O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
02.02.2017

MAHALLIY XOMASHYODAN SIFATLI DORI VOSITALARI

Termiz shahridagi «NOVA PHARM» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston — Hindiston qoshma korxonasida jahon bozorida raqobatbardosh, sifatli va yuqori samarali dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan korxona faoliyati bosqichma-bosqich kengayib, farmatsevtika mahsulotlari turi oshib bormoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 31 oktabrdagi Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar togrisidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bolayotir.

Mamlakatimizda xususiy sektor har tomonlama qollab-quvvatlanib, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilayotgani farmatsevtika sanoatini ham rivojlantirish, aholi hamda davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz dori-darmon vositalari bilan taminlashga xizmat qilmoqda. Mahalliy dorivor osimliklar asosida dori-darmon vositalari ishlab chiqarishni kopaytirish hisobidan farmatsevtika mahsulotlari mahalliylashtirilib, tibbiyot amaliyotiga joriy etilmoqda.

Dorivor osimliklar serob va ularni yetishtirish uchun qulay iqlimga ega Surxondaryo viloyatida farmatsevtika sanoatini yuksaltirish borasida hindistonlik hamkorlar bilan jahon bozorida raqobatbardosh, arzon dori vositalari ishlab chiqarish hajmi kengaymoqda.

Viloyatdagi dorivor giyohlar chuqur organilib, ularni kopaytirish, parvarishlash va maqsadli foydalanish yuzasidan istiqbolli rejalar ishlab chiqilgan. Shu maqsadda mahalliy shifobaxsh osimliklardan yuqori samarali, ishonchli dori-darmon ishlab chiqarish uchun davlat ormon xojaliklari bilan ozaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga alohida etibor qaratilmoqda. Hududda yetishtiriladigan mahalliy dorivor osimliklar import ornini bosuvchi koplab turdagi noyob dori-darmon tayyorlash uchun ham arzon va ishonchli xomashyodir.

Qoshma korxonaning dastlabki bosqichida 5 ish orni yaratilib, turli antibiotik, ogriq qoldiruvchi, issiq tushiruvchi dori vositalari ishlab chiqarish yolga qoyilgan edi. Mustaqilligimizning 24 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan ikkinchi bosqichda sifatli va noyob kukun, shifobaxsh damlama va turli siroplar ishlab chiqarish ozlashtirilib, mazkur dori vositalarining katta mablag evaziga chetdan olib kelinishiga barham berildi. Korxona faoliyatining bosqichma-bosqich kengaytirilayotgani mamlakatimiz farmatsevtika sanoatini yanada yuksaltirish, davolash-profilaktika muassasalarining arzon, sifatli dori vositalariga bolgan talabini qondirish, yurtimizning eksport salohiyatini yanada oshirishga hissa qoshmoqda.

Korxonamizda turli giyohlardan tayyorlanadigan farmatsevtika mahsulotlari tarkibini puxta tahlil qilish va ularning sifatini aniqlash uchun barcha qulayliklarga ega laboratoriya ishlab turibdi, deydi texnolog Tolqin Eshmirzaev. Bu yerda malakali mutaxassislar bilan birga, yosh kadrlar ham samarali faoliyat yuritmoqda.

Korxonada ishchilarni ijtimoiy himoya qilishga ham alohida etibor qaratilib, ular uchun bepul tibbiy va transport xizmati yolga qoyilgan.

Farmatsevtika yonalishi boyicha mutaxassisman, deydi korxona ishchisi Sayyora Qarshiyeva. Zamonaviy uskunalarni boshqarishni qisqa vaqtda organishimda kollejda olgan bilimlarim qol keldi. Shunday korxonada, xalqimiz salomatligini asrashdek sharafli sohada ishlayotganimdan faxrlanaman.

Ayni paytda qoshma korxonaning uchinchi bosqichida qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda. Bu inshootga bir martalik shprislar ishlab chiqaradigan texnologik uskunalar ornatiladi. Ishlab chiqariladigan infuzion, ineksion eritmalar bir qancha dori vositalarini xorijdan keltirishga toliq barham berish bilan birga, ularni eksport qilish imkoniyatini ham yaratadi. Mahalliy sharoitda osadigan shifobaxsh giyohlardan foydalanish ishlab chiqariladigan dori vositalarining tannarxini arzonlashtiradi.

Korxona tola quvvat bilan ishga tushgach, bu yerda 150 dan ortiq ishchi mehnat qiladi.

X.MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.