramonimiz makroiqtisoddagi yangi yonalish «Iqtisodiy osishning chuqur omillari» boyicha tadqiqot olib borayotgan kam sonli olimlardan. Ilmiy ishi davlatlarning iqtisodiy rivojlanishida intellektual kapital va bozor institutlarining rolini tadqiq etishga bagishlangan. Raufxonning 20 ga yaqin ilmiy maqolasi Intelligence, Kyklos, Environmental Research kabi dunyoning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan, Forbes agentligi, National Policy instituti tomonidan yuqori baholangan.

Yosh iqtisodchi olim 2012 yili AQSHning Fulbright stipendiyasi golibi bolib, Nyu-York davlat universitetida iqtisod magistri ilmiy darajasini olgan. Hozir talim dargohida muallimlik qilish bilan birga Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida katta ilmiy xodim hamdir.

Raufxon Salaxojayevning muvaffaqiyati Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti uchun London Iqtisod maktabi (Buyuk Britaniya), Angliya banki va Braun universiteti kabi nufuzli ilmiy markazlar qatoriga kirishga yol ochdi. Ozbekistonning ushbu reytingdagi ishtiroki mamlakatimiz nufuzi, ilmiy salohiyatiga baho berish, uning kelajakdagi iqtisodiy rivojiga tasir etishi shubhasiz.

Mazkur reyting RePEc (Research Papers in Economics) Iqtisodiyot fanlari boyicha ilmiy maqolalar tashkiloti tomonidan tuziladi, loyihani AQSHdagi Federal rezerv banki tadqiqotlar bolimi muvofiqlashtiradi va dunyo boylab 50 mingdan ortiq iqtisodchilar faoliyati kuzatib boriladi. RePEc maqolalarga keltirilgan iqtiboslar, chop etilgan jurnal nufuzi kabi kategoriyalarga asoslanib, turli toifalar boyicha eng yaxshi iqtisodchilar reytingini tuzadi. Reytingda asosan Garvard, Yel universitetlari, London iqtisod maktabi bitiruvchilari va xodimlari ustun turgan.

Raufxonning yutugi kelgusidagi zafarlariga debocha bolsin!

Sevara Alijonova,

OzA



DB query error.
Please try later.