O'zb  
 
10.01.2017

PLASTIK KARTOCHKA ENG QULAY VOSITA

Plastik kartochkalarning hayotimizga kirib kelganiga hali uncha ko‘p vaqt bolgani yoq. Shunga qaramay, bu zamonaviy elektron tolov vositasi orqali koplab yumushlarni oson va ortiqcha xarajatlarsiz bajarish imkoniyati paydo boldi.

Ushbu kartochkalar naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshiruvchi vosita bolib qolmay, mamlakat iqtisodiyotini kotarish, moliyaviy tizimni mustahkamlash, pul qadrsizlanishining oldini olishda muhim rol oynamoqda.

Markaziy bank va Davlat soliq qomitasi tomonidan ishlab chiqilgan va kuchga kirgan «Tolov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qollash tartibi togrisida»gi Nizom plastik kartochkalar bilan muomalani yangi bosqichga kotardi.

Mazkur hujjatga muvofiq, mulkchilik shaklidan, savdo hajmidan qat’i nazar, savdo maydoni 150 kv.m. dan katta bolgan savdo nuqtalarida, tovarlar sotish va xizmatlar korsatishga moljallangan joy yoki inshootlarda, shuningdek, savdo va xizmat korsatish obyektlarida tolov terminali majburiy ornatilishi belgilab qoyildi. Eng asosiysi, ushbu Nizom plastik kartochka egalarining huquqlarini himoya qilish borasida ham muhim qadam boldi.

Bugungi kunda aholining plastik kartochkalardan samarali foydalanishi uchun koplab qulayliklar yaratilayotganligi aholining plastik kartochkalarga bolgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Klik va SMS-Tolov tizimlari orqali plastik kartalardagi mablaglardan mobil telefon va internet orqali tolovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan bolsa, Mobil savdo yangi xizmat turi joriy qilinib, savdo shoxobchalarida tovarlar yoki xizmatlar uchun tolovlarni mobil telefoni orqali qabul qilish yolga qoyildi. Zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan xizmatlar kolamini kengaytirish, Ozbekiston Respublikasining Garov reyestri va Kredit axborot almashinuvi togrisidagi qonunlariga asosan tadbirkorlarning kredit tarixini yaratish va garov munosabatlarini elektron tarzda aniqlash, korsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Internet banking, SMS-banking xizmat turlari joriy etilgani ham ijobiy samara bermoqda.

Shuningdek, tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy elektron xizmatlar kolamini oshirish hamda ishbilarmonlarning istiqbolli biznes loyihalarini elektron tarzda olish va baholash olis hududlardagi ishbilarmonlarga ham katta qulaylik va imkoniyatlar yaratayotir.

Eldor USKANOV,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: