O'zb  
 
07.02.2017

QISHLOQLARIMIZDA ARZON UY-JOYLAR

qurilayotganidan aholi mamnun bo‘lmoqda

Kasbimiz taqozosi bilan xizmat safarlarida bolganimizda turli kasb va yoshdagi odamlar bilan uchrashish, suhbatlashishga togri keladi. Yaqinda «Afrosiyob» tezyurar poyezdida ketar ekanman, ikki nafar otaxonning ozaro suhbati beixtiyor e’tiborimni tortdi.

— Yol yoqasidagi uylarga qarang, koz quvnaydi-ya, dedi mamnun bolib ulardan biri.

Nimasini aytasiz, dedi ikkinchisi. Bir paytlar tomi shiferlangan uyni topish qiyin edi... Qay kochaga tosh tokilsa, katta yangilik edi...

Katalakdek uyda bir etak bolasi bilan tiqilib yashagan oilalar uy qurish uchun yerga zor bolar edi...

Ha, aytgancha, eshitdingizmi, Prezidentimiz qarori bilan arzon narxda qishloq uylari qurilayotganmish...

Qanchaga arzonlashibdi?

Bilmadimu, lekin arzonlashibdi...

Togrisi, ushbu maqolaning yozilishiga ana shu suhbat sabab boldi.

Qishloq qurilish invest IK MChJ bolim boshligi Bekmurod Dushanov bilan yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilayotgan uy-joylar togrisida suhbatlashdik.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yil 3 avgustdagi Qishloq joylarda uy-joy qurilishi kolamini kengaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori ijrosi doirasida namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan zamonaviy uy-joylar qishloqlarimiz qiyofasini tubdan ozgartirib yubordi, aholi turmush farovonligini yuksaltirdi. Ushbu qaror asosida 2009-2016 yillarda mamlakatimizda uy-joy, ijtimoiy va kommunal obyektlar, kommunikatsiyalarni barpo etish borasida keng kolamli ishlar bajarildi. Natijada qishloq joylardagi 1 ming 308 turar joy massivida 69 ming 557 shinam uy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 oktabrdagi ?017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joylar qurish dasturi togrisidagi qarori esa bu yonalishdagi keng kolamli islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Unga kora, qishloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga bolgan ehtiyojlari asosida imtiyozli kredit berishning yuqori darajadagi shartlari joriy etilmoqda. Qolaversa, qishloq massivlarida Ozbekenergo AK yordamida elektr uzatish liniyalari, Oztransgaz AK tomonidan gaz tarmoqlari, byudjet mablaglari hisobidan ichimlik suv tarmoqlari va Respublika yol jamgarmasi komagida ichki yollar qurilmoqda. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan byudjet hamda homiylar mablaglari hisobidan qishloq massivlarida maktablar, qishloq vrachlik punktlari, mahalla guzarlari, savdo majmualari, dehqon bozorlari, non va non mahsulotlari sexlari, maishiy xizmat korsatish majmualari va mini-banklar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Bundan tashqari, Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish loyihasi boyicha xalqaro moliya banklarining ishtiroki yildan-yilga kopaymoqda. Misol uchun, bir necha yillardan buyon Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda keng kolamdagi ishlar olib borilayapti. Otgan yili Islom taraqqiyot banki va Saudiya rivojlanish jamgarmasi mablaglari ham jalb etildi.

Yangilangan namunaviy loyihalar boyicha quriladigan arzon uy-joylar haqida malumot bersangiz.

Bu haqda kengroq tushuncha berishga harakat qilaman. Arzon uylarga quyidagilar kiradi:

xojalik imoratlari va obod hovlilari bolgan ikki, uch qavatli 2, 3 xonali uylar;

aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 2 sotix bolgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar;

hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 4 sotix bolgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar.

Bundan tashqari, joriy yilda barcha qulayliklarga ega bolgan 15 ming yangi uy-joy bunyod etilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, yangi qurilayotgan uy-joy massivlarida davlat mablaglari hisobidan tashqi muhandislik va transport tarmoqlari qurilishi amalga oshiriladi. 415 km ichimlik suv tarmoqlari, 317 km gaz tarmoqlari va 291 km elektr uzatish liniyalari, 260 km avtomobil yollari qurilib, foydalanishga topshiriladi. Ushbu uy-joylar quriladigan massivlarda 134 ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishi moljallangan. Bular jumlasiga, mahalla guzarlari, maishiy xizmat korsatish majmualari, savdo shoxobchalari, talim-sport maskanlari, qishloq vrachlik punktlari va boshqa obyektlar kiradi.

Endi barchani birdek qiziqtirayotgan savol: arzon uy-joylar nimaning hisobiga arzon bolayapti? Shu haqda malumot bersangiz?

Respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan metall tunuka, yogoch-taxta singari mahsulotlar pudratchilarga bojxona va soliq imtiyozlari qollanilgan holda Ozsanoateksport aksionerlik jamiyati tomonidan yetkazib berilishi belgilangan. Zamonaviy va mahalliy qurilish materiallari va jihozlarining asosiy qismi pudratchilarga markazlashtirilgan tartibda togridan-togri qurilish maydonlariga imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.

Ushbu pudrat tashkilotlari arzon uylar qurish doirasida bajariladigan ishlar hajmi uchun soliqlarning barcha turlari va davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalarni tolashdan ozod etilgan. Bir soz bilan aytganda, qurilishda asosan mahalliy qurilish materiallari va jihozlari ishlatilishi hamda soliq, bojxona imtiyozlari berilishi hisobiga namunaviy uy-joylarning arzonligi taminlanadi. Bundan tashqari, energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo etilayotgan uylar tannarxining pasayishiga hamda aholining barcha qatlamlari uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qilmoqda. Bir soz bilan aytganda, qishloqlarimizda yangicha korinish paydo bolib, shaharlardan qolishmaydigan imkoniyatlar yaratilishi taminlanadi.

Uy-joyni sotib olish uchun qancha miqdorda boshlangich badal mablagi tolanadi? Qolaversa, imtiyozli ipoteka kreditlari qanday shartlar asosida ajratiladi?

Ushbu savollarga javob olish maqsadida Respublika Qishloq qurilish bankining boshqarma boshligi Dilshod Hasanovga murojaat qildik.

Boshlangich badal deganda qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoyilma hisob raqamiga otkazilgan pul mablaglari shaklidagi oz mablaglari tushuniladi.

Shuningdek, xojalik imoratlari va obod hovlilar bolgan ikki, uch qavatli kvartiralar (2,3 xonali) uylar uchun hamda aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bolgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar uchun boshlangich badal mablaglari uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bolmagan miqdorda shakllantirilishi lozim.

Hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,04 gektar bolgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar va hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,06 gektar bolgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3,4,5-xonali birlashtirilgan uylar uchun boshlangich badal mablaglari uy-joy qiymatining 25 foizidan kam bolmagan miqdorda shakllantiriladi.

Bundan tashqari, qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar (shu jumladan, arzon uy-joylar uchun) asosida uy-joy qurilishida uy-joy oluvchi fuqarolarga imtiyozli ipoteka kreditlari mablaglari 15 yilgacha bolgan muddatga eng kam ish haqining 1000 barobarigacha bolgan miqdorda beriladi. Ushbu kreditning 3 yili imtiyozli muddat bilan, dastlabki 5 yili esa yillik 7 foiz va qolgan yillari uchun Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasiga teng miqdorda foiz tolash sharti asosida ajratiladi.

Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joy qurish uchun 2017 yilda 2 trillion 121,5 milliard somdan ortiq mablaglar sarflanishi rejalashtirilgan.

Kam taminlangan, boquvchisi bolmagan, bir soz bilan aytganda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga uy-joy olishga imtiyozlar berilganmi?

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 noyabrdagi 393-son qarorining ilovasiga muvofiq, xojalik imoratlari va obod hovlilar bolgan ikki, uch qavatli kvartiralar (2,3 xonali) uylar uchun hamda aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bolgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar arzon uy-joylar toifasiga kiritilgan.

Shuningdek, qarorga muvofiq, ushbu arzon uy-joylardan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bolgan oila boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oila; kop bolali oilalar; toliq bolmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar); tarkibida birinchi guruh nogironi bolgan yoxud surunkali kasallikning ogir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs bolgan oila; kam taminlangan oilalar, shuningdek, uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bolmagan oilalar olishi mumkin.

Arzon uy-joylardan olish istagida bolgan fuqarolar fuqarolarni ozini ozi boshqarish organlaridan tegishli tavsiyanoma olishlari lozim boladi.

Bundan tashqari, tegishli nizomning 11 qismiga muvofiq, fuqarolarga tavsiya berilishida fuqarolarning ozini ozi boshqarish organi tomonidan quyidagi ijtimoiy mezonlar hisobga olinadi:

ariza beruvchida mulk huquqi bilan turar-joyning yoqligi va turarjoyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;

boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;

kop bolali;

oilaning kam taminlanganligi;

bir yoki undan kop bola ota-onalardan biri (toliq bolmagan oila) tomonidan tarbiyalanishi va boqilishi;

ariza beruvchining oila azolari orasida surunkali kasallikning ogir turlaridan azob chekuvchi va Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan royxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bolgan shaxslarning borligi;

ariza beruvchining oila azolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi;

uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi inobatga olinishi belgilab qoyilgandir.

Xulosa ornida shuni takidlash mumkinki, ushbu sohada olib borilayotgan keng kolamli islohotlar qishloqlarda istiqomat qilayotgan aholini shahardagidan qolishmaydigan sharoitlarda yashashini taminlashdir. Boshqacha aytganda, bu chora-tadbirlar aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berish, ijtimoiy yordamga muhtoj, ehtiyojmand oilalarni qollab-quvvatlashga qaratilgandir.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Toshtemir XUDOYQULOV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: