O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
14.01.2020

BOBURNING KASALI BEDAVOMIDI?

“Boburnoma”ni har gal o‘qiganimda, ham jismonan, ham aqlan baquvvat inson bolgan Boburning juda yosh — 47 yoshda hayotdan koz yumgani meni mutaxassis sifatida kopdan buyon oylantirib kelardi. Ancha izlanishlardan keyin mulohazalarimni umumlashtirib, ushbu maqolani yozishga jazm etdim.

Kop jangu jadallar jarohatlariga bardosh bergan Bobur oz vatanida armon bolib qolgan orzularini Hind elida amalga oshirib, buyuk saltanat barpo etadi. Biroq u bu yerda bor-yogi 5 yil umr koradi.

Ogir janglardan omon chiqqan Bobur oz asarida shunday baytni keltirgan edi:

Agar tigi olam bijunbad zi joy,

Naburrad rage to naxohad Xudoy.

Mazmuni: Agar olam tigi oz tigidan qozgolsa, Xudo xohlamasa, biror tomirni ham qirqmaydi (Boburnoma).

Hindiston dori-darmon, mislsiz kop xil giyohlarga boy olka. Shu bilan birga, zaharli osimlik va jondorlarning eng xavflilari ham shu olkada mavjud. Masalan, turli xil zaharli ilonlar, qoraqurt, tarkibida kuchli zahar bor giyohlar, osimliklar (masalan kurare mevasi va boshqalar).

Men tabobat xodimi sifatida Bobur va uning hayotiga oid tarixiy manbalarda shoir hayotining songgi yillaridagi hol-ahvoli, ruhiyati va, nihoyat, uning jismoniy holatining bayoniga e’tibor berdim. Boburnomada, Gulbadanbegimning Humoyunnoma asarida yozilishicha, Hindiston xukmdori Ibrohim Lodiyning onasi Bayda bergan zahardan Bobur zaharlanadi va ogir kasalga chalinadi, ammo tirik qoladi. Manbalarda bayon etilishicha, shu taomni Bobur bilan birga istemol qilgan bir xodim osha zahoti oladi. Berilgan zahar juda kuchli bolgan. Bu holat Boburning jismoniy baquvvatligini korsatuvchi yana bir faktdir. Ammo uning salomatligi butunlay tiklanib ketmaydi. Kundan-kunga ahvoli ogirlashib boraveradi. Buning tibbiy manzarasi surunkali jigar kasalligini, aniqrogi, surunkali toksik gepatitni eslatadi. Kasallik esa aynan jigar toqimasini yemiruvchi zahar gepatatrop modda tasirida kelib chiqishi mumkin.

Bayda Boburni orta asr Sharq davlatlarida keng tarqalgan margimush yoki sian birikmasi bor modda bilan zaharlagan bolishi ehtimoldan xoli emas. Bu moddalar, shubhasiz, jigar toqimasiga otkir zaharlanish davri tugagandan song ham, jigar parenximasida neytrallash faoliyati sustlashganligi sababli, surunkali ravishda ichki azolarda salbiy ozgarishlar davom etishiga olib keladi. Ayniqsa, jigarning antitoksik faoliyatining buzilishi muhim azolar faoliyatining susayishiga olib keladi. Albatta, bunday xulosani taxmin qilish mumkin. Chunki bu masalada birorta aniqroq, tibbiyotga yaqin manba uchratmadik. Boburnomadagi quyidagi misralar yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiqlashi mumkin: Yakshanba kuni, muharram oyining on oltisida isittim, titradim, navbat-navbat boldi. Yigirma besh-yigirma olti kunga tortti. Doruyi kor ichtim. Oxir basit yarashti, uyqusizlig va tashnaligdin bisyor tashvish torttim. Bu maraz ayyomida uch-tort ruboiy aytildi. Ul jumladin biri budur:

Jismimda isitma kunda mahkam boladur,

Kozdin ochadur uyqu chu oxshom boladur.

Har ikkalasi gamim bila sabrimdek,

Borgon sayi bu ortadur, ul kam boladur

(Boburnoma).

Pirimqul Qodirovning Yulduzli tunlar asarida Boburning kundan-kunga quvvatsizlanib borishi, rangining vaqti-vaqti bilan sargayishi, oriqlab ketishi, uyqusizligi haqida kop bayon etiladi:

Humoyun oglim, Bayda menga zahar berganidan beri hech ozimga kelolmayman. Qolgan kuchim ijodga yetsa ham xop gap. Endi davlat yukini sen yelkangga olmoging kerak. Yana: Mezon otib, qavs oyi kirganda Boburning kasalligi battar ogirlashdi. Biror joyida yara yoki shish yoq, lekin nuqul ichi kuyadi, isitmasi kotarilib, betoqat boladi, uyqusizlik qiynaydi, rangi kun sayin sargayib solib boradi. Humoyun kelsa, otasi oz xobgohida baland oq toshakda terga botib yotibdi. Rangi sap-sariq bolib ketgan….

Yuqoridagi alomatlar uyqusizlik, betoqatlik, sargayish, oriqlash, jigarning antitoksik, yani organizmdagi qonni zaharli moddalardan tozalash xususiyati yoqolganligidan, tozalanishi zarur bolgan ichak tizimlaridan sorilib boruvchi qon jigarda zararsizlanmasdan tanaga, markaziy asab tizimiga tarqalayotganidan dalolat beradi. Chunki organizmdagi 3500-4000 ml. qon jigar parenximasidan tozalanib otib, tanaga tarqalishi kerak. Jigarning bu asosiy faoliyatining butunlay izdan chiqishi yuqorida bayon etilgan manzaraga olib keladi.

Shundan kelib chiqib, Zahiriddin Muhammad Bobur surunkali jigar faoliyatining yetishmovchiligi gepatargiyadan koz yumgan, degan taxminni ilgari surish mumkin.

Kenjabek DOLIMOV

Subutoy ogli,

tibbiyot fanlari nomzodi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: