O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.09.2020

Sektor rahbarlari ehtiyojmand oilalar sonini yashiryaptimi? Ha, shunday. Nega?..

Aholi daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, «temir daftar»ga tushgan oilaning hech bolmaganda bitta a’zosini ish bilan taminlab, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralarini korish haqida kop gapiryapmiz. Bu, ayniqsa, hozirgi pandemiya sharoitida kechiktirib bolmaydigan, kun tartibidan orin olgan asosiy masalaga aylandi.

Shundan kelib chiqib, karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof royxati asosida qollab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish boyicha katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 29 avgustdagi “2020-2021 yillarda iqtisodiy osishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari togrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish boyicha Yol xaritasida kambagallikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamlariga imtiyozlar berish tamoyillari belgilab berildi.

Yol xaritasining 39-bandida xalqaro tajriba asosida kambagallikni baholash mezonlari va uni aniqlash usullarini oz ichiga olgan metodologiyani ishlab chiqish joriy yilning oktabr oyida, 40-bandida kambagallikni baholash mezonlari va uni aniqlash usullarini oz ichiga olgan metodologiyani ishlab chiqish va amalga oshirishda xalqaro tajribaga asoslanib, Fargona viloyatining Toshloq tumani misolida tahlil etish korsatib otildi. 41-bandda ishlab chiqilgan metodologiya doirasida respublikaning 5 ta hududi (Toshkent shahri, Fargona, Toshkent, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari) misolida aprobatsiya otkazish masalalari kiritildi.

Albatta, biz ushbu hujjatni juda muhim, deb hisoblaymiz. Chunki, bu orqali kambagallikni baholash mezonlari va uni aniqlash usullari ishlab chiqiladi. Bu esa bevosita partiya elektorati manfaatlariga xizmat qiladi.

Prezidentimiz odamlarning mehnat qilib, boy bolishi va yaxshi hayot kechirishi uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz zarur, deb alohida takidlab otdi. Qayd etilganidek, tadbirkorlik yaxshi rivojlangan va aholi zich joylashgan hududlar atrofida qishloq xojaligiga moljallanmagan va bosh turgan yer maydonlarida kichik sanoat zonalari tashkil etilishi, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni kambagal aholiga ajratib berish, zarur joylarda artezian va quduqlar qazish boyicha topshiriq berilgan edi, lekin ming afsuski, haligacha kop joylarda ishlar oldinga siljimayapti.

Aholini tadbirkorlikka orgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali kambagallikni kamaytirish eng asosiy masala hisoblanadi. Masalan, Jizzax viloyatida bugungi kunda 295 mahalla bor. Oilalar soni 306 456 tani tashkil etadi. Mehnatga layoqatli aholi 768,5 ming nafar, ishsizlar esa 57,5 ming nafardan iborat. Viloyatda Temir daftariga 16 746 ehtiyojmand oila kiritilgan. Bandlikni taminlash orqali daromad manbaiga ega bolgan 5 975 ta (36 foiz) oila xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlari qarorlari asosida ehtiyojmand oilalar royxatidan chiqarilgan.

Ehtiyojmand oilalar yashash manzillari boyicha sektor ishchi guruhlari azolari tomonidan joylarga chiqib organilgandan keyin temir daftarga kiritilishi belgilangan. Lekin aniqlangan real holatlarda sektorlar ishchi guruhlari azolari faoliyat yuritmasdan, mahalla fuqarolar yiginlarining tavsiyalari, ular tomonidan berilgan malumotlar asosida sektor azolari, kotiblari tomonidan temir daftarlarga kiritilayotganligi malum bolmoqda.

Kop hududda aholi vakillari ortasida etiroz va norozichilik holatlari uchrab turibdi. Hatto Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ham fuqarolar tomonidan kop murojaatlar bolyapti. Haqiqatan ham, ayrim hollarda oilaviy sharoiti ota ogir, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor shaxslar yashaydigan yoki boquvchisi yoq oilalar ham temir daftarlarga kiritilmay qolib ketmoqda. Sektorlar rahbarlari tomonidan ehtiyojmand oilalar sonini yashirish holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Gap nimadaligi ham oydinlashyapti. Ehtiyojmand oilalarni royxatga olish keyinchalik ularning doimiy daromad manbaini yaratish vazifasini yuklashi sababli ham royxatga olinmayotgan ekan. Ana xolos...

Kambagallikni kamaytirish, aholi daromadini oshirish, bandligini taminlash davlat siyosati darajasidagi masala. Masuliyatdan qochish, oz vazifasiga sovuqqonlik bilan qarash bu jamiyatning ertangi farovon hayotiga bolta urish degani emasmi? Himoyaga muhtoj oilalarni yashirib nimaga erishmoqchimiz?..

Aholining kambagal qatlami bandligini taminlashda ham bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Masalan, kredit olmoqchi bolgan oilaga Har bir oila tadbirkor Davlat dasturi doirasida berilayotgan kreditlar foizi yuqorilik qilyapti. Buni ochiq tan olish kerak. Kop fuqarolar shu masalada ham etiroz bildiryapti.

Jizzax viloyatida yil yakuniga qadar 27 359 ta yangi va jamoatchilik asosidagi ish orinlarini yaratish hisobiga ishsiz va temir daftarga kiritilgan mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan taminlash rejalashtirilgan. Chora-tadbir ishlab chiqish, ish orni yaratilishini qogozda rejalashtirish bilan masala hal bolmaydi. Hamma gap uning ijrosiga jiddiy kirishish, yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarishda. Mutasaddilar shu haqida jiddiyroq oylab korsa, maqsadga muvofiq boladi, albatta. Qachonki, joylarda real vaziyatga haqqoniy baho berib, uni hal qilish choralarini korsak, shunda aniq natijaga erishiladi. Aks holda, kutilgan ozgarish bolmaydi, muammolar oz holicha qolaveradi.

Orol ORAZBOYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: