O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.10.2019

Xalq demokratik partiyasi:

TIBBIYoT SOHASIDAGI MUAMMOLAR

ularni hal qilishni endi orqaga surib bo‘lmaydi

Xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun oz hayotidan rozi va mamnun bolib yashashi kerak. Prezidentimiz ilgari surgan ushbu fikr asosida mamlakatimizda aholi turmush farovonligini yuksaltirish yolida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Gap odamlarning hayotdan, bugungi yashayotgan kunidan roziligi haqida borar ekan, «Obod qishloq» va Obod mahalla dasturlari ijrosi yuzasidan olis qishloqlar, qarovga, e’tiborga muhtoj mahallalarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini alohida qayd etish lozim. Zero, ushbu dasturlar odamlarning bandlik, tibbiyot, talim, elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi, yollar kabi kundalik turmushidagi birlamchi ehtiyojlarini qanoatlantirishga yonaltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Fuqarolarning oz hayot sharoitlaridan roziligini belgilovchi yana bir muhim mezon – ularga korsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va samaradorligidadir. Buning uchun esa tizim yetarli darajada kadrlar bilan taminlanishi zarur. Qulay binolar, zamonaviy asbob-uskunalar bor tibbiy muassasalarda malakali xodimlar ishlamasa, tibbiy xizmatdan odamlarni rozi qilish imkonsizdir.

Respublikamiz viloyat va tumanlarida shifokorlar bilan taminlanish darajasi organilganda, jiddiy yetishmovchiliklar mavjudligi yuzaga chiqdi.

2018 yil hisobotlariga asosan respublikamiz boyicha mavjud vrachlik ish orinlarining 12 foizi vakant holatda bolsa, Surxondaryoda bu korsatkich 23,7 foizni, Sirdaryo viloyati boyicha 21,5 foizni, Jizzax viloyati boyicha 20 foizdan ortiqroqni tashkil etadi.

Agar tumanlar kesimida korilsa, yanada jiddiyroq raqamlarga duch kelamiz. Masalan, Qoraqalpogiston Respublikasining Taxiatosh tumanida 33 foiz, Jizzax viloyatining Baxmal va Mirzachol tumanlarida 36 foiz, Yangiobod tumanida 57 foiz, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida 40 foiz, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 59 foiz, Samarqand viloyatining Kattaqorgon tumanida 33 foiz, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 36 foiz, Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 45 foiz, Qiziriq tumanida 41 foiz, Toshkent viloyatining Bostonliq tumanida 38 foiz, Fargona viloyatining Toshloq tumanida 43 foiz vrachlik ish orinlari bosh ekan.

Bu raqamlar kishini chuqur oyga toldiradi, jiddiy xavotirga soladi.

Har bir viloyatda shifokorlarga ehtiyoj mavjud. Vakant ish orinlarining asosiy qismini ambulator poliklinika muassasalari tashkil etadi.

Yuqorida qayd etilgan tumanlarda bugun aholini malakali tibbiy xizmat bilan taminlashning jismonan iloji yoqligi yaqqol korinib qolmoqda. Tumanlardagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan shifokorlar bir necha mutaxassis vazifasini bajarishga majbur bolmoqda.

Bu esa tibbiy xizmat sifatiga jiddiy tasir otkazmoqda. Joylarda aholining shifokorlardan noroziligi oshib borayotgani, bemorlarning yaqinlari va shifokorlar ortasida turli nizolar kelib chiqayotgani boyicha misollar oz emas. Bunday kongilsiz voqealarning tub sabablaridan biri — joylarda tibbiy kadrlar yetishmovchiligi kattaligi, kam sonli shifokorlarga ish yuklamasining yillar davomida yuqori bolib qolayotgani bilan ham bogliq emasmikin?

Bunday vaziyatda shifokorlarga Gippokrat qasami ichganligini takidlash yoki ularga tahdid otkazish holatni yaxshilamaydi.

Xalq demokratik partiyasi ushbu otkir muammoni tizimli hal qilishni endi orqaga surib bolmaydi, deb hisoblaydi. Qishloq joylardagi tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taminlash, buning uchun ularga uy-joy berish, boshqa qulaylik va imtiyozlar joriy etish boyicha dastur ishlab chiqilishi kerak.

Shifokorlar yetishmaydigan tumanlarda ushbu lavozimni yosh mutaxassislar uchun jozibador qilish choralarini korish vaqti keldi. Oliy tibbiy oquv yurtlarini bitirgan mutaxassislar maoshi juda kamligini inobatga olsak, ularga mahalliy byudjet hisobidan imtiyozlar berilishi muammoni yechishga yordam berishi mumkin. Masalan, vrachlar yetishmovchiligi keskin bolib turgan tumanlarda ustama haq belgilanishi, uy-joylarning birlamchi tolovsiz imtiyozli kreditga berilishi kabi yengilliklar kadrlar tanqisligini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, tuman, shahar hokimlarining tavsiyalari asosida mahalliy yoshlarni tibbiyot oliygohlarida oqishini tashkil etish orqali ham muammolarni hal etishga erishish mumkin.

Mamlakatda aholiga sifatli tibbiy xizmat korsatishni yanada yaxshilash, uzoq qishloq hududlardagi tibbiy muassasalarni malakali kadrlar bilan taminlash faqat sogliqni saqlash vazirligining vazifasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy muammosidir. Shuning uchun barcha mutasaddi tashkilotlar ushbu muammoni hal qilishda faol ishtirok etishi kerak boladi.

Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturida ana shu yonalishda oz takliflarini ilgari surmoqda. Chunki shifokor kadrlarga sharoit yaratmasdan, aholi salomatligini mustahkamlash haqida balandparvoz gaplar aytishga haqqimiz yoq.

Maqsuda VORISOVA,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari,

Oliy Majlis Senati azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: