O'zb  
 
02.02.2017

ENDI URGUTNING NOMI DUNYOGA TANILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Urgut», Gijduvon, Qoqon va Hazorasp erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish togrisidagi Farmonini xalqimiz katta quvonch va minnatdorlik bilan kutib oldi.

Shu kunlarda jamoatchilik ortasida erkin iqtisodiy zonalarning ahamiyati haqida fikr yuritilmoqda. Darhaqiqat, Erkin iqtisodiy zona nima degani? Bundan odamlar, davlat qanday foyda koradi?..

Bugundan boshlab yangi barpo etiladigan iqtisodiy zonalardan kozda tutilgan maqsad va ularning imkoniyatlari haqida hikoya qilib boramiz.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Urgut tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish chogida hududda erkin iqtisodiy zona tashkil etilishi ushbu tumanning sanoat salohiyatini oshirishga, turizm hamda qishloq xojaligi sohalarini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Bu borada amalga oshirilishi lozim bolgan muhim vazifalar belgilab berildi.

Tumanning tog va togoldi hududlaridagi lalmi, unumdorligi past yerlarni aniqlash, tuproq tarkibi, tog sharoiti va tumanning boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu sharoitga moslashgan, tez hosilga kiruvchi yongoq, chilonjiyda, bodom, uzumning eksportbop navlarini ekish, issiqxonalar tashkil etish, hududda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish borasidagi yangi loyihalar uchun yer maydonlarini tanlash, yangi loyihalarni ishlab chiqish boyicha takliflar tayyorlash yuzasidan qimmatli fikrlar bildirdi.

Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida dastlab tuman hokimining farmoyishi qabul qilindi. Mazkur farmoyish asosida Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirishning uch yonalishi boyicha dasturlar ishlab chiqish tuman shtabi tashkil qilindi.

Birinchi yonalish — Urgut tumanining sanoat salohiyatini oshirish, yangi korxonalar tashkil qilish, mavjudlarini modernizatsiyalash maqsadida yangi loyihalarni aniqlash va talab etiladigan yer maydonlarini tanlash boyicha takliflarni ishlab chiqish, qishloq xojaligida foydalanilmaydigan toshloq yer maydonlarini ozlashtirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish vazifalari belgilandi.

Ikkinchi yonalish xizmat korsatish va turizm sohasini rivojlantirish boyicha mavjud xizmat korsatish va xojalik yurituvchi subyektlar aniqlandi. Tumandagi qishloq fuqarolar yiginlarida aholining talabidan kelib chiqib, xizmat korsatish va servis sohasini rivojlantirish boyicha loyiha va takliflar umumlashtirildi. Tumanning geografik joylashuvidan kelib chiqib, ekoturizm va turizm sohasini rivojlantirish boyicha Qoratepa Omonqoton hududida 6 ta loyiha-taklif shakllantirildi.

Takidlash kerakki, tumanda mustaqillik davrida meva-sabzavotlarni qayta ishlash, quritish, qadoqlash, polietilen mahsulotlari, poliyestr tola, sport poyabzallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yangidan yolga qoyildi. Cherepitsa, boz, chit, elektr pech va plita, plastmassa mahsulotlari kabi xalq istemoli mollari tayyorlash kengaytirildi.

Uchinchi yonalishga asosan 11 ming gektardan iborat hosili past yerlarni fermer xojaliklariga bolib berish, yongoq, chilonjiyda, bodom, uzum va boshqa mevali daraxtlar ekish hamda issiqxonalar tashkil etish boyicha ishchi guruhlari tuzildi.

Bu borada har bir yonalishdagi ekin turlari boyicha Samarqand qishloq xojaligi instituti olimlari va hududdagi yerni yaxshi biladigan dehqon hamda mutaxassislar bilan ekinlar parvarishi boyicha agrotexnik tadbirlar ishlab chiqish yolga qoyildi.

Iqtisod fanlari doktori, professor Frunze Jorayev shunday deydi:

Erkin iqtisodiy zona deyilganda, xorijiy investorlarning osha hududga erkin kirib kelishi, xorijiy texnologiyalarni qollagan holda ishlab chiqarish, xizmat korsatish korxonalarining barpo etilishi, bojxona munosabatlarida erkinlik, soliq sohasida imtiyozlarga ega bolgan xojalik yurituvchi subyektlar majmui tushuniladi. Ularda asosan zamonaviy xalqaro andozalarga javob beradigan, asosiy qismi eksport qilishga moljallangan mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Aynan Urgutda erkin iqtisodiy zona tashkil qilinishining sabablari quyidagicha:

Urgut qishloq tumani bolishiga qaramasdan, sanoati rivojlangan. Qishloqda agrar mehnat bilan birga industrial va intellektual mehnat ham munosib orin egallagani shunday zona ochishga aholining tayyorligidan dalolat beradi;

Urgut tumanida kopgina mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun xomashyo bazasi mavjud. Meva-sabzavot va boshqa qishloq xojalik mahsulotlari yetishtiriladi, ularni chuqur qayta ishlash, qadoqlash, saqlash kabi texnologik jarayonlarni joriy qilish, mahalliy xomashyo hisobidan qurilish materiallari, gilam, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud;

mahalliy va xorijiy investorlarning togridan-togri investitsiyalarini jalb etish uchun imkoniyatlar katta.

Erkin iqtisodiy zonalarning yana bir xususiyati ular mamlakat bozorini sifatli mahsulotlar bilan toldiradi. Mamlakat eksport salohiyatining oshishiga va valyuta tushumining kopayishiga ham bunday hududlar katta imkoniyat yaratadi. Ushbu valyutalar evaziga tadbirkorlarda xorijdan ilgor texnologiyalarni keltirish imkoniyati yuzaga keladi.

Urgutning madaniy ekinlar uchun noqulay bolgan adir joylaridan samarali foydalanish ham maqsad qilib qoyilgan. Bu yerda intensiv boglar tashkil qilish, foydalanilmayotgan yerlarni ozlashtirish imkoni mavjud.

Urgut toglarida dorivor giyohlar juda kop. Ammo bulardan farmatsevtikada deyarli foydalanilmasdan kelinayotgan edi. Zamonaviy talablar ulardan ham samarali foydalanishni taqozo qilmoqda. Bu erkin iqtisodiy zona uchun juda qulay.

Erkin iqtisodiy zonalar xalqimizga, davlatimizga nima beradi, degan savol ham kopchilikni qiziqtirishi tabiiy:

asosiysi, yangi ish orinlari yaratilib, aholi bandligi oshadi;

mamlakat bozori tovar va xizmatlar bilan boyitiladi, aholining ehtiyojlari qondirilib boriladi;

mamlakatimizning eksport salohiyati oshadi va valyuta tushumi kopayadi. Ushbu valyutalar evaziga tadbirkorlarda xorijdan ilgor texnologiyalarni keltirish imkoniyati paydo boladi;

mahalliy mutaxassislarning ishga jalb qilinishi orqali ularda ilgor texnologiyalar asosida faoliyat korsatish imkoniyati yaratiladi;

davlat byudjetiga soliq tushumi ortishi evaziga davlatning moliyaviy imkoniyati yaxshilanadi, mamlakat yalpi ichki mahsulotini kopaytirish imkoniyati yaratiladi.

Uzoq yillar tuman qishloq xojaligining rivojlanishiga hissa qoshgan mehnat faxriysi Abduzohir Ziyoyev shunday hikoya qiladi:

Ilgari Urgutga asosiy mollar, oddiygina paypoq ham chetdan keltirilgan. Mustabid tuzum davrida bu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyati bolganu, lekin bunga yol qoyilmagan. Mana, endi tumanda erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi. Bu nafaqat oz bozorimizni, balki, xorij bozorini ham obod qiluvchi bir-birini takrorlamas koplab sanoat korxonalari yuzaga keladi, yangi ish orinlari yaratiladi, deganidir.

Yangi sanoat korxonalari tashkil etish, mavjudlari quvvatlarini oshirishdek muhim masalaga ham alohida etibor qaratilayotgani quvonchli.

Urgut erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilishi tumanimiz aholisini behad quvontirdi, deydi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasining azosi Suyun Umarov. Ahamiyatlisi, bu ezgu harakat partiyamiz goyalariga, elektoratimiz manfaatiga har jihatdan mos keladi. Sariqtepa mahallasi hududidagi qishloq xojaligida foydalanilmaydigan yer maydoni tadbirkorlarga taqsimlab beriladigan boldi. Bu esa 1000 ga yaqin yangi ish orni yaratishga yol ochadi. Togoldi hududlaridagi shunday maydonlarda yongoq, pista, bodom, tokzorlarning bunyod etilishi esa 3 mingga yaqin fermer xojaliklarining tashkil qilinishiga imkoniyat yaratadi. Natijada bunday ezgu ishlar hisobiga 9 mingga yaqin yangi ish orni barpo etiladi.

Urgut tarixiy maskan sifatida ham etirof etiladi, deydi Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Muslihiddin Muhiddinov. Masalan, Omonqotondagi bir qancha gorlarda otkazilgan arxeologik qazish ishlarida tosh asriga oid odamlar qarorgohlaridan qolgan izlar, koplab ish qurollari topilgan. Tarixiy manbalar Urgut hududida yosh jihatidan Markaziy Osiyodagi kopgina qadimiy shaharlar bilan tenglasha oladigan bir necha shaharlar bolganini, ularda jahon xalqlari tarixi bilan bogliq voqea-hodisalar yuz berganligini tasdiqlaydi.

Urgutga koplab sayyohlar, el etiboridagi olimlar, shoir va yozuvchilar kelishgan. Mustaqillik yillarida bu anana yanada kuchaydi. Urgut nafaqat osmonopar toglari, toza havosi, zilol suvli buloqlari bilan sayyohlarni oziga maftun etadi. Ayni chogda xalqimizning uzoq otmishidan hikoya qiluvchi tarixiy obidalar, memorchilik yodgorliklari, oziga xos qadim ananalari kishini hayratga soladi. Masalan, Chorchinor, Ravotxoja, Qoratepa, Omonqoton va yana boshqa koplab goshalar sayyohlarda, mehmonlarda bir olam taassurot uygotadi. Bu qutlug zaminda Hazrat Gavsul Azam, Xoja Zakariyo avliyoi Varrak, Xoja Omon, Xoja Tolibi Sarmast, Xoja Abdol, Shirvoq ota, Xoja Ibrohim Kadut kabi ulug zotlar qabrlari-yu maqbaralari ziyoratgohga aylangan.

Bu yerda erkin iqtisodiy zonaning tashkil etilishi esa butun dunyo sayyohlarining, ishbilarmonlarining, olimu ziyolilari etiborining Urgutga jalb etilishi, demakdir. Shuning uchun ham Prezidentimiz Farmoni urgutliklar tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Odamlarimiz ushbu Farmon ortida buyuk kelajakni, tokin hayotni his etishmoqda.

Tadbirkor Eson Sohibov quvonch bilan fikr yuritadi:

2003 yilda Urg-Antep-Yasham qoshma korxonasini tashkil etdim. Korxona Ustav fondi 4,2 million AQSh dollaridan iborat boldi. Uning 54,2 foizi Turkiyaning Mesan mensuat samayi dis ticaret limited sirketi kompaniyasiniki, qolgani men va yana bir urgutlik tadbirkor Islom Qorayev ulushi edi. Asosan gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonamizda dastlab 25 kishi ish boshladi.

Oradan yillar otib, ishlarimiz butunlay yurishib ketdi. Masalan, 2015 yilda 4,8 milliard somlik mahsulot ishlab chiqardik. 4,2 milliard som miqdoridagi mahsulot ichki bozorga sotildi. Rossiya va Qozogiston davlatlariga esa qariyb 1,0 million AQSh dollariga teng gilam va gilam mahsulotlari eksport qilindi.

Korxonamizda har yili ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda. 2013-2014 yillarda Germaniya va Belgiya mamlakatlaridan ilgor texnologik liniyalar hamda uskunalar olib kelindi.

Hozir korxonamizda 70 nafar ishchi va xodim ishlayapti.

Urg-Antep-Yasham qoshida yana bir qoshma korxona barpo etdik. Ilgari xorijdan keltiriladigan asosiy xomashyo polipropilen iplarini yangi korxonada ishlab chiqaradigan boldik. Mazkur loyihaning mahalliylashtirish dasturiga mos kelishi tufayli bir qator imtiyozlarga ham ega boldik. Korxonada 40 yangi ish orni yaratildi.

Endi esa Turkiyaning boshqa bir kompaniyasi BOSSAN TEKSTIL tic ltd bilan hamkorlik qila boshladik. 2008 yilda tuman hokimining qarori bilan sanoat hududidan 1,5 gektar yer ajratilib, bu yerda sanoat inshootlari qurildi. 2015 yilda korxonada ishlab chiqarilgan polipropilen iplari hajmi 2014 yildagiga nisbatan 143,8 foizga kopaydi. Korxona tomonidan ichki bozorga 13,6 milliard somlik mahsulot sotildi.

Bugun bu ishlar zamirida tumanimizda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zona afzalliklari, uning iqtisodiyotimizga kiritadigan moliyaviy sarmoyalarni korayapmiz. Urgut zamini ana shunday yirik ishlarga loyiq korilganligi tadbirkorlar quvonchiga quvonch, gayratiga gayrat qoshdi.

Kichik biznes va tadbirkorlik uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar tufayli 1289 kichik biznes subyektlarining 400 tasi sanoat sohasida royxatdan otgan. Shundan 35 tasi xorijiy investitsiya ishtirokidagi qoshma korxonalardir, deydi tuman hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish bolimi boshligi Xurshid Xushvaqtov.

Birgina 2016 yilda sanoat sohasida 64 korxona oz faoliyatini boshladi. Urgut tumanini 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi asosida tumanda umumiy qiymati 162 milliard som, shundan 80 milliard som bank krediti va 6 million AQSh dollari miqdoridagi chet el investitsiyasi bolgan 765 loyiha (63 ta sanoat, 220 ta xizmat va servis, 483 ta qishloq xojaligi) amalga oshirilib, 3709 yangi ish orni yaratildi. 14 million AQSh dollaridan ortiq xorijiy investitsiyalar kiritildi.

Hozirgi kunda viloyat hokimligi bilan birgalikda ishchi guruhi tuzilib, yer tanlash, tashqi kommunikatsiyalarga ulanish, loyiha tashabbuskorlari royxatini shakllantirish, ular bilan suhbatlashish boyicha ishlar boshlab yuborildi.

Tumanda erkin iqtisodiy zona barpo etish uchun maqbul hududlar tanlandi. 1-hudud Sariqtepa, 2-hudud Kamangaron va 3-hudud Dehqonobod massividan yer maydonlari tanlanib, tegishli idora va vazirliklarga taklif sifatida taqdim etildi.

Oddiygina ushbu raqamlardan bilish mumkinki, Urgut erkin iqtisodiy zona tashkil etilishiga munosib hudud. Bu yerda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi-yangi korxonalar tashkil etish, xorijiy ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yolga qoyish uchun barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar yetarli.

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

Suratlarda Urgut tumani sanoat korxonalari faoliyatidan lavhalar.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: