O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
14.01.2020

AYBLOV XULOSASI VA HUKMDAGI DALILLAR QANChALIK QONUNIY?

Muharram Nuraliyeva va uning qizi Shahnoza yozgan mazmunan egizak arizalar bilan bir necha fuqaro bir xil jazoga tortilgani xususidagi mulohazalar

Mamlakatimizda so‘nggi uch yil mobaynida sud hokimiyati nufuzini oshirish, uni otmishdagi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qiluvchi mustaqil institutga aylantirish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash yolida yaratilayotgan qonuniy asoslar, korilgan amaliy chora-tadbirlar mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga kotardi. Bir soz bilan aytganda, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi roli tubdan oshirildi. Jumladan, keyingi 3 yilda Oliy sud tomonidan dastlabki tergov va quyi sud tomonidan yol qoyilgan xato – kamchiliklar bartaraf etilib, qanchalab fuqarolar oqlandi, minglab mahkumlar jazodan ozod etildi, koplarining jazosi yengillashtirildi.

Songgi yillarda insonparvarlik tamoyillari asosida Prezidentimizning jinoyat sodir etganlarni afv etish boyicha 8 ta farmoni qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni otash joylaridan ozod qilindi.

Konstitutsiyamiz bayrami arafasida Davlatimiz rahbari insonparvarlik siyosatining yorqin namunasi sifatida yana bir Farmonga imzo chekdi. Unga kora, jinoiy qilmishidan chin dildan pushaymon bolib, tuzalish yoliga qatiy otgan 92 nafar mahkum afv etildi.

Biroq tahririyatimizga kelayotgan maktublar orasida huquq-tartibot idoralari qarorlaridan noroziliklar hamon uchrab turibdi. Togri, shikoyatlarning hammasini ham asosli, deb bolmaydi. Lekin kishini oylantirayotgan holatlar yoq emas. Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi Xadicha Aliboyeva «yordam beringlar, befarq bolmanglar, oglim nohaq qamaldi» deb yozadi.

Malum bolishicha, Toshkent viloyat prokurori yordamchisi lavozimida ishlab kelgan Sobit Abiddinovich Aliboyev Oz.Res. JKning 25 va 168-moddalari 4-qismi, “a” bandi va 28 va 211-moddalari 3-qismi a bandi bilan aybli deb topilib, 10 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Ayblovning asosiy mazmuni quyidagicha: Sobit Aliboyev Toshkent viloyati prokurorining yordamchisi lavozimida ishlab kelib, arizachilar M.Nuraliyeva va uning qizi Sh.Xadjiakbarovalarning JIB Toshkent shahar sudining ularga nisbatan 2009 yil 22 dekbardagi hukmi bilan tayinlangan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini otab chiqqanidan song ularga oqlov hukmi chiqarilishiga va Don-non MChJdagi ulushlarini tiklab berishni vada qilib, evaziga 50.000 AQSh dollari berishni soragan. 2018 yil 1 iyun kuni soat 23:50 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Sh.Rashidov kochasidagi kop qavatli uyning oldida Neksiya rusumli avtoulovida M.Nuraliyeva va Sh.Xodjiakbarovadan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Ish yuzasidan advokat Hayitmurod Keldiyarovning fikricha, dastlabki tergov va sud tomonidan Sobit Aliboyevga nisbatan qonun normalari va JPKning talablari qopol ravishda buzilgan holda jazo tayinlangan hamda unga nisbatan jinoyat ishi JPKning 83-moddasiga asosan tugatilishi kerak.

JPKning 22-moddasiga asosan ish boyicha isbotlanishi lozim bolgan barcha holatlar sinchkovlik bilan har tomonlama, tola va xolisona tekshirib chiqilishi shart. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek, uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham ogirlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozimligi talab etiladi.

Tergov materiallarida esa bu talablarga zid holatlar kop uchraydi. Ish hujjatlaridan korinishicha, M.Nuraliyeva ozining tashabbusi bilan avvaldan nomalum holatlarda va aniqlanmagan moslamalardan foydalangan holda S.Aliboyev bilan bolgan suhbatni SD diskga yozib, 2018 yil 25 mart kuni DXX Toshkent viloyati boshqarmasiga taqdim etgan. Dastlabki tergov va sud ushbu SD diskni va undagi audio yozuvni dalil, deb baholagani qay darajada qonuniyligiga oddiy yurist ham baho bera oladi.

M.Nuraliyeva S.Aliboyevning noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan 2018 yil 25 mart kuni ariza bilan murojaat qilgan. Lekin mazkur murojaat 2018 yil 1 iyuniga qadar tekshirilmagan. Shu holatning ozi shubhali emasmi, kishida qator savollarni uygotmaydimi?..

2018 yil 1 iyun kuni otkazilgan tadbir yuzasidan diktafonga yozib olingan va stenogramma qilingan sozlashuvda S.Aliboyev tomonidan pul mablaglari berilishi haqida soraganligi aniqlanmagan.

DXX Toshkent viloyat boshqarmasining 2018 yil 1 iyun kunidagi aloqa xati bilan M.Nuraliyevalarning arizalari va toplangan hujjatlar, tadbir video yozuvlari va 50.000 AQSh dollari yuborilgan. Bosh prokuratura tomonidan 1 iyun sanasi bilan qabul qilib olingan va 1 iyun sanasi bilan tergovchiga yonaltirilgan. Vaholanki, S.Aliboyev tezkor tadbir orqali 2018 yil 2 iyun kuni qolga olingan.?!

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018 yil 24 avgustdagi 24-sonli Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonun normalarini qollashning ayrim masalalari togrisidagi qarorining 10-bandida jinoyat togrisida ariza, xabar bilan taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar, audio, video yozuvlar faqat ushbu materilllarni taqdim etgan shaxslar ish qozgatilgandan keyin soroq qilingan va taqdim etilgan predmetlar kim tomonidan qayerda, qanday holatlarda topilganligi yoki fotosurat, audio, video yozuvlar amalga oshirilganligi aniqlangan holdagina maqbul dalil sifatida foydalanilishi mumkinligi qayd qilingan.

Ammo ish hujjatlariga kora, S.Aliboyevning pul berishni taklif qilgan holati faqatgina M.Nuraliyevaning 2018 yil 25 martdagi arizasiga ilova qilingan nomalum moslamaga yozib olingan SD diskdagi audio yozuvni eshitib korish va stenogramma qilish bayonnomasida korsatilgan. Ammo osha SD diskdagi yozuv kim tomonidan, qachon, qanday moslamada yozib olinganligi malum emas. Plenum qarori tushuntirishlariga kora, dalil tegishli subyekt tomonidan, uni olish bilan bogliq protsessual harakatni otkazishga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan olinmagan bolsa, dalil deb etirof etilishi mumkin emas.

Shunday ekan, bu tadbirni maqbul dalil, deb hisoblab bolmaydi va dalillar maqbulligi majmuidan chiqarilishi hamda jinoyat ishi tugatilishi shart.

Yana bir masala — ona-bola Nuraliyevalarning shaxsi, xatti-harakatlari jiddiy etibor va xolis, prinsipial yuridik bahoni talab etadi. Ularning Sobit Aliboyevga nisbatan bergan korgazmalaridek yani ozlarining oqlanishlari va mulklarini qaytarib olishlari evaziga pul berishni taklif qilish asosida 2017 yilda A.Yuldasheva va uning ukasi G.Yuldashev, 2018 yilda Andijon viloyat hojalik sudi raisining orinbosari A.Abdullayev, fuqarolar A.Hakimov, X.Tursunov hamda 2018 yilda M.Mutalovalar ham jinoiy javobgarlikka tortilishgan, deya fikrini davom ettiradi advokat. Tadbir otkazilishida LF 90305370 G raqamli 100 AQSh dollari kupyurali mulyaj (qalbaki) pullardan odamlarni ushlashda qayta-qayta foydalanilganligi ajablanarlidir. Shu bilan birga, tadbir davomida olingan daliliy ashyolar konvertlarga solingan bolib, konvertlar S.Aliboyev tomonidan imzolanmagan.

Bundan tashqari, tadbir otkazilishi va unga tayyorgarlik korish jarayonida tuzilgan bayonnomalarda korsatilgan vaqtlarning bir-biriga togri kelmasligi ham maqbul dalil emasligidan dalolatdir. Buning ustiga S.Aliboyev pulni olmagan. Nuraliyeva uni mashina orqa orindigida qoldirib tushib ketadi. Osha kuni yarim kechasi aynan u Aliboyevni zarur gapi borligini aytib, uchrashuvga chaqirgan edi.

Ona-bolalar bir necha yillardan beri organ xodimlari bilan hamkorlikda til biriktirib, menga oxshaganlarning hayotini izdan chiqarmokda, deydi ularning korgazmasi bilan sudlanganlardan yana biri Muhayyo Mutalova. Ular menga oxshash sodda va ishonuvchan insonlarga katta miqdordagi pullarni qarzga berib turishlari mumkinligi haqida vada berib, song qamalishiga sababchi bolishmoqda.

Ona-bola Nuraliyevalar bir necha marta ogir jinoyatlarni sodir etganligi uchun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Men, Muhayyo Mutalova ham aldovlarga uchib, jinoiy javobgarlikka tortilganlardan biriman. 2017 yil 27 aprel kuni meni ogir jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi tariqasida ushlashdi. Jinoyat ishi boshidan oxirigacha falsifikatsiya qilingan.

Menga nisbatan qozgatilgan soxta jinoyat ishi 2018 yil 8 yanvarda JIB Toshkent shahar, Chilonzor tuman sudida korib chiqildi. Sudya Valiyev D.U. tomonidan menga nisbatan Oz.Res. JKning 25-168 moddasi, 4-qismi, a bandi va 28-211 moddasi, 3-qismi, a bandlari bilan asossiz hukm chiqarildi.

JIB Toshkent shahar kassatsiya sudida esa ish yana bir tomonlama korib chiqilib, hukm oz kuchida qoldirildi.

Toshkent shahar prokurori hukmga nisbatan keltirgan protestida JPKning 484-moddasiga kora, hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi, ushbu Kodeks normalarining jiddiy buzilganligi, Jinoyat kodeksi normalarining notogri qollanilganligi sud qarorlarini bekor qilish uchun asos bolishi korsatilgan. Ammo JIB Toshkent shahar kassatsiya sudida esa, hukm oz kuchida qoldirildi.

Menga nisbatan qozgatilgan jinoyat ishida yozilgan barcha ayblovlar mutlaqo notogri.

Arizachi Nuraliyeva M. va Xodjiakbarova Sh. barcha jinoyat ishlarida jabrlanuvchi emas, balki guvoh tariqasida qatnashishadi. Nima uchun sudya Valiyev D. ularni hukmda jabrlanuvchi, deb yozayapti? Axir pullar mulyaj, yani suvenir bolsa, ona-bola hech qanday jabr kormayaptiku. Voyaga yetmagan farzandim bilan jabr korayotgan aslida menman va boshqa fuqarolar-ku.

Men hech kimga va davlatga moddiy yoki manaviy zarar yetkazganim yoq va hech kimning bir som pulini aldab yeb ketmadim, meni ota ogir jinoyatda ayblashlariga asos qani?

Men Xojiakborova Shahnozadan qarzga pul olishga kelishganmiz. Qarz olayotganligim haqidagi tilxatga Shahnoza va yonidagi ortogi Xodjayeva Dilorom rozi bolib, imzo qoyishgan-ku. Qanday qilib men ularni aldagan bolaman?

Nima uchun meni firibgarlikda, pora berishga dalolatchilikda ayblashdi? Goyoki men ona-bola sodir etgan jinoyatlar boyicha suddagi tanishlarim orqali oqlov chiqarishga vada bergan emishman. Aslida mening qolimdan shu ish keladimi? Sudni umuman tushunmas edim. Birorta tanishim ham sudlarda ishlamaydi. Keyin bilsam, bu ona-bola boshqalarga xuddi shunday soxta, davolar qilib qamatgan.

Agarda tilxat asosida qarzga pul olib, vaqtida qaytarib berilmasa, bunday ishlar jinoyat ishlari boyicha emas balki, fuqarolik ishlari boyicha sudlarda korib chiqiladi. Nega bu ishni jinoyat sudi koryapti? Ehtimol kimdir sudga bosim otkazgandir?

Shahnoza bilan tergov paytida yuzlashtirishganda, men undan nima uchun mening ustimdan ariza yozganligini soraganimda, iltimoslarini qilmasligimni aniq bilgach, ariza yozganligini aytdi. Yana,Nodira bilan sen oyimni ustilaridan kulib, masxara qilib haydaganlaring hamda Farhod bilan tillaring bir ekanligi uchun yozdim, dedi. Shahnoza meni ham holi-jonimga qoymay uchrashuvga chaqirdi. Umraga ketgan ammasining pulini qarzga berib turishini aytdi. Menga vaqtinchalik pul zarur bolib qolganini u bilardi.

Shahnozaning shu gaplaridan keyin ham nima uchun tergovchi menga nisbatan JKning 211-moddasini olib tashlamadi? .

Ular mendan nimani iltimos qilishgandi? Muharram Nuraliyeva menga bir necha bor Oliy sud rahbarlari, sudyalari, davlat idoralaridagi mansabdor shaxslarni pora olayotgan shaxs sifatida ushlanishiga yordam berishimni, kerak bolsa ular bilan jinsiy aloqada bolib, shantaj qilishimni taklif qilgan.

Men bunday ishlarni qilishni or, ogir gunoh, deb bilaman. Shuning uchun ham men ularning ota pastkash, tuban ishidan hazar qildim, hech kimga yomonlik qilmadim, ular aytganidek, hech kimni shantaj yoli bilan qarmoqqa tushirmadim. Bunday qabihlik qolimdan kelmaydi. Bu haqida oldinlari ham oz arizalarimda yozganman.

Men M.Nuraliyevaga bunday yovuz niyatdagi ishlarni qilmaslikka va oqibati yomonlikka olib kelishini tushuntirganman. Keyinchalik boshimga tushgan savdolardan bildimki, odamlarni ovlash ularning doimiy kasbiga aylanib qolgan ekan.

Nuraliyevalarning bunday hatti-harakatlari ostida ozlarining shaxsiy manfaatlari yotibdi, albatta! Bolmasa, bu ona-bolaga zarilmi, shuncha sudma-sud, tergovma-tergov yurib. Buning uchun mablag, vaqt kerak.

Mana, ikki yarim yildirki, tuhmat balosidan qutulish uchun yugurib yuribman. Bu sahnalashtirilgan jinoyat ishi juda ham mashhur bolib ketib, uni butun dunyodagi hamma dostlarim, qarindoshlarim, advokatlar, sudyalar, koplab yuristlar bilishadi.

Nuraliyevalarning ijtimoiy kelib chiqishiga nazar tashlaylik. Ular bir necha marotaba ota ogir moddalar bilan, takroran jinoiy javobgarliklarga tortilib, uzoq muddatlarda qamoq jazolarini otagan.

Ona-bola Nuraliyevalar ilgari qayta va qayta Oz.Res.Jkning 165-moddasi tovlamachilik,

166-moddasi talonchilik, yani ozganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish,

167-moddasi ozlashtirish yoki rastrata yoli bilan talon-toroj qilish,

209-moddasi mansab soxtakorligi,

210-moddasi pora olish,

227-moddasi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish,

228-moddasi soxta hujjatlarni tayyorlab sotish yoki ulardan foydalanish,

233-moddasi band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish kabi jinoyatlari uchun jazolanishgan.

Nuraliyevalarning soxta arizalari, maxsus uyushtirilgan fitnalari oqibatida (hukmlarda ular hech qanday jabr kormasalarda jabrlanuvchi bolib otadilar) quyidagi fuqarolar qamoqqa olingan.

1. Aliboyev Sobit, oilali, 4 nafar farzandi bor,

2. Abdullayev Anvar Azimovich, oilali, 3 nafar farzandi bor.

3. Tursunov Xolnazar, oilali, 2 nafar farzandi bor.

4. Hakimov Aziz Olimovich, oilali, 2 nafar farzandi bor.

5. Yuldasheva Anora Mannabovna, oilali, 4 nafar farzandi bor.

6. Yuldashev Gayrat Mannabovich, oilali, 4 nafar farzandi bor.

7. Mutalova Muhayyo Rixsibayevna, 1 nafar farzandi bor.

Ularning barchasi ona-bola Nuraliyevalarning arizalari asosida ushlangan, javobgarlikka tortilgan. Sudlanganlarning barchasi JKning 168-moddasining turli bandlari bilan ayblangan.

Bular bilganlarimiz, bilmaganlarimiz qancha?

Ona-bola Nuraliyevalar masul lavozimlarda ishlovchi yoki oziga toq odamlar bilan tanishib, ular ishonchiga kirib olgach, fitna uyushtirish yollarini oylab topishadi va huquq-tartibot idoralaridagi tanishlariga aytishadi.

Fitna uyushtirish uslubi bir xil, ayblovlar bir xil, jabrlanuvchi arizachilar bir xil, xolislar bir xil, operatsiya ishtirokchilari ham... Bu nimadan darak beradi? Qachongacha sovet zamonidan qolgan bu uslub yashaydi? Qachongacha odamlarni badnom qiladi?

Agar JPKning 82-moddasi talabi boyicha jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlarga huquqiy baho berilganida edi, arizachilar M.Nuraliyeva va Sh.Xodjiakbarovalarning davosi qanchalik asosli yoki asossizligi malum bolardi.

Dastlabki tergov va sud S.Aliboyevning oz qilmishidan pushaymonlik togrisidagi arizasi bilan murojaat qilganligi bilan uning aybi toliq oz isbotini topadi, degan asosiy dalilga toxtalsak. Sobit Aliboyevga qamoq ehtiyot chorasini belgilash togrisidagi sudning 2018 yil 3 iyundagi ajrimida S.Aliboyev JIEBB 1-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirilsin, deb qatiy korsatilgan bolsa-da, u masul mansabdor shaxslar tomonidan ozboshimchalik bilan IIVning podvalidagi vaqtinchalik saqlash hibsxonasida 97 kun ushlab turilganligi JPK 244-moddasining togridan-togri buzilishidir.

Agar dastlabki tergov va sud keltirib otgan barcha dalillar haqqoniy va qonuniy bolib, ssenariy asosida tashkil qilinmagan bolsa, nima zarurat bor ediki, S.Aliboyevni VSHda 97 kun ushlab turishga va unga turli xildagi tazyiqlar otkazishga hamda pushaymonlik arizasini yozdirishga majbur qilinishiga? Bu bilan JPKning 113-moddasi talabiga amal qilinmagan.

Dastlabki tergov tomonidan 97 kun davomida IIV VSHsida Sobit Aliboyevning himoyachilari bilan xoli uchrashishiga ruxsat berilmaganligini qanday tushunish kerak? Prezident Farmoni, Oliy sud Plenumi qarori va JPKning 951-moddasi talablariga itoat qilinmay nomigagina soroqda advokat qatnashgan. Shunday qilib, S.Aliboyev himoya huquqidan mahrum qilingan.

Apellatsiya sudida himoya tomonidan yuqorida keltirilgan vajlar boyicha iltimosnoma kiritilib, dalillarni nomaqbul deb topish va unga yol qoygan mansabdor shaxslarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlash togrisidagi murojaatlari tekshirilmasdan, ularga huquqiy baho berilmasdan qolib ketdi.

Odil sudlovni amalga oshirishda 2016 yilgacha dastlabki tergov va sudlar tomonidan dalillarning maqbulligi va protsessual qonun normalarining buzilishlariga etibor qaratilmasligi sababli juda kop shaxslar nohaq sudlanib ketganliklarini inobatga olib, Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 30 noyabrda Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoni qabul qilindi. Prezident farmoni ijro qilinishini taminlash maqsadida JPKga ozgartirish kiritilib, Oliy sud tomonidan 2018 yil 24 avgustda dalillar maqbulligiga oid 24-sonli qaror qabul qilingan edi,-deya fikrini davom ettiradi advokat.

Yuqorida keltirilgan argumentlar boyicha respublikamizdagi jinoyat huquqi bilan shugullanadigan institutlar, sudlar va tergov organlari oz munosabatini bildiradi, degan fikrdamiz.

Oxir-oqibatda JIB Toshkent shahar sudining 2019 yil 10 yanvardagi hukmi va JIB Sirdaryo viloyat sudi apellatsiya sudlov hayatining ajrimiga kora, Sobit Aliboyev aybdor deb topilib, 10 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Yaqin otmishda asossiz hamda kimlarningdir tuhmati bilan qanchadan-qancha fuqarolar nohaq jabr chekkani, adolatsizlikka uchraganidan koz yumib bolmaydi.

Bir paytlar odamni qamash oson edi. Kimningdir korgazmasi yoki kimningdir buyurtmasi bilan uncha-muncha odamni qamoqqa tashlash oddiy hol edi. Bugun zamon ham, talab ham ozgardiku. Bugungi kunda sud mustaqilligiga, Oliy sudning adolat qalqoni ekaniga odamlar ishonchi ortib bormoqda. Sobit Aliboyev va Muhayyo Mutalova ishlari ham kimningdir manfaatini oylab emas, balki qonun talablari, adolat, odillik tamoyillari asosida korib chiqiladi, degan umiddamiz.

Ravshan ShODIYeV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: