O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
08.10.2019

BOLANING BEGONASI BOLMAYDI

Yoki atrofimizdagilardan e’tiborimizni ayamaylik

«Mehribonlik uyi». Shu ikkita so‘z onlab, hatto yuzlab turli taqdir egalarini bir tom ostida birlashtiradi. Tugiliboq, hayotning sinovlariga duch kelgan murgak qalb egalarining taqdiri ham bevosita ana shu sozlar bilan tutashdir. Ming afsuski, yil sayin qisqarish orniga Mehribonlik uylarining kolamini kengaytirishga togri kelmoqda.

Biroq bolajon xalqimiz tomoshabin bolib turmaydi. Ular hamisha ogil-qizlar holidan xabar olib, yashash tarzi bilan yaqindan tanishib boradi. Kuni kecha Ozbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi faollari Chirchiq shahridagi 14-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi. Muassasa rahbari Farida Kenjayeva ochiq chehra bilan mehmonlarni kutib olar ekan, ayrim malumotlarni aytib otdi.

— Mehribonlik uyi yetim yoki qonuniy vasiylar qaramogida bolmagan, sud hukmi bilan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, ota-onalari voz kechgan bolalar uchun tashkil qilingan, dedi u. Bu yerda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolgan soglom bolalar yashashi va tarbiyalanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ayni paytda bu dargohda 124 nafar (67 nafar ogil, 57 nafar qiz) bola yashaydi. Tarbiyalanuvchilarning 63 nafari ozbek millatiga mansub. Bolalarning 38 nafari chin yetim, qolganlarining ota-onasi malum sabablarga kora, huquqlaridan mahrum qilingan, rasman oz farzandidan voz kechgan yoki uzoq muddat xabar olmay tashlab ketgan.

Shuningdek, Prezidentimizning 2019 yil 11 fevraldagi yetim va ota-onasining qaramogidan mahrum bolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori ijrosini taminlash yuzasidan Yol xaritasi ishlab chiqdik. Oz faoliyatimizni ana shu asosda davom ettiryapmiz. Muassasamizda bolajonlar uchun juda keng va qulay imkoniyatlar yaratilgan. Tarbiyalanuvchilarni oqitish va boqish tola davlat taminoti asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Maktab talim-tarbiyaviy dasturiga muvofiq manaviy-marifiy va madaniy-ommaviy tadbirlar olib boradi.

Bu yerda eng songgi zamonaviy texnik hamda maishiy jihozlar, turli togaraklar va boshqa barcha sharoit muhayyo etilgan bolmasin, oilaning ornini bosa olmaydi. Ota-onalari bermagan mehr hamisha ularning qalbidagi armon bolib qolaveradi. Ana shular haqida oylasam, yuragim ortanadi. Lekin bolalarning qarovsiz qolmagani, davlatimiz tomonidan korsatilayotgan gamxorlikdan quvonaman.

Bolaning begonasi bolmaydi, degan naql bor. Muassasadagi bolaning har biri qalbimizdan alohida joy olgan, deydi xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi Farida Kenjayeva. Bu yerda yaratilgan sharoit, tarbiyachilarning gamxorligi ham bir mavzu bolishga arziydi. Bazi bir oilalarda yoq imkoniyatlar Mehribonlik uyida mujassam. Yeyish-ichishdan tortib, kasb va hunarga yonatirilgan togaraklar bolajonlar ixtiyorida. Shunga qaramasdan, bu yerda tarbiyalanayotgan bolalarning nigohidagi mung, kozidagi unsiz iztirob, qalbidagi yashirin armonlari yuragingizni tilka-pora qiladi. Biror notanish odam kelsa, meni olib ketishga keldi, degan oy har bir bolaning xayolini tozgitib otishi tabiiy. Ayrimlari ota-onasini tanimaydi hatto.

Togri, bu yerdagi pedagogdan tortib, oshpazgacha ular bilan bir oila bolib ketgan. Har bolaga alohida etibor va mehr korsatiladi.

Deputat mana shular haqida gapirar ekan kozlari namlandi. Yoniga kelgan ogil-qizlarni mahkam bagriga bosdi. Yiglaganini yashirishga urinib, bolalarning qiziqishlari, salomatligi va erishayotganlari haqida soradi.

Ushbu manzarani kuzatib turgan edim, xodimlar yonimizdagi kattaroq xonaga bizni boshladi. U yerda Ozbekiston XDP Toshkent viloyati Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlashdi. Yigit-qizlar oz yutuqlari haqida faxr bilan gapirdi.

Malum bolishicha, muassasani bitirgan Sherali Qochqorov va Aziz Umarov Chirchiq oliy tank qomondon-muhandislik bilim yurtining 3-bosqich talabasi ekan. Kelgusi oquv yilida Viktor Udodov va Diyor Yuldashev ham mazkur harbiy oliygohga, Lola Baratova esa Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining psixologiya bolimiga kirish niyatidaligini malum qilishdi. Viloyat partiya kengashi raisi nigohlarida mahzunlik, tabassumida mayuslik sezilib turgan qizni oziga yaqinroq kelishini aytdi. Nega hamma gapirganda u jim turganini soradi.

Avvalo, ozimni sizga tanishtirsam, dedi u biroz sukutdan keyin. Nadejda Shustovaman. Yoshim 17 da. Bu yerga kelganimda juda ham kichkina bolganman. Shuning uchun ota-onamni tanimayman. Ularni yaxshi korishni ham, yomon korishni ham bilmayman. Ota-ona mehri qanaqa bolishini his qilgim keladi. Shunda ularni soginaman, hammadan yashirib yiglab ham olaman. Lekin tashlab ketishganini oylasam, ota-onamga nisbatan nafratni sezaman. Nega kerakmas bolsam, dunyoga keltirishdi? Ota-onasi bilan yashaydigan tengdoshlarimdan qayerim kam, deb xafa bolaman...

Bolaligimdan sportga qiziqaman. Muntazam ravishda yengil atletika bilan shugullanib kelaman. Ushbu sport turi boyicha Osiyo chempioni bolganman. Buning uchun avvalo, ustozlarimdan, bizga sharoit yaratib bergan davlatimizdan cheksiz minnatdorman. Kelajakda, albatta, katta-katta chempionatlarda golib bolaman. Hammaning havasi keladigan sportchi bolganimda, ota-onamning nazariga tusharman...

Suhbat yana bir muddat davom etdi. Shu kuni Ibodat Koimova, Aleksandr Sabanin, Aleksandra Dushenova, Shavkat Pardayev, Aleksandra Zaytseva va Alisher Tairov qaysi kasbga qiziqishlari togrisida gapirishdi. Ustoz, Xosiyat Saidova rahbarlik qilayotgan Chevar qizlar togaragining faol azolari Albina Rahmatova, Mohigul Nazarova, Muxlisa va Charos Yoldosheva, Sevinch Raimqulova. Nina Lamanova, Diyora Ashirmatova, Zilola Toxtayeva, shuningdek, Mohir qollar togaragining bir guruh azolari ham shahar va viloyat miqyosida otkazilgan korgazmalarda oz ishlari bilan qatnashib, yuqori natijalarga erishayotganliklarini quvonch bilan sozlab berishdi. Yigit-qizlarning hayoti bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana koplab qiziq malumotlarni bilib oldik.

Tadbir doirasida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishni maqsad qilganmiz, deyishdi Chirchiq shahar harbiy prokurorining yordamchisi, adliya kapitani Gulchehra Tursunova va partiya viloyat kengashi yetakchi mutaxassisi Yulduz Jumayeva. Uchrashuv davomida ularga mehr-muruvvat korsatish, ota-ona, oila muhitidan uzoq murgak qalblarga yanada yaqin bolish, ularning qiziqishlarini organish va ragbatlantirishga urindik. Imkon qadar har bir bola bilan alohida yondashuv asosida suhbatlar otkazildi. Deputatlar otkazgan qiziqarli savol-javoblar esa bolajonlarga kotarinki kayfiyat bagishladi. Oylaymanki, bu ishimiz yaxshi ananaga aylanadi va biror-bir sanani, taklifni kutib otirmasdan, ushbu dargohga muntazam kelib turamiz...

Zilola UBAYDULLAYeVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: