O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
31.01.2017

HARAKAT STRATEGIYASI LOYIHASI

atroflicha muhokama qilindi

Avval xabar berilganidek, 23-27 yanvar kunlari poytaxtimizda media-haftalik bo‘lib otdi. Unda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi loyihasi keng muhokama qilindi.

Haftalikning uchinchi kuni Harakatlar strategiyasi loyihasida belgilangan uchinchi yonalish — mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va liberallashtirish masalalari korib chiqildi, qizgin fikr-mulohazalar bildirildi.

Ozbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri orinbosari Shuhrat Ismoilov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish va xalqimiz farovonligini oshirish boyicha rejalashtirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berishdi.

Mamlakatimizning yaqin besh yillik taraqqiyot strategiyasi loyihasida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va osish suratlarini saqlab qolish, tarkibiy ozgartirishlarni chuqurlashtirish, qishloq xojaligini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotda davlatning ishtirokini kamaytirish, hududlarni kompleks rivojlantirish, turizmni taraqqiy ettirish masalalari yuzasidan qator takliflar ilgari surilgan.

Tadbirda soha mutaxassislari iqtisodiyot tarmoqlarini izchil rivojlantirish bilan bogliq koplab savollarga javob berishdi. Shuningdek, haftalikning tortinchi kuni Harakatlar strategiyasi loyihasida belgilangan mamlakatimizda ijtimoiy sohani yanada taraqqiy ettirish masalasi qizgin muhokama qilindi. Unda Oliy Majlis Senati azolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, soha ekspertlari, vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan otgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi davlatimiz va jamiyatimiz rivojini yangi bosqichga kotaradi, deydi iqtisodiyot vaziri orinbosari Dilmurod Turdiyev. Ushbu muhim hujjat loyihasida ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishning ustuvor yonalishlariga alohida etibor qaratilgan. Unga kora, odamlarning bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirib borish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sogliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, zamonaviy, qulay va arzon uy-joylar qurish, yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, ilm-fan sohasini rivojlantirish boyicha prinsipial islohotlarni amalga oshirish kozda tutilmoqda.

Tadbirda mutaxassislar ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, tez-tibbiy yordam tizimini izchil isloh qilish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash haqidagi savollarga javob qaytardi.

Media-haftalikning oxirgi kunida xavfsizlik, diniy bagrikenglik va millatlararo totuvlikni taminlash hamda chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yonalishlar atroflicha korib chiqildi.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga asoslangan prinsip hamda yonalishlarga sodiqdir, deydi Ozbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi orinbosari Javlon Vaxabov. Hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qoshilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari Ozbekiston hududida joylashishiga, shuningdek, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqarida bolishiga yol qoymaslik davlatimizning qatiy siyosiy pozitsiyasi bolib qoladi. Shu bilan birga, tashqi siyosat, avvalo, milliy manfaatlarimizni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Media-haftalik doirasidagi tadbirlarda ming nafardan ziyod kishi, xususan, vazirlik va idoralarning 50 dan ortiq mansabdor shaxslari, davlat organlarining ekspertlari, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi diplomatik korpus va vakolatxonalari masul xodimlari, 400 nafardan koproq ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: